Сделать свой сайт бесплатно
https://fo.ru
Реклама
Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.
ARM rahbari: Musallam Rahmonova
Yetakchi mutaxassis: Oyshaxon Mo'ydinova
Innovatsion sektor mudiri: Vasilaxon Abdullayeva
Tarmoq ma'muri: Shuhrat Madrahimov
Injener elektronchi: Muazzam Bahromova
Uslubchi: Muazzam Akbarova
Hujjatlarni elektron yo`l bilan yetkazuvchi mutaxassis: Hulkaroy Toshboyeva
Kutubxonachi: Durdona Komilova
Marketolog: Xaticha Tolipova
Injener-elektronchi: Yoqutxon Aliyeva
"Unutmas meni xalqim"
"Qatag’on qurbonlarini yod etamiz" mavzusida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan uslubiy tavsiyanoma
Respublika bolalar kutubxonasi Ilmiy - uslubiyot va maktab axborot – resusrs markazlari mutahasislarini malakasini oshoirish bo’limi
("Qatag’on qurbonlarini yod etamiz" mavzusida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan uslubiy tavsiyanoma)
Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar,mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi,erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib,behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.
I.A. Karimov
Biz bu kunlarga osonlikcha yetib kelganimiz yo’q. Ozodlik yo’lida xalqimiz behisob qurbonlar bergan. Bugungi yorug’ kunlar uchun hayotini bag’ishlagan minglab millatparvar fidoyi insonlar shafqatsiz atag’onga uchragan. Ular orasida ziyolilar,
qanchadan-qancha kosib va dehqonlar, hunarmandlar, bir so’z bilan aytganda, turli millatga mansub yuz minglab oddiy odamlar bor edi.
O’z vaqtida turli nohaq ayblar bilan otilgan, bekafan, bejanoza ko’mib tashlangan kishilarning oila a'zolari, qarindosh-urug’lari ham xo’rlik va haqoratga mahkum etilgan edi.
`Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda istibdod qurbonlari sha'nini tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Go’zal poytaxtimiz Toshkent shahrida "Shaxidlar xotirasi"
ziyoratgohi bunyod etildi.
2001 yil 1-may kuni Prezidentimizning "Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida "gi Farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmonga ko’ra, har yili 31 avgust kuni - Mustaqillik bayrami arafasida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik
majmuida qatag’on qurbonlarini yod etish marosimi bo’lib o’tadi.
Qatag’on qurboni bo’lgan o’nlab ziyolilarning ilmiy va abadiy asarlari chop etilib, mutaxasislar tomonidan keng o’rganilmoqda.
Istibdod davrida qatag’on qurboni bo’lgan ulug’ siymolarni yod etish bilan birga xuddi shunday nohaq zulmga giriftor etilgan jafokash oddiy odamlarni bugun biz, istiqlol ne'matidan bahramand bo’layotgan minnatdor avlod, hurmat va
ehtirom bilan yodga olishimiz, ruhlarni shod etishimiz ham qarz, ham farzdir, bu xar birimizning insoniy burchimizdir.
Chunki xalq deganda uning ulug’ siymolari bilan birga millionlab oddiy vakillari-hunarmand-u dehqonlari, suvchi-yu cho’ponlari-barcha-barchasi yaxlit xolda namoyon bo’ladi.
O’z ozodligi yo’lida behisob qurbonlar bergan, mashaqqatli kurashlarda sabot va matonat ko’rsatgan xalqimiz xotirasi oldida, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek doimo bosh egamiz.
Mazkur uslubiy tavsiyanomada xalqimiz erki va millat taraqqiyoti uchun, mustabid tuzum yillarida qatag’on etilgan vatandoshlarimiz to’g’risida ma'lumotlar va tavsiyalar berilgan.
Xalq-Qahramon, xalq xotirasi oldida doimo bosh egamiz. Mavzuyida bayram tadbirining tahminiy senariysi.
Kechani o’tkazish uchun taklifnomalar tarqatiladi. Kechaga qatag’onlik qurbonlarini va ularning oila a'zolarini taklif qilish mumkin. Xotira kechasi yozuvchilar uyushmasining bo’limlari, tarix va adabiyotshunos olimlar, "Ma'naviyat" targ’ibot markazi, "Mahalla", "Nuroniy" jamg’armalari vakillari hamda san'atkorlar taklif etiladi.
Kecha o’tkaziladigan zal oldindan maxsus bezatilgan bo’lishi kerak.
"Inson xotirasi-muqaddas tuyg’u" shiori yozib qo’yish mumkin.
Kechaga taklif qilinganlar o’z joylarini egallagach boshlovchi quyidagi kirish so’zi bilan kechani ochadi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli , aziz va mo’'tabar otaxonlar, munis onaxonlar kechamiz mehmonlari va qatnashchilari!
Mana bugun biz Prezidentimiz farmoniga ko’ra istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, nohaq unutilgan tarixiy siymolar xotirasini e'zozlash, aziz avliyolarimizning qadamjolarini mo’tabar ziyoratgoxlarga aylantirish, bir so’z bilan aytganda, tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida 31 avgust kuni qatag’on qurbonlarini yod etish kuni deb e'lon qilinishi munosabati bilan bayram kechasiga yig’ilganmiz.
Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne sinovlar, mashaqqatli kunlarni ko’rmadi O’z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.
Ayniqsa, mash'um 1937-1953 yillarda sodir etilgan bedodlikni tasavvur etish uchun O’zbekiston bo’yicha qariyb 100 ming kishi qatag’onga uchrab, 100 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi.
Shu davrda qancha-qancha odamlarning o’z oilasidan judo bo’lgani, ayollar bevalikka, go’daklar yetimlikka mahkum etilganini inobatga olsak, xalqimiz, boshiga tushgan bu fojianing miqyosi yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
Demak, tarix va xotira tushunchalari uzviy chambarchas bog’liqdir. qisqacha ta'riflasak, tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q.
Shunday ekan biz tariximizni o’rganmasdan turib kelajakni tasavvur qilishimiz qiyin.
Shu ma'noda kechamizga tarix o’qituvchisini taklif etganmiz.
Tarix o’qituvchisi: Aziz do’stlar, Biz o’tgan azizlarimiz, qatag’on qurbonlari yohud Ikkinchi jaxon urushida fashizmga qarshi kurashgan otalarimizning muqaddas xotiralarini ardoqlab kelyapmiz. Ulug’ sarkardalar, milliy qahramonlarimiz, yovqur
ajdodlarimiz shavkatiga zo’r e'tiqod bilan qaramoqdamiz. Buyuk allomalar, ulug’ mutafakkirlar, ijod namoyondalarining tavallud sanalari umumxalq ko’lamidagi katta tadbirlar sifatida nishonlanayotganligi ham Millat va Xalq xotirasining
buyuk timsollaridir.
O’tganlarni xotirlash o’zbek xalqining tabiatida bor. Olloh shu xislatni bergan ekan, biz o’z ulug’larimiz, millat deya, xalq ozodligi deya o’z aziz jonlarini fido etgan otalarimizning porloq xotirasi oldida hamisha bosh egamiz,- ularning
muqaddas ziyoratgohlariga talpinib boramiz. Biz adolat tantana qilishining guvohi bo’ldik. Ismi tilga olinganda yetti mahalla naridan qochib ketgulik darajada haqoratlangan Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Qodiriy nomlarini boshimizda ko’tarib
turibmiz. Usmon Nosir: "Bargdek uzilib ketsam. Unutmas meni bog’im"-deb yozganida bugungidek ozod kunlar kelishiga, shubhasiz qattiq ishongan.
Boshlovchi: Darhaqiqat, o’tmishga nigox tashlasang, bugunning shunchalik teran, ertangi kunning istiqbolini ham tiniq va ravshan ko’rasan. Xotira bu – o’tganlarni yod etish. Qadrlash esa tiriklarning izzat-hurmatini ularning hayotligida joyiga
Qo’ya bilmoqlik. Mehr va e'tibor ko’rsatmoqlikdir.
Shundan so’ng san'atkorlar ijrosida sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
Boshlovchi: Aziz do’stlar! Ushbu kechamizga kutubxonamizning faol kitobxonlari she'rlar tayyorlab kelganlar. Hozir ularni eshitamiz. Marxamat.
1-kitobxon
"Yurtim, ado bo’lmas..."
Muhammad Yusuf
"Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab yig’laydi jonim
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor. "
Bag’rim o’rtar bir uy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzulladek mardi-maydonlaring bor...
Yurtim.ko’nglimdek keng osmonlaring bor.
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringa zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.
Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar.alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingdan chaqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo’layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening fig’onim.
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim.
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.
2 - kitobxon:
Shahidlar yodi.
Jumaniyoz Jabborov .
Ular... minglab, balki milyon edilar,
Yashashga tug’ilgan inson edilar,
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Nogoh, changal urib dahshatli balo,
Ularni shu kunga etdi mubtalo,
Sirti xo’p yaltiroq, asli ajdaho,
Sochdi g’azabini-yovuz va yuho...
Ayblarin bilmasdan hayron edilar.
Ayblari emish xalqiga dushman,
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban-
Vatanni to’ntarib tashlashga tuban-
Ahd etgan, go’yokim nodon edilar.
Dillarni titratur jaxoniy olam,
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-
Shaharim, qishlog’im, chamanim, dalam-
Ular Qodiriy va Cho’lpon edilar.
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
O’shal qudrat erur mangu ustuvor,
Shahidlar bong urib har shomu shahar,
Bizni ogoh etar.bo’ling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, hozir sizlarga yosh san'atkorlar tayyorlab kelgan mustaqillik, tinchlik haqidagi qo’shiqlardan havola etamiz.
