Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risida
. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a'lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol qoyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risida
NIZOM
1. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a'lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol qoyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharining bittadan vakilalariga jami 14 ta beriladi.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorning so’nggi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari taqdim etiladi.
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi respublika xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish to’g’risidagi qarorlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
Ijodiy, ilmiy va ta'lim muassasalari yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod ko’rsatish bo’yicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir o’z fikr-mulohazalarini mukofot komissiyasiga ma'lum qilish huquqiga egadirlar.
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati va asarlari muhokamasini tashkil qilish, shuningdek, zarur materiallarni o’z vaqtida taqdim etish tegishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Ko’rsatib o’tilgan talablar bajarilmagan taqdirda komissiya ishlarni ko’rib chiqishni rad etishi mumkin.
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlarini berishga doir takliflar to’qrisidagi qaror komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
6. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni ko’krakning o’ng tomoniga taqiladi.
7. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.