Marhamat, tinglab tomosha qilinglar. (Konsert dasturi namoyish etiladi.)
Boshlovchi: Aziz do’stlar, kechamiz mehmonlari! Barchamizga ma'lumki, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda istibdod qurbonlari sha'nini tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida qator xayrli
ishlar amalga oshirildi. Go’zal poytaxtimiz Toshkent shaxrida "Shahidlar xotirasi" ziyoratgohi bunyod etildi.
2001 yil 1 may kuni Prezidentimizning "Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Shu munosabat bilan bugungi kechamizga qatag’on qurbonlari bo’yicha izlanishlar olib borayotgan xodimga
bersak:
Xodim:
Qatag’on yillarining dahshatli zug’umi bois qanchadan - qancha asl hamyurtlarimiz millatimizning gullari mangulikka ko’z yumdi. Ularning barchasi ayni kamolot yoshida "xalq dushmani" sifatida qamaldi. O’sha kezlarda ularga qo’yilgan ayblar
ma'rifatga, oshno bo’lganligida, erkinlikka, istiqlolga intilganidadir.
Mustaqilligimizning yettinchi yilida Prizidentimiz Islom
Karimov imzo chekkan Farmonga ko’ra, diyorimizda mustamlakachilik davri qurbonlari hotirasini abadiylashtirish borasida faoliyat ko’rsatadigan jamoatchilik komissiyasi tuzildi. Bu komissiya chor Rossiyasi davrida, o’ttizinchi, o’ttiz yetti – o’ttiz sakkizinchi, elliginchi va undan keyingi yillarda Respublikamizda qatag’onga yo’liqqan, quloq qilingan, badarg’a etilgan, otilgan mustamlakachilik davri
qurbonlarini nomma- nom aniqlashga kirishildi.
30 yilning o’zidayoq O’zbekistonda 2648 ta boylar va quloqlar xo’jaligi tugatilib, qishloq aholisining tadbirkor hisoblanganlari oyog’iga bolta urdilar, olis yurtlarga surgun qilingan kishilarning aniq hisobi yo’q.
O’zbekistondan Ukraina Respublikasi va Stavropol o’lkasiga 10 ming oila badarg’a qilingan. Millionlab kishilarni abadiy muzliklar o’lkasiga oltin sanoatni yo’lga qo’yish va o’rmon kesish uchun yubordilar.
Boshlovchi: Raxmat. O’ylaymizki , xozirgina hikoya qilib berilgan voqealar kechamiz qatnashchilariga katta maktab vazifasini o’taydi. Suhbatingiz orqali kitobxonlar tinchlik, mustaqilligimizning Qadrini yana bir karra his qiladilar.
Shuning uchun siz azizlar, tinchlikning, musaffo osmonimizning,
mustaqilligimizning qadriga yetinglar.
Hurmatli mehmonlar, hozir sizlar uchun Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan maxsus akademik litseyining yosh san'atkorlari tayyorlab kelgan qo’shiqlarni e'tiboringizga havola etamiz.
(Konsert dasturi namoyish etiladi)
Boshlovchi: Aziz do’stlar, hurmatli mehmonlar! Yurt ozodligi yo’lida ochilmay so’lgan milliy siymolar ruhini shod etib, armonu havaslarini ro’yobga chiqarish, ularning nomlarini avlodlar xotirasiga muhrlash ulkan saodatdir. Nomi o’chmas
qahramonlarimiz Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriylarning nomlari va asarlari, Vatan ozodligi yo’lida ko’rsatgan fidoiyklari yoshlarimizga hamisha ibrat bo’lmog’i lozim.
Fitrat Vatanni "Tilagim, istagim, saodatim!"- deb ardoqlagan edi. Ajdodlar o’gitiga quloq tutib, ona yurtimizni e'zozlamoq, asramoq, uning saodati yo’lida jonbozlik ko’rsatmoq burchimizdir.
Shuning bilan bugungi bayram kechamiz nihoyasiga yetdi.
Xayr, sog’ bo’linglar!
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risida
. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a'lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol qoyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.
NIZOM
1. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a'lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol qoyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharining bittadan vakilalariga jami 14 ta beriladi.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorning so’nggi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari taqdim etiladi.
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi respublika xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish to’g’risidagi qarorlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
Ijodiy, ilmiy va ta'lim muassasalari yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod ko’rsatish bo’yicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir o’z fikr-mulohazalarini mukofot komissiyasiga ma'lum qilish huquqiga egadirlar.
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati va asarlari muhokamasini tashkil qilish, shuningdek, zarur materiallarni o’z vaqtida taqdim etish tegishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Ko’rsatib o’tilgan talablar bajarilmagan taqdirda komissiya ishlarni ko’rib chiqishni rad etishi mumkin.
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlarini berishga doir takliflar to’qrisidagi qaror komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
6. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni ko’krakning o’ng tomoniga taqiladi.
7. O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
"O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi. Kitobdan Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan.
Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.
Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.
Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.
Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.
Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina Yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.
Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz.
Shu ma’noda, Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.
14 fevral - Z.M.Bobur tavallud topgan kun Қадимий Мовароуннахр ва ундаги халқлар хаёти хақида жонли гувохлик берувчи асарлар орасида "Бобурнома" алохида ажралиб туради. Ажойиб лирик шоир, ўзбек адиби Захириддин Мухаммад Бобур томонидан яратилган бу асар ижтимоий-тарихий, илмий-табиий ва адабий-лингвистик маълумотлар хазинасидир.
"БОБУРНОМА" жаҳон кезадиҚадимий Мовароуннахр ва ундаги халқлар хаёти хақида жонли гувохлик берувчи асарлар орасида "Бобурнома" алохида ажралиб туради. Ажойиб лирик шоир, ўзбек адиби Захириддин Мухаммад Бобур томонидан яратилган бу асар ижтимоий-тарихий, илмий-табиий ва адабий-лингвистик маълумотлар хазинасидир. Унда 1494 йилдан 1530 йилгача Ўрта Осиё, Афғонистон ва Ҳиндистонда кечган воқеалар баён этилган. Бобур тарихий фактларни шунчаки кайд этиш, жангу жадаллар, юришлар хакида хронологик ахборот бериш билангина кифояланмай, воқеаларни жонли тилда қизикарли хикоя қилади, манзара чизади, табиатни, этнографик холатларни тасвирлайди, даврни, унинг хусусиятларини гавдалантиради. Шу сабабдан асар фақат илмий-тарихий ахамияти билан эмас, балки ўзбек бадиий насрининг ёрқин намуналаридан бири сифатида ҳам биз учун кимматлидир. Шоир ўз хотираларини бадиий нақл услубида содда ва равон баён этади, ўнлаб тарихий шахсларнинг аниқ характерини яратади; табиат манзараларини суратини чизади; китобни хар хил сюжетлар, ишқий саргузаштлар, шеърий парчалар билан безайди. Тилга олинган шахсларнинг портрети кийинишини, ташки кўриниши, феъл-атвори, одатлари, ўтмиши, авлод-аждоди бирма-бир таъриф этилади. Асардаги марказий образ — Бобурнинг ўзи, албатта. Унинг ҳис-туйғуларга бой қалби кўз олдимизда ёркин жонланади. Инглиз тарихчиси Элфинистон "Бобурнома" ва унинг муаллифи хақида: "Унинг шахсий хис-туйғулари хар кандай муболағадан ёки пардалашдан холи, услуби оддий на мардона, шу билан бирга жонли ва ифодали. Уз замондошлари биографиясини, уларнинг киёфалари, урф-одати, ннтилишлари, қизиқиш ва қилиқларини кўзгуда акс этгандек равшан тасвирлайди. Бу жихатдан "Бобурнома" Осиёда ягона чинакам тарихий тасвир намунасидир", деб ёзади.Бобур Ўрта Осиё, Хуросон ва Ҳиндистон географияси, хайвонот хамда набодот олами тўғрисида бой маълумот берган. Хусусан, "Бобурнома"да хиндларнинг этнографияси, илму фани, санъат ва маданияти хақида қимматли фактлар бор. Таниқли хинд шоири Мулк Рож Ананд Осиё ва Африка ёзувчиларининг Тошкент конференциясида (1958) сўзлаган нутқида: "Бу китоб сиз билан бизнинг меросимиздир. Ўзбекистондаги сингари бизда ҳам "Бобурнома" ғоят қадрланади", дегани бежиз эмас эди.Даврнинг жуда кўп хусусиятларини қамраб олиши, комусий характери ва ўзбек адабий тилининг беқиёс бой имкониятларини намойиш этиши билан "Бобурнома" Алишер Навоийнинг "Хамса"сига қиёс килгудек маданий обида ҳисобланади. Асарнинг тез орада шуҳрат қозониб, XVI асрнинг ўзидаёқ бир неча марта форс тилига таржима этилиши ҳам фикримиз исботидир."Бобурнома" форс тилига биринчи марта 1589 йили шоирнинг невараси — шоҳ Акбар саройида хизматда бўлган Абдураҳимхон ибн Байрамхон — Хони Хонон томонидан таржима килинган. Таржима кўп нусхада кўчирилиб, "Воқеоти Бобурий", "Тарихи Бобуршохий" номлари остида Шарк мамлакатларига кенг ёйилган. Абдурахимхон таржимада Бобурнинг ўзига хос баён тарзини бера олган, асар форс адабиёти ва тарихчилигида улкан янгилик сифатида қабул қилинган. Камраб олинган тарихий воқеаларнинг рўйи-рост кўрсатилиши, илмий фактларга бойлиги билангина эмас, балки равон услуби, содда ва жозибадорлиги билан ҳам Бобур асари ўзидан кейин яратилган тарихий мемуарларга кучли таъсир кўрсатади. Чунончи, Гулбаданбегимнинг "Ҳумоюннома" ва Низомиддин Ҳиравийнинг "Табақоти Акбаршохий" каби китобларида буни яққол ҳис этиш мумкин. Шуни айтиш керакки, XVI асрдан бошлаб ўзбек адабиётининг яна бошқа намуналари ҳам форс тилига таржима қилинди. Шарқнинг илғор зиёлилари туркийда (эски ўзбек тилида) яратилган адабиётнинг катта нуфузга эга эканлигини кўриб илм аҳлини бу тилни ўрганишга даъват эта бошлайдилар. Навоий ва Бобурнинг ажойиб асарларини таржима килиб, форсийдонларни баҳраманд этишни мухим вазифа деб биладилар. Чунончи, "Мажолис ун-нафойис"ни 1521 йилда форсчага ўгирган Султон Мухаммад Фахрий Хиротий ёзади: "Баъзи эътиборли ва хурматли кишилар туркий ибораси (тили)дан бехабар бўлганлари сабабли бу гўзал сўзларнинг мавжидан ва бу санъатлар денгизининг дуру гавхарларидан бебаҳрадирлар. Бу таассуфли ахвол эди ва шунинг учун турк гўзали каби парда ичида колган бу дилафрўзнинг юзидан пардани кўтаришни ва мўъжизали хаёлот яратган бу зебо суратни фазилат ва камол ахлига пардасиз кўрсатипши ният этдим"."Бобурнома" кўлёзмаларининг чиройли расмлар билан безатилиши хам таржиманинг шухрат козонишига сабаб бўлган. Гап шундаки, шох Акбар тасвирий санъатнинг пешкадам хомийси эди. Унинг саройида 104 нафар рассом доимий иш олиб борган. Таржимон Абдурахимхоннинг ўзи хам расм чизиш билан шуғулланган. Акбар саройида ўнлаб китобларга расмлар чизилган. "Бобурнома"нинг форсий нусхаларига ишланган миниатуралар Шарк рассомлик санъатининг ажойиб намуналари ҳисобланади.Инглиз шаркшуноси Л.Кинг берган маълумотга қараганда, "Бобурнома" ўз асрида яна икки марта — Мухаммадкули ва Зайниддин Хавофий томонидан форс тилига таржима қилинган. Бирок бу таржима кўлёзмаларининг каерда сақланишини олим айтмайди. Абдурахимхон таржимаси Британия музейида ва Москвадаги Шарк кўлёзмалари фондида сақланади. Фотонусхаси Алишер Навоий номидаги Адабиёт музейимизда хам бор.Ғарб олимлари "Бобурнома" билан дастлаб ана шу форсий нусхалар орқали танишадилар. Европа шарқшунослари орасида Витсен биринчи марта "Бобурнома" билан кизикиб, ундан айрим кисмларии голланд тилига таржима қилади (1705). XIX аср бошларига келиб, асар бутун Европа илм ахлига маълум бўлган. Бобур меросининг жахоний шухратида, айниқса, инглиз шарқшуносларининг хизмати улкандир. Улар "Бобурнома"ни таржима қилиш ва нашр этишдагина эмас, балки тадкик ва тарғиб этиш борасида хам биринчиликни эгаллайдилар.1816 йилнинг 12 апрелида Уильям Эрскин Бўмбойдан туриб, Лондондаги ноширларга ёзган хатида туганмас ганжина топиб олгандек хурсандлигини билдиради ва "Бобурнома"ни таржима килаётганидан хабар беради. У.Эрскиннинг Ж.Лайден билан хамкорликдаги таржимаси 1826 йилда босилиб чикди. Таржимонлар асарнингг ўзбекча ва форсча нусхаларини асос қилиб олдилар. Эрскин китобга каттагина мукаддима ёзиб, Бобур ва унинг асарини инглиз китобхонларига таништиради: "Биз Осиёдаги хукмдорлар ичида Бобур сингари гениал ва талантли кишиларни камдан-кам учратамиз. Ақлининг актив фаолияти, хушчақчақ ва совуққонлиги, бевафо тақдирнинг найрангларига карамай, рухининг тетиклиги, подшолар орасида жуда кам учрайдиган сахийлиги, мардлиги, истеъдодлилиги, фанга, санъатга мухаббат ва удар билан фаол шуғулланиши жихатидан Осиё подшолари орасида Бобурга тенг келадигани йўк". Ж.Лайден ва У.Эрскин таржимаси 1921 йили Оксфорд университети нашриёти томонидан кўп жилдли қилиб, иккинчи марта чоп этилди. Бу нашрга Дублин университетининг профессори Л.Кивт сўзбоши ёзиб, "Бобурнома" нашрлари, унинг жахон қўлёзма фондларидаги нусхалари, таржималари хақида маълумот беради, инглизча вариантни кайта тахрирдан чикаради. Биринчи жилднинг ярмини ташкил этадиган илмий очеркида у Мовароуннахр ва Хуросон тарихи, географияси, Бобур тилга олган Самарканд, Андижон, Ўратепа, Кобул ва бошка шахарларнинг ҳозирги аҳволини кенг ёритган. Мазкур нашрнинг яна бир фазилати шундаки, таржиманинг илиий аниқлигини таъминлаш учун хошияларда кўп микдорда изох ва шархлар берилган, китобдаги шеърларнинг кимга тааллуқли эканлиги ва қайси тилда ёзилгани хам кўрсатилган.Инглиз шарқшуносларидан А.Бевериж хоним 1902 йили "Бобурнома"нинг Хайдаробод нусхасини факсимилье холида чоп эттиради. (У 1971 йили Лондонда кайта нашр этилди). Мазкур нашр асарнинг яна кенгроқ оммалашувига сабаб бўлди. Асарнинг М.Салье бажарган русча таржимаси ҳамда 1960 йили П. Шамсиев ва С.Мирзаев тайёрлаган ўзбекча нашри ана шу А.Бевериж хоним нашрига асосланган. "Бобурнома" Р. М. Калдекот томонидан инглиз тилига кисқартириб таржима килинди. XX аср охирларида Ф.Ж.Талбот хам асарни таржима килиб, суратлар билан нашр эттиради. Шунингдек, Бобур асарларининг Туркияда тарқалишига атоқли олим Рашот Рахмон Оратнинг хизмати катта.Инглиз тилида Бобур хаёти ва ижодини ўрганишга бағишланган талай махсус монографиялар яратилган. Лэн Поолнинг "Бобур" (Оксфорд, 1899) ва Харолд Лэмбнинг "Бобур — йўлбарс" (Нью-Йорк, 1961) номли китоблари шулар жумласидандир. Айникса, кейинги китоб кизиқарли адабий-тарихий очерк услубида ёзилган. Буни китобнинг ички бўлимларига қўйилган "Водийдаги вокеалар", "Самарканддан кувилиш", "Кобилдаги салтанат", "Ҳиротда зиёфат", "Бобур ва унинг эли", "Ҳиндистон сари юриш", Папипат ва Канванд". "Буюк мўғуллар империяси" каби сарлавҳалардан хам билиш мумкин. X. Лэмб Бобурнинг адабий меросидаи илмий маълумот сифатида кенг фойдаланган, кўпроқ "Бобурнома"га мурожаат этиб, ундан талай парчалар таржимасини ҳам келтирган. Бундан ташкари , у Мирзо Бобур юрган йўлларни от ва туяда кезиб чиққан. Шу тарика, бу асар амалда Бобур ҳақидаги тарихий роман кўринишини олган эди.Шарқ халклари тарихи билан шуғулланган яна бошқа инглиз ва америкалик олимлар Бобурнинг шахсий кобилияти ва фаолиятига юкори бахо бериб, уни қадимги Рим саркардаси Юлий Цезарь билан киёслайдилар."Бобурнома" 1828 йили А.Кайзер томонидан немис тилига қисқартириб ва 1871 йили П.де Куртейль томонидан француз тилига тўла холда таржима қплинган. Замондошимиз атоқли шаркшунос олим Ж. Л. Боите Граммон "Бобурнома"нинг француз тилидаги янги таржимасини яратди. У бир неча бор юртимизга келиб, ўзбек халқининг турмуш тарзи, тарихи билан яқиндан танишди. Граммон, шунингдек Гулбаданбегимнинг "Темур тузуклари" ва "Ҳумоюннома" асарларини ҳам француз тилига ўгирган. 1912 йилда Тоғаймурод Корлуқ Хатлоний уни яна бир марта форс тилига ўгиради. Бу таржима қўлёзмаси Ўзбекистоп Республикаси Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти кўлёзмалар фондида сақланмоқда. 1944 - 46-йилларда эса асар усмонли турк тилига табдил қилиниб, Анқарада икки жилдда босилди.Россияда "Бобурнома" анча илгари пайдо бўлган эди. Шарқшунос Н.Ильминский 1857 йили асарни асл холида Козон шахрида чоп эттирган. XIX аср охирларида "Бобурнома"дан айрим қисмлар И. Пантусов, С. Поляков, В. Вяткин таржимасида рус кптобхонларига қисман тақдим этилган бўлсада, яхлит русча таржимаси амалга оширилмаган эди. Бу шарафли ва хайрли иш моҳир таржимон ва олим М. Салье томонидан бажарилди ва асар 1958 йили Тошкентда босмадан чиқарилди. М.Салье таржима устида 10 йилдан ортикроқ мехнат қилди, асар тилини чуқур ўрганди, беҳад кўп сонли атамалар, ибора ва номлар транскрипциясини бериш, шунингдек, Бобур қаламининг "мардона услубини" сақлашга муваффак бўлди. Шунга қарамай, М. Салье таржимасида хамон талай ноаниқликлар мавжуд. "Бобурнома"даги бир қанча номлар нотўғри берилгаи. Чунончи, Ахмад Мирзо севгилиси Қутлуқбегим "Катак бегим" бўлиб кетган, "букаламун", "муча" каби баъзи сўз ва иборалар таржимасиз ва изохсиз келтирилгани сабабли рус китобхонига тушунарсиз бўлиб қолган. Шеърий парчалар насрий таржимада берилиб, уларнинг қайси тилда ёзилгани ҳам кўрсатилмаган.Таржима ва нашрлардаги нуксонларнинг аксарияти асарнинг илмий-танқидий матнига эхтиёж борлигидан келиб чиқкан. "Бобурнома"нинг мавжуд нашрлари, ҳатто ўзбекча нашри хам, асар хақида тўла тасаввур беролмайди. Негаки, русча нашрда хам, энг сўнгги ўзбекча нашрда хам 1509 йилдан 1518 йилгача ва 1524 йилгача бўлган воқеалар баёни йўк. Шунга ўхшаш талай ноаниқликларни бартараф этиш учун "Бобурнома"нинг энг эътиборли қўлёзма нусхаларини чоғиштириб, унинг илмий матнини тайёрлаш зарур эди. Ва ниҳоят, бу ишни япониялик бобуршунос олимлар амалга оширдилар: асарнинг танкидий матни яратилиб, нашр этилди. Кўриниб турибдики, Мирзо Бобурнинг ҳаёти ва ижоди турли мамлакатларда ўрганилмокда ва халқаро илмий хамкорлик воситасига айланиб бормоқда. Бу ҳам ўзбек халқининг улуғ истеъдоди, ифтихоридан нишонадир.
Aloqa yo’ldoshlari nima?Aloqaning kabеlli liniyalarini o’tkazishning iloji bo’lmagan yoki buning uchun yirik mablag’lar talab etiladigan joylarda radioto’lqinlar yordamida aloqa o’rnatiladi. Buningdеk to’lqinlarning tarqalishi yorug’likning tarqalishiga o’xshaydi va bamisoli yorug’lik singari aks etadi. Aloqa yo’ldoshlarining ishi ham radioto’lqinlarning ana shu xossasiga asoslanadi. “Aks-sado-1”dеgan birinchi aloqa yo’ldoshi xuddi sharga o’xshaydi, U yupqa alyuminiy tunuka bilan qoplangan. Bu aloqa yo’ldoshi Еr kurrasi atrofida 2000 kilomеtrga yaqin balandlikda aylanib yuradi.Aloqa yo’ldoshlari nima?Aloqaning kabеlli liniyalarini o’tkazishning iloji bo’lmagan yoki buning uchun yirik mablag’lar talab etiladigan joylarda radioto’lqinlar yordamida aloqa o’rnatiladi. Buningdеk to’lqinlarning tarqalishi yorug’likning tarqalishiga o’xshaydi va bamisoli yorug’lik singari aks etadi. Aloqa yo’ldoshlarining ishi ham radioto’lqinlarning ana shu xossasiga asoslanadi. “Aks-sado-1”dеgan birinchi aloqa yo’ldoshi xuddi sharga o’xshaydi, U yupqa alyuminiy tunuka bilan qoplangan. Bu aloqa yo’ldoshi Еr kurrasi atrofida 2000 kilomеtrga yaqin balandlikda aylanib yuradi. Yerdan yuborilgan radioto’lqinlar uning sirtiga tеgib, orqaga qaytadi.Xuddi shu yo’ldosh tufayli tеlеvizion ko’rsatuvlarni ilk marta butun dunyo miqyosida olib ko’rsatish imkoniyati tug’ildi. Undan kеyin yanada mukammalroq “Tеllstar” va “Rеldi” aloqa yo’ldoshlari uchirildi. Ular Yerdan 5000 kilomеtrdan ortiqroq balandlikda joylashgan. Bu yo’ldoshlar ma'lumotlarni qabul qiladi,magnit tasmalariga yozib oladi,tasvirni kuchaytiradi va qayta ishlab tag’in Yerga qaytaradi. Biroq bu yo’ldoshlarning kamchiligi shundaki, ular Yer atrofida sеkin aylanar edi, shu sababli radiosingallarni ishonch bilan qabul qilish hududi u qadar katta emas edi. “Sinkom” va “Saharxеz qushcha” dеb atalgan navbatdagi aloqa yo’ldoshlari ancha takomillashgan edi. Ularning tеzligi va aylanish yo’nalishi Yer aylanishining tеzligi va aylanish yo’nalishi aniq mos kеldi. Xuddi shu sababli bir vaqtning o’zida 12 ta tеlеdastur va 6000 tеlеfon gaplashuvlarini yo’ldoshlar orqali qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda Yer atrofidagi orbitalarda turli mamlakatlar tomonidan uchirilgan o’ndan ortiq aloqa yo’ldoshlari ishlab turibdi.
МУҚАДДИМА
Бугун биз тарихий бир даврда — халқимиз ўз олдига эзгу ва улуғ мақсадлар қўйиб, тинч-осо-йишта ҳаёт кечираётган, авваламбор ўз куч ва ш кониятларига таяниб, демократик давлат ва ф^қаролик жамияти қуриш йўлида улкан нати-жаларни қўлга киритаётган бир замонда яшамоқ-дамиз.
Биз ўз тақдиримизни ўз қўлимизга олиб, аза-лий қадриятларимизга суяниб, шу билан бирга, тараққий топган давлатлар тажрибасини ҳисобга ол"ан ҳолда, мана шундай олижаноб интилиш-лар билан яшаётганимиз, халқимиз асрлар даво-мида орзиқиб кутган озод, эркин ва фаровон ҳаетни барпо этаётганимиз, бу йўлда эришаётган ютуқларимизни халқаро ҳамжамият тан олгани — бундай имкониятларнинг барчасини айнан мус-таь^иллик берганини бугун ҳаммамиз чуқур анг-лаймиз.
Ана шу ҳақиқатни халқимиз ҳар томонлама тўтри тушуниб, танлаган тараққиёт йўлимизни онгли равишда қабул қилгани ва қўллаб-қувватлаётгани олдимизга қўйган мақсадларга эришишнинг асосий манбаи ва гарови эканини ҳаётнинг ўзи тасдиқламоқда.
Биз халқимизнинг дунёда ҳеч кимдан кам бўл-маслиги, фарзандларимизнинг биздан кўра кучли, билимли, доно ва албатта бахтли бўлиб яшаши учун бор куч ва имкониятларимизни сафарбар эта-ётган эканмиз, бу борада маънавий тарбия маса-ласи, ҳеч шубҳасиз, беқиёс аҳамият касб этади. Агар биз бу масалада ҳушёрлик ва сезгирлиги-мизни, қатъият ва масъулиятимизни йўқотсак, бу ўта муҳим ишни ўз ҳолига, ўзибўларчиликка таш-лаб қўядиган бўлсак, муқаддас қадриятларимизга йўғрилган ва улардан озиқланган маънавиятимиз-дан, тарихий хотирамиздан айрилиб, охир-оқибатда ўзимиз интилган умумбашарий тараққиёт йўли-дан четга чиқиб қолишимиз мумкин.
Эл-юртимиз ўзининг кўп асрлик тарихи даво-мида бундай машъум хатарларни неча бор кўрган, уларнинг жабрини тортган. Шундай асоратлар ту-файли тилимиз, динимиз ва маънавиятимиз бир пайтлар қандай хавф остида қолганини барча-миз яхши биламиз. Ана шу фожиали ўтмиш, бо-сиб ўтган машаққатли йўлимиз барчамизга сабоқ бўлиши, бугунги воқеликни теран тахдил қилиб, мавжуд таҳдидларга нисбатан доимо огоҳ бўлиб яшашга даъват этиши лозим. Ўз тарихини бил-майдиган, кечаги кунини унутган миллатнинг ке-лажаги йўқ. Бу ҳақиқат кишилик тарихида кўп бора ўз исботини топган.
Маълумки, биз бошимиздан кечирган собиқ мустабид тузум даврида миллий маънавиятни ривожлантиришга мутлақо йўл қўйилмаган. Аксинча, халқимизнинг табиати, яшаш тарзига ёт бўлган коммунистик мафкурани ҳар қандай йўллар ва зўравонлик билан жорий этишга ҳара-кат қилинган. Шунинг учун ҳам истиклолнинг дастлабки кунлариданоқ бу соҳадаги аҳволни тубдан ўзгартириш юртимизда энг долзарб ва ҳал қилувчи вазифалардан бирига айланди.
Шу ўринда биз бу ўта муҳим масалага қандай эътибор берганимиз ва уни босқичма-босқич ҳал қилиб келаётганимиз ҳақида тўхталиб ўтиш жоиз, деб ўйлайман. Жумладан, 1994 йили 22 сентябр-да парламент минбаридан яқин тарихимизда бошимиздан кечирган воқеалар, яъни, милла-тимизнинг қадр-қиммати, шаъни ва номуси пой-мол қилингани, кўҳна тарихимиз ва муқаддас қадриятларимиз топталгани ҳақида қуйидаги дард-ли-изтиробли фикрлар билдирилган ва баъзи бир ғоят қийин, аммо табиий саволлар ўртага таш-ланган эди:
— Ўзингиз ўйлаб кўринглар, азиз дўстлар, мустабид тузум, мустамлакачилик даврида биз ким эдик?
—Тақдиримиз, эркимиз кимларнинг қўлида эди?
—Каъба деб қаерга сиғинар эдик? Ҳар тонг «Ассалом!..» деган мадҳия оҳанглари остида кимларга қуллуқ қилиб уйғонардик?
— Тилимиз, динимиз қай аҳволда эди? Имом Бухорий, Имом Термизий, Хожа Баҳоуддин Нақшбандларнинг муқаддас хокларига эътибор бормиди? Амир Темур, Бобур Мирзо ва бошқа улуғ бобокалонларимизнинг буюк номлари қайси тупроқларда қоришиб ётган эди?
- Миллий ғуруримиз, инсонлик шаънимиз, урф-одатларимиз қандай тушунчаларга алмаш-тирилган эди?
—Хўш, ўзимиз-чи? Ўзимиз ўзлигимизни би лармидик? Қандай мўътабар замин, улуғ аждодларимизнинг ўлмас мерослари билан озиқланган элнинг фарзандлари эканимизни англармидик?
—Айтинглар, ўша кезлари Ўзбекистонни дунёда биров билармиди? Биров биз билан ҳисоблашармиди?
—Юртимиз қандай ва қанча беқиёс бойликлар хазинаси эканидан қай биримиз хабардор эдик?
—Гўё миллий ифтихор бўлмиш пахта, ҳақиқатда миллий ғурур ўрнига бўйинтуруқ бўлиб, халқимизни ялангоёқ қилишдан, бошимизга азоб-уқубат, таъна-маломатдан бошқа нима келтирарди?»
Дарҳақиқат, яқин тарихда халқимиз ўз бошидан кечирган бундай азоб-уқубатларни, тақди-римиз жар ёқасида турган машъум кунларни уну-тишга бизнинг асло ҳаққимиз йўқ.
Ўтган давр мобайнида эски тузумдан оғир мерос бўлиб қолган ана шундай иллатларга, эл-юртимизга нисбатан камситиш ва миллий манфаатларимизни менсимаслик ҳолатларига барҳам бериш, кўҳна қадриятларимиз, дину диёнатимизни тиклаш, ҳаётимизда тарихий адолатни қарор топтириш, янги жамият қуриш йўлида халқимиз-нинг маънавий юксалишини ўз олдимизга қўйган олижаноб мақсадларга етишда ҳал қилувчи мезон деб қараш ва шу асосда иш олиб бориш биз учун доимо устувор вазифа бўлиб келганини ва бугун ҳам эътиборимиз марказида турганини таъкидлаш лозим.
Шуни мамнуният билан қайд этиш лозимки, эзгу фазилат ва интилишлар халқимизнинг қон-қони ва суяк-суягига сингиб кетган. Унинг табиа-тига хос бўлган юксак маънавият неча асрларки бизни не-не бало-қазолардан, тўфон ва бўрон-лардан соғ-омон асраб келмоқца. Ҳар қандай бос-қин ва истилоларга қарамасдан, ҳар қандай оғир ва мураккаб шароитда ҳам ота-боболаримиз ўзли-гини йўқотмасдан, маънавий ҳаёт мезонлари, одоб-ахлоқ қоидаларига амал қилиб, комиллик сари интилиб яшагани бугун ҳам барчамизга ибрат бўлиб, куч-қувват бағишлаб келмоқда.
Маълумки, ҳар қайси халқ ёки миллатнинг тафаккури, турмуш тарзи, маънавий қарашлари ўз-ўзидан, бўш жойда шаклланиб қолмайди. Улар-нинг вужудга келиши ва ривожланишида аниқ тарихий, табиий ва ижтимоий омиллар асос бўли-шини ҳаммамиз яхши биламиз.
Масалан, Шарқ оламида, жумладан, ўзимиз-нинг Ўрта Осиё шароитида жамоа бўлиб яшаш туйғуси ғоят муҳим аҳамият касб этади ва одам-ларни бир-бирига яқинлаштиришга, бир-бири-ни қўллаб-қувватлаб ҳаёт кечиришга замин туғдиради. Шу маънода, халқимизнинг турмуш ва тафаккур тарзига назар ташлайдиган бўлсак, бошқаларга ҳеч ўхшамайдиган, минг йиллар давомида шаклланган, нафақат ўзаро муомала, балки ҳаётимизнинг узвий бир қисми сифатида намоён бўладиган бир қатор ўзига хос хусусият-ларни кўрамиз.
Мисол учун, тилимиздаги мехр-оқибат, мехр-муҳаббат, меҳр-шафқат, қадр-қиммат деган, бир-бирини чуқур маъно-мазмун билан бойитадиган ва тўлдирадиган ибораларни олайлик. Қанчалик ғалати туюлмасин, бу ибораларни бошқа тилларга айнан таржима қилишнинг ўзи мушкул бир му-аммо.
Шуни айтиш лозимки, бу тушунчалар ким-дир шунчаки ўйлаб топган ширин калом, қулоққа хуш ёқадиган сўзлар эмас. Бундай тушунчалар аср-лар мобайнида эл-юртимизнинг дунёқараши, маънавий ҳаётининг негизи сифатида вужудга келган, онгу шууримиздан чуқур жой олган буюк қадриятларнинг амалий ифодасидир.
Масалан, эзгу одатимизга айланиб кетган меҳр-оқибат тушунчасини оладиган бўлсак, унинг жуда теран тарихий, миллий, диний илдизлари борлигини кўриш мумкин. Бу аввало инсоннинг инсон билан, қўшнининг қўшни билан, қариндошнинг қариндош, оиланинг оила билан, энг муҳими, шахснинг жамият билан уйғун бўлиб яшашини, етимсир, бева-бечора ва ногиронларга, мусофирларга саховат кўрсатиш, сидқидилдан, беғараз ёрдам беришни англатади ва бундай хусусият халқимизнинг маънавий оламига сингиб кетганини ҳеч ким инкор эта олмайди.
Шарқ халқлари ва юртимиз аҳлига мансуб шундай белги-аломатлар ҳақида гапирганда, уларнинг тарихий-ижтимоий заминига алоҳида эътибор қаратиш лозим, деб ўйлайман. Тарихдан маълумки, Ўрта Осиё ҳудудида аҳоли азалдан во-дийларда, катта сув манбалари — дарё ва анҳор-лар бўйида яшаб келади. Атрофи чўл ва саҳролар билан ўралган, табиати, иқлими ғоят мураккаб бўлган минтақа шароитининг ўзи ана шу элат ва миллатларнинг минг йиллар давомида бир-би-рига мослашиб, яқин елкадош бўлиб, бир-би-рининг оғирини енгил қилиб яшашини тақозо этиб келади.
Чиндан ҳам, бу заминда истиқомат қиладиган одамларнинг тарқоқ бўлиб яшашга имкони йўқ, табиатнинг ўзи, ҳаётнинг ўзи уларни шу руҳда тарбиялаган. Турмуш ва тафаккур тарзи мизнинг ажралмас қисмига айланиб кетган мана шундай азалий тушунчалар минтақамизда яшаб ўтган улуғ алломалар, мутафаккир зотларнинг қолдирган бебаҳо меросида ҳам ўзининг ёрқин ифодасини топган. Мисол учун, Алишер Навоий бобомиз бўладими, Рудакий, Абай, Махтумқули ёки Тўқтағул каби улуғ зотлар бўладими, уларнинг барчаси ўз ижоди билан нафақат икки дарё оралиғидаги халқларни, балки бутун башарият фарзандларини доимо меҳр-оқибатли, дўст-биродар бўлиб яшашга даъват этгани бежиз эмас, албатта.
Ота-боболаримиз неча асрлар мобайнида шу бепоён минтақада қандай ҳамжиҳат бўлиб, қан-дай қадриятлар асосида яшаб келган бўлса, бу-гун ҳам, таъбир жоиз бўлса, тарих ва ҳаёт гарди-ши, табиатнинг ўзи бизни — бутун Ўрта Осиё халқларини айнан ана шундай дўстлик ва ҳам-корлик руҳида ҳаёт кечиришга даъват этмоқда.
Бир сўз билан айтганда, тарихий воқеликка мана шундай қараш, жамулжам бўлиб яшаш туйғуси биз учун ҳаёт фалсафасига, яна ҳам аниқроғи, ҳаёт қоидасига айланиб кетган. За-монавий тилда айтадиган бўлсак, бу миллий менталитетимизнинг асосини ташкил этадиган, бизни бошқалардан ажратиб турадиган шундай бир хусусиятки, уни сезмаслик, англамаслик, кўрмаслик умуман мумкин эмас.
Ғарб оламида эса одамларнинг ҳаёт тарзида жамоавийликдан кўра индивидуализм, шахсий манфаат тамойиллари устунлик қилишини куза-тиш мумкин. Бу ҳам муайян, объектив ижтимо-ий-тарихий омиллар туфайли шаклланган воқе-лик бўлиб, уни ҳам инкор этиб бўлмайди.
Албатта, Ўрта Осиё муҳитида жамоа, маҳалла бўлиб, бир-бирига меҳр-оқибатли бўлиб яшайдиган инсонлар, давр қанчалик ўзгармасин, тарих синовидан ўтган ўз қадриятларига содиқ бўлиб яшашни маъқул кўрар экан, буни замонавий фикрлайдиган, дунёга теран назар ташлайдиган одам тўғри тушуниши, тан олиши ва уни ҳурмат билан қабул қилиши лозим.
Минг афсуски, мана шундай тарихий ҳақи-қатни англамайдиган ёки англашни истамайдиган чет элдаги баъзи сиёсатчи ва арбоблар нафақат сиёсат ёки иқтисодиёт, балки маънавият бобида ҳам бизга ақп ўргатишга, азалий ҳаёт тарзимиз, руҳий дунёмизга ёт бўлган қарашларни мажбу-ран жорий этишга уринмоқда.
Бундай кучларнинг ғаразли муносабати ав-вало бой ва қадимий маънавиятимизга қарши қаратилгани, улар халқимизни ана шу бебаҳо бойликдан жудо қилиш учун ҳар хил усул ва воситалар билан зўр бериб уринаётгани бар-чамизни ташвишлантирмасдан қолмайди, ал-батта.
Нега деганда, инсониятнинг кўп минг йил-лик тажрибаси шундан далолат берадики, дунё-даги зўравон ва тажовузкор кучлар қайси бир халқ ёки мамлакатни ўзига тобе қилиб, бўисундирмоқчи, унинг бойликларини эгалламоқчи бўлса, аввалам-бор, уни қуролсизлантиришга, яъни энг буюк бой-лиги бўлмиш миллий қадриятлари, тарихи ва маънавиятидан жудо қилишга уринади. Бунинг тас-диғини узоқ ва яқин тарихдаги кўп-кўп мисол-ларда яққол кўриш мумкин. Чунки ҳар қайси миллат ёки халқнинг маънавияти унинг бугунги ҳаёти ва тақдирини, ўсиб келаётган фарзандла-рининг келажагини белгилашда шак-шубҳасиз ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
Бинобарин, маънавиятга қарши қаратилган ҳар қандай таҳдид ўз-ўзидан мамлакат хавф-сизлигини, унинг миллий манфаатларини, соғ-лом авлод келажагини таъминлаш йўлидаги жиддий хатарлардан бирига айланиши ва охир-оқибатда жамиятни инқирозга олиб келиши мумкин.
Кези келганда илгари айтган бир фикримни такрорламоқчиман: бу дунёда табиатда ҳам, жа-миятда ҳам бўшлиқ бўлмайди. Қаердадир бўшлиқ пайдо бўлдими, ҳеч шубҳасиз, уни албатта ким-дир тўлдиришга ҳаракат қилади.
Ҳозирги кунда ким кўп — ана шундай маъна-вий бўшлиқни тўлдиришга уринадиган, шунинг ҳисобидан ўзининг ғаразли мақсадларини амал-га оширишни ўйлаб юрганлар кўп. Минг афсус-ки, бу кучларнинг асл қиёфаси, мақсад-мудда-олари ва имкониятларини тўла ва аниқ-равшан тасаввур қилиш осон эмас. Нега деганда, улар кўпинча турли ниқоблар, жозибали шиор ва ғоялар пардаси остида иш кўради. Бундай куч-ларнинг ихтиёрида жуда катта моддий, молия-вий ресурслар ва имкониятлар мавжуд бўлиб, уларнинг пухта ўйланган, узоқ ва давомли ёвуз мақсадларига хизмат қилмоқда.
Бугунги кунда дунёнинг айрим ҳудудларида ана шундай ҳаракатлар натижасида катта маънавий йўқотишлар юз бераётгани, миллатнинг асрий қадриятлари, миллий тафаккури ва турмуш тарзи издан чиқаётгани, ахлоқ-одоб, оила ва жамият ҳаёти, онгли яшаш тарзи жиддий хавф ос-тида қолаётганини кузатиш мумкин.
Энг ёмони, бундай хуружларнинг пировард оқибати одамни ўзи туғилиб ўсган юрти ва хал-қидан тонишга, ватанпарварлик туйғуларидан маҳрум этишга ва ҳамма нарсага лоқайд бўл-ган шахсга айлантиришга қаратилганида намоён бўлмоқца.
Шунинг учун ҳам — бу Шарқ ёки Ғарб мам-лакатлари бўладими, олис Африка ёки Осиё қитъаси бўладими — жаҳоннинг қайси бурчагида бўлмасин, маънавиятга қарши қандайдир таҳдид пайдо бўладиган бўлса, ўзининг бугунги куни ва эртанги истиқболини ўйлаб яшайдиган ҳар бир онгли инсон, ҳар бир халқ ташвишга тушиши табиий, албатта. Бу ҳақда гапирганда, фақат битта миллат ёки халқ ҳақида фикр юритиш масалани ўта тор тушуниш бўлур эди. Яъни, бу ўринда сўз фақат бизнинг маънавиятимизга қарши қаратил-ган тажовузлар ҳақида, азалий фазилатларимиз, миллий қадриятларимизни ана шундай ҳужум-лардан асраш хусусидагина бораётгани йўқ. Му-ҳим ижтимоий-сиёсий аҳамиятга эга бўлган ушбу муаммони кенг миқёсда, дунёнинг барча мамла-катлари ва халклари ҳаётига дахлдор масала си-фатида ўрганиш, тахдил қилиш ва баҳолаш мақ-садга мувофиқцир.
Маънавий таҳдид деганда, аввало, тили, ди-ни, эътиқодидан қатъи назар, ҳар қайси одам-нинг том маънодаги эркин инсон бўлиб яшашига қарши қаратилган, унинг айнан руҳий дунёсини издан чиқариш мақсадини кўзда тутадиган маф-куравий, ғоявий ва информацион хуружларни на-зарда тутиш лозим, деб ўйлайман.
Агарки масалага амалий кўз билан қарайди-ган бўлсак, маънавиятимизга қарши қаратилган ҳар қандай хуруж — бу миллатимизни миллат қиладиган, асрлар, минг йиллар давомида аж-додлардан авлодларга ўтиб келаётган ўзига хос ва ўзига мос хусусиятларга, миллий ғурур, мил-лий ифтихор туйғусига, бизни доимий равишда тадрижий тараққиётга чорлайдиган, шу йўлдаги барча асорат ва иллатлардан халос бўлиб, озод ва фаровон ҳаёт барпо этишдек эзгу мақсадлари-мизга катта зарба берадиган мудҳиш хавф-хатар-ларни англатади.
Лўнда қилиб айтадиган бўлсак, бундай мафку-равий хуружлар миллий ва диний томирларимиз-га болта уришини, улардан бизни бутунлай узиб ташлашдек ёвуз мақсадларни кўзлашини, ўйлай-манки, юртимизда яшайдиган соғлом фикрли ҳар бир одам яхши тушунади.
Бундай тажовузкорона ҳаракатлар бизлар учун мутлақо бегона мафкура ва дунёқарашни аввало беғубор ёшларимизнинг қалби ва онгига сингдиришга қаратилгани билан айниқса хатарлидир. Бундай ҳолатларга дуч келганда, умрида мамлакатимизга қадам қўймаган, Ўзбекистонни ҳатто харитадан ҳам кўрсатиб беролмайдиган, лекин ўзини мутлақ ҳақиқатнинг ягона ифодачи деб ҳисоблайдиган кимсаларнинг енгил-елпи фикрларини эшитганда, уларга қарата бе-их' иёр, э, барака топкур, олдин юртимизга бир келиб кўринг, тарихимиз, маънавиятимиз, ҳаёт та; зимиз билан танишиб, ундан кейин гапиринг, де(> айтгингиз келади.
Ҳақиқат ва холисликдан йироқ бўлган, фа-қа" ғаразли сиёсий манфаатларни кўзлайди-гаь бундай қарашлар ҳеч кимга наф келтирмай-ди ва ҳеч кимнинг обрўсига обрў қўшмайди, ал-баг та.
Агарки биз бундай хатарларга қарши ўз вақ-тқ! ;а қатъият ва изчиллик билан кураш олиб бор-масак, турли зарарли оқимлар бизнинг юртамизга ҳам шиддат билан ёпирилиб кириши, ёшлари-мизни ўз гирдобига тортиб кетишини, оқибатда улсрнинг ота-она, оила, эл-юрт олдидаги бурчи ва масъулиятини ўйламайдиган, фақат бир кун-ли : ҳаёт билан яшайдиган худписанд кимсаларга айланиб қолиши мумкинлигини тасаввур қилиш қи шн эмас. Мана шу аччиқ ҳақиқатни юрти-миздаги ҳар бир инсон, ҳар қайси ота-она, энг му^ими, ҳар қайси йигит-қиз чуқур англаб оли-шр ни истардим.
Такрор айтишга тўғри келади — ота-оналар, усоз-мураббийлар бу масалада ҳушёрликни йўқотмаслигимиз, ёшлар тарбиясида асло бепар-во бўлмаслигимиз зарур.
Уйлайманки, тарихда кўп-кўп синов ва машакдатларни кўрган, азиз фарзандининг бахти ва келажагини ўз ҳаётининг маъно-мазмуни деб биладиган халқимиз бундай хатарларнинг машъум оқибатларини яхши англайди.
Хулоса қилиб айтганда, бугунги шиддатли даврда чинакам маънавиятли ва маърифатли одамгина инсон қадрини билиши, ўз миллий қадриятларини, миллий ўзлигини англаши, эр-кин ва озод жамиятда яшаш, мустақил давлати-мизнинг жаҳон ҳамжамиятида ўзига муносиб ўрин эгаллаши учун фидоийлик билан кураша олиши мумкин.
Нафақат давлат раҳбари, авваламбор, буюк тарих, маданият ва маънавият эгаси бўлган хал-қимизнинг бир фарзанди сифатида, ана шу бе-баҳо бойликни асраб-авайлаш, уни ҳар хил ош-кора ва пинҳона ҳужумлардан ҳимоя қилиш ҳақвда қайғурадиган бир инсон сифатида юқори-да зикр этилган ўта муҳим ва ўта нозик бу масала-лар мени ҳам кўпдан буён ўйлантириб келади.
Ушбу китоб инсоннинг юксалишида маъна вият оламининг қандай таъсир ва аҳамиятга эга экани, шунингдек, маънавиятга қарши қаратилган хуружларнинг реал хавфи ҳақида атрофлича фикр юритиш, халқимиз янги ҳаёт, янги жамият асосларини қураётган ҳозирги мураккаб ва таҳликали замонда одамларни бундай хатарлардан огоҳ этиш, эл-юртимиз, кенг жамоатчилик эътиборини бу масалаларга яна бир бор қаратиш, келажак авлодимизни маънавий соғлом ва баркамол этиб тарбиялаш билан боғлиқ вазифаларни аниқ белгилаб олиш борасидаги ҳаётий эҳтиёж маҳсули сифатида дунёга келди.
Агарки мендан, ҳозирги кунда маънавияти-иизни асраш учун нима қилиш лозим ва унга жаҳцид соладиган хуружларга нимани қарши қуииш керак, деб сўраса, мен авваламбор шу юртда яшаётган ҳар қайси инсон ўзлигини анг-лаши, қадимий тарихимиз ва бой маданиятимиз, уртуғ аждодларимизнинг меросини чуқурроқ ўз-лаштириши, бугунги тез ўзгараётган ҳаёт воқе-лигига онгли қараб, мустақил фикрлаши ва диё-римиздаги барча ўзгаришларга дахлдорлик туй-ғуси билан яшаши зарур, деб жавоб берган бў-лардим.
Ишончим комилки, ана шундай ноёб инсо-н лй фазилатларга, юксак маънавиятга эга бўлган хштқ ҳеч кимга ҳеч қачон қарам бўлмайди, ўзи-ншг эзгу мақсадларига албатта етади.Биринчи боб
МАЪНАВИЯТ – ИНСОННИНГ УЛҒАЙИ1 I ВА КУЧ-ҚУДРАТ МАНБАИДИР
Маънавиятни англаш
Биз одатда маънавият ҳақида, унинг ма >но-мазмуни, ҳаётимиздаги ўрни ва аҳамияти ҳа ;дца кўп гапирамиз. Лекин негадир аксарият ҳошфда кўпчилик маънавият ўзи нима, деган саь злга аниқ ва лўнда жавоб беришга қийналади. У[ен бундай ҳолатга ўз шахсий тажрибамда кўп бор гувоҳ бўлганман. Масъул раҳбарлик лавози *ла-рига номзодларни танлашда ўтказиладиган с> фт жараёнида уларнинг профессионал малаь юи, билими, ташкилотчилиги, ҳаётий тажрибаси ин-соний фазилатлари билан бир қаторда маън вий савиясига ҳам алоҳида эътибор қаратаман. В; кўп ҳолларда, маънавият ҳақида бериладиган са юл-ларга ҳар хил, баъзан эса бир-бирига қар ма-қарши, қандайдир ноаниқ, саёз жавобларни ҳам эшитишга тўғри келади.
Албатта, «маънавият» тушунчасининг илмий, фалсафий, адабий ёки оддий тилда ифодалайдиган кўплаб таърифларини келтириш мумкин. Умуман, ўзида жуда чуқур ва кенг қамровли гаъно-мазмунни мужассам этган бу тушунчага ҳар қайси маърифатли инсон ўзининг фалсафий ёндашуви, сиёсий қарашлари ва эътиқоди, онгу тафаккуридан келиб чиққан ҳолда турлича таъ-риф ва тавсифлар бериши табиий. Шунинг учун ҳам бу масала бўйича илмий адабиётларда, кун-далик матбуотда бир-биридан фарқ қиладиган фикр-мулоҳазаларни учратганда бундан таажжуб-ланмасдан, уларни ҳар қайси муаллифнинг ўзига хос дунёқараши, мушоҳада тарзи ифодаси сифа-тида қабул қилиш ўринлидир.
Шу нуқтаи назардан қараганда, кейинги йил-ларда бу мавзуда олимларимиз томонидан тай-ёрланган илмий рисолалар, ўқув қўлланмалари, луғатларда «маънавият» тушунчаси ва унинг асосий тамойилларига ўзига хос таърифлар бе-рилаётганини кузатиш мумкин. Мен бу борадаги фикрларни инкор этмаган ҳолда, «маънавият» ту-шунчасининг мазмуни фақат «маъни», «маъно» деган сўзлар доирасида чегараланиб қолмайди, деб ўйлайман. Нега деганда, инсонни инсон қила-диган, унинг онги ва руҳияти билан чамбарчас боғланган бу тушунча ҳар қайси одам, жамият, миллат ва халқ ҳаётида ҳеч нарса билан ўлчаб бўлмайдиган алоҳида ўрин тутади.
Шу фикрни мантиқий давом эттириб, маънавият — инсонни руҳан покланиш, қалбан улғайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини бақувват, иймон-эътиқодини бутун қиладиган, виждонини уйғотадиган беқиёс куч, унинг барча қарашларининг мезонидир, десак, менимча, тарихимиз ва бугунги ҳаётимизда ҳар томонлама ўз тасдиғини топиб бораётган ҳақиқатни яққол ифода этган бўламиз.
Менинг назаримда, «маънавият» тушунчаси жамият ҳаётидаги ғоявий, мафкуравий, маъри-фий, маданий, диний ва ахлоқий қарашларни ўзида тўла мужассам этади. Шунинг учун ҳам бу мавзуда фикр юритганда, мазкур қарашларнинг барчасини умумлаштириб, кенг маънодаги «маъ-навият» тушунчаси орқали ифода этиш мумкин.
Маънавиятнинг негази ва маъно-мазмунини белгилайдиган асосий хусусиятлар, биринчи гал-да инсоннинг руҳий покланиши ва қалбан улға-йиши ҳақида гапирар эканмиз, бир масалага ало-ҳида эътибор беришимиз лозим.
Албатта, бу дунёда ҳалол ва пок яшашни ўзи учун ҳаётий эътиқод, олий мақсад деб билади-ган одамлар кўпчиликни ташкил қилади. Айнан ана шундай инсонлар ва уларнинг эзгу ишлари туфайли бу ёруғ оламда маънавият ҳамиша бар-қарор бўлиб келади.
Лекин, бундай олижаноб фазилатлардан бу-тунлай узоқ бўлиб яшайдиган, ҳаетнинг маъно-мазмунини ўзича талқин қиладиган шахслар ҳам оз эмас. Минг афсуски, улар ўзини худдики дунёнинг ҳақиқий эгасидек, бекаму кўст, бош-қаларнинг ҳавасини тортадиган умр кечираёт-гандек, бахт қуши бошига қунгандек ҳис қилишга уринади.
Табиийки, бундай ҳолатларни кўриб-кузатиб, ўзи учун эзгу ниятларни юксак мақсад қилиб қўйган инсонлар қалбида қандайдир иккиланиш ва шубҳа пайдо бўлиши мумкин. Одамларни ўйлантириб қўядиган бундай ҳолатлар ҳаётда кўп учрайди. Бунга қандай изоҳ бериш мумкин?
Ҳаммамизга маълумки, муқаддас китоблари-миз ва қадриятларимиз, буюк мутафаккир аж-дохларимиз мероси бизни доимо ҳалол меҳнат билан яшашга, мардлик, саховат ва камтарлик-ка чақиради, лекин, шу билан бирга, ҳаётда бу ка£ и даъватларга амал қилишга интиладиган одам кўпинча турли қийинчиликлар, ҳатто азобу уқ^батларга дуч келишини кузатиш қийин эмас. Тан олиш керакки, юксак маънавий тушунчалар биг:ан яшашга ҳаракат қиладиган одамнинг бу-гун ҳам кўп машаққатларни, оғир синов ва тўсиқ-яар, муаммоларни енгиб ўтишига тўғри келади.
Агарки эътибор берсак, тилимизда ҳалоллик ва -юпоклик ҳақидаги ибратли ҳикматлар билан бирга, «Йўлини топибдими, қандини урсин», «У^умини енг-у, боғини суриштирманг» деган мақоллар ҳам борлигидан кўз юмиб бўлмайди. Дл(>атта, бундай мақол-маталлар бежиз пайдо бўлмаган, улар ҳам маълум бир ҳақиқатнинг ифо-цасЕ-т. Бинобарин, биз қаётнинг маъно-мазмунини шуидай тушуниб, шу асосда яшашга интилади-ган кишилар ҳам борлигини инкор этолмаймиз.
Лекин, менинг назаримда, бундай гаплар эдамнинг бойлртк ва мол-дунёни қандай йўллар эилан топаётганига лоқайд ва бепарво қарайди-ган, манфаатпараст шахслар томонидан тўқиб чиқарилгандек туюлади. Уларнинг фикрича, ин-сон ўз бойлигини пешона тери тўкиб, Оллоҳ бер-ган ақл-идрок ва тафаккурини ишлатиб топяп-тими ёки қинғир-қийшиқ, ҳаром-хариш йўллар билан орттиряптими — бу гўёки ҳеч кимни қизиқ-тирмаслиги керак.
Шу боис биз маънавият ҳақида фикр юритар эканмиз, бу масалани атрофлича ва чуқур таҳ-лил этишимиз, унинг фақат ўзимизга маъқул, ижобий томонлари билан чекланиб қолмасдан, ана шундай мураккаб жиҳатларини ҳам назар-дан четда қолдирмаслигимиз лозим.
Лўнда қилиб айтганда, бу ўринда гап бир-бири-га қарама-қарши бўлган, бир-бирини инкор қила-диган икки хил ҳаётий қараш ҳақида бормоқца.
Биринчиси — ўз нонини ҳалол меҳнат билан топадиган, холис ва эзгу ишлар билан эл-юртга наф етказадиган, тириклик мазмунини теран англаб, нафақат бугунги ҳаёт лаззатлари, балки охират ҳақида, унинг обод бўлиши ҳақида ўйлаб яшайдиган инсонларга хос ҳаётий қарашлар.
Иккинчиси — бунга мутлақо қарама-қарши бўлган ёндашув, яъни, ҳаётнинг маъно-мазмуни ҳақида бош қотирмасдан, бундай саволлар билан ўзини қийнамасдан, фақат нафс қайғуси ва ўткинчи ҳою ҳавасга, ҳузур-ҳаловатга берилиб, енгил-елпи умр кечирадиган, ўзининг ота-она ва фарзанд, эл-юрт олдидаги бурчига умуман бефарқ бўлиб яшайдиган одамларнинг фикр-қарашлари. Мана шундай икки хил дунёқараш асосида па адо бўладиган оғир саволлар одамзот онгли яц ай бошлаган замонлардан буён уни ўйлан-ти )иб, қийнаб келади. Ҳаёт моҳиятини англаб еи шга ўз умри, билим ва салоҳиятини бағиш-ла ан не-не буюк зотлар, мутафаккир файла-суолар, аллома ва азиз-авлиёлар — миллати, тили ва динидан қатъи назар — шу каби му-ра :каб муаммоларга жавоб топиш учун излан-га} , бу мавзуда қанча-қанча асарлар яратган. Ле син бу савол бугунги кунда ҳам ҳануз ўткир ва цолзарб бўлиб қолаётганини инкор этиб бўл-ма 1ди.
Барчамизга маълумки, Оллоҳнинг ўзи инсон зсг ини вужудга келтирар экан, уни турли қиёфа-да, нафақат юз-кўзи, бальси феъл-атворини ҳам би )-бирига ўхшамайдиган қилиб яратган. Ер юзи-да қанча инсон яшайдиган бўлса, бармоғининг изи ҳам, ички дунёси ҳам бир хил бўлган иккита одамни топиш, учратиш қийин. Табиийки, бу ин юнларнинг фикрлаш ва яшаш тарзи ҳам бир-би >идан фарққилади. Таъбир жоиз бўлса, кимдир Раҳмон измида юрса, кимдир Шайтон измида юради.
Шу ҳақиқатнинг ўзи токи бу дунёда ҳаёт бор экс н, турфа хил одамлар ва уларнинг онгу та-фа скуридаги ўзаро тафовут ва зиддиятлар сақла-ни ) қолаверишини кўрсатади. Айнан ана шундай турли дунёқарашлар, бир-бирини инкор этадиган оқ ш ва йўналишлар мавжудлигини табиий бир ҳол деб қабул қилишни ҳаёт воқелигининг ўзи талаб этади.
Шуни таъкидлаш керакки, биз бу ҳақца га-пирганда, аввало онгли яшайдиган, мантиқий фикрлашга қодир бўлган, ўз қарашларининг маъ-но-мазмунини ҳар томонлама асослаб, исботлаб бера оладиган одамларни назарда тутамиз.
Масалага шу нуқтаи назардан ёндашганда, ана шундай бир-бирини инкор этадиган дунёқараш-ларни инобатга оладиган бўлсак, буларнинг ўзи тегишли хулосаларга олиб келиши муқаррар. Яъни, ўз пешона тери билан ҳалол турмуш ке-чирадиган инсон ҳаётидан мамнун ва рози бўлиб, қалби ва юраги осойишта, виждони пок, руҳий олами барқарор бўлиб, элнинг ҳурматини қо-зониб яшайди. Иккинчи томондан, бу дунёда енгил-елпи, ҳар хил нопок йўлларга берилиб, инсоний бурчини унутиб, мол-дунёга интилиб яшаган одам, энг ачинарлиси шуки, ҳаётининг сўнгида армон ва надоматларга ботиб ўз умрини тугатади.
Доно халқимиз, ғараз ва ҳасад билан яшайдиган, ўз шахсий манфаатига ўзгалар ҳисобидан эришишни маъқул кўрадиган, фақат ўзини ўй лайдиган кимсадан ўзи асрасин, дейди. Бағрикенг, ҳалол-пок, виждонли, меҳр-оқибатли, эл-юртнинг ғаму ташвиши билан яшайдиган кишиларни эса, аксинча, бошига кўтаради ва бундай одамлар жамият томонидан қадр-қиммат, ҳурмат-эътибор топади.
Инсон маънавий оламининг юксалиши билан боғлиқ турли ҳолатлар ҳақида кўп гапириш мум-кин. Лекин, мухтасар қилиб айтганда, Оллоҳнинг ў:и бизга буюрган комил инсон бўлиш, ҳалол-лик ва адолат билан ҳаёт кечириш каби олижа-н)б фазилатларнинг маъно-мазмунини нафақат чуқур англаш, балки ана шундай хусусиятларга эга бўлиш, уларга амал қилиб яшаш — одамзот-Н1нг маънавий бойлигини белгилаб берадиган асосий мезон, десак, ҳеч қандай хато бўлмайди. Ўйлайманки, бундай хулосани инсоният ўз онг-ли ҳаёти давомида доимо орзу қилиб, интилиб келган юксак маънавий идеалнинг фалсафий ифодаси, мантиқий натижаси сифатида қабул
Қ11ЛИШ ўрИНЛИДИр.
Маънавиятнинг яна бир муҳим хусусияти одамнинг ички дунёси ва иродасини бақувват, иймон-эътиқодини бутун қилишида ёрқин на-мэёнбўлади.
Узоққа бормасдан, халқимиз ўз бошидан ке-чирган мустамлака даврини бир кўз олдимизга келтирайлик. Қарийб 150 йил давом этган, тари-химизнинг том маънодаги қора кунлари бўлмиш ўша замонда бир пайтлар ўзининг қудратли дав-латчилиги, буюк фарзандлари, юксак илму мада-нияти, обод шаҳар ва қишлоклари билан дунёни Ҳсйратда қолдирган эл-юртимиз қандай оғир ма-шаққатларга дучор бўлганини яхши биламиз.
Лекин ана шундай даҳшатли даврда ҳам ҳар қандай зулм ва истибдодга қарамасдан, халқимиз ўзини, ўзлигини йўқотмади. Тилини ва ди-нини, иймон-эътиқодини сақлаб қолди. Ноҳақ-лик ва зўравонлик ҳукмрон бўлган шундай замон-ларда ҳам юртимиздан миллат ва халқ қайғуси билан яшаган ҳақиқий ватанпарвар инсонлар ети-шиб чикди. Халқимизнинг асрлар синовида яна-да кучайиб, тобланиб борган мустаҳкам ирода-си, иймон-эътиқоди нафақат қадимий маънавия-тимиз, балки миллий ўзлигимизни саклаб қолиш-га асос бўлди.
Агар биз дунё тарихига назар ташлайдиган бўлсак, бошқа халқлар ҳам озодлик ва мустақил-ликни қўлга киритиш, миллий тикланиш, ўз дав-латчилигини, ҳавас қилса арзийдиган фуқаролик жамиятини мустаҳкамлаш жараёнида ана шун-дай фазилатларга таяниб ва суяниб, барча соҳа-ларда - бу иқтисодиёт ёки ижтимоий ҳаёт бўла-дими, маданият, таълим-тарбия ва илм-фан бўла-дими — ўзининг беқиёс ички қобилият ва сало-ҳиятини ишга солиш, уни рўёбга чиқариш ҳисо-бидан тараққиётга эришганини кўрамиз.
Масалан, Япония ёки Жанубий Кореяни олайлик. Бу мамлакатларнинг Иккинчи жаҳон урушидан кейин қандай оғир аҳволга тушиб қолганини ҳаммамиз яхши биламиз. Хўш, улар ниманинг эвазига қисқа давр ичида бу қадар ривожланишга эриша олди? Ахир, бу ўлкаларда мўл-кўл табиий хомашё манбалари, минерал ресурслар деярли йўқ-ку! Албатта, бу борада ўша пайтда дунёда мавжуд бўлган сиёсий омиллар, халқаро вазиятнинг таъсирини инкор этиб бўл-майди. Лекин япон ва корейс халқи асрлар даво-мида шаклланиб, катта бунёдкор кучга айланган ўзига хос миллий маънавияти ҳисобидан ҳам ри-вожлангани бугунги кунда ҳеч кимга сир эмас. Шунинг учун «япон мўъжизаси» ёки «корейс мўъжизаси» ҳақида гап кетганда, таниқли эксперт ва мутахассислар ҳам биринчи галда «япон ха-рактери», «корейс табиати» деган ибораларни тилга олади. Табиийки, улар бу ўринда аввало мазкур халқларга мансуб маънавий фазилатлар-ни назарда тутади. Яъни, бу халқларнинг ички дунёси ва иродаси маънавият негизида янада тоб-ланган, камолга етган.
Бундай хулосанинг тасдиғини нафақат маз-кур икки давлат, балки бошқа мамлакат ва халқ-лар мисолида ҳам кўриш қийин эмас.
Виждон поклиги ва бедорлиги асрлар, замонлар оша инсон маънавиятининг таянч устунларидан бири бўлиб келмоқда. Жамият ҳаётида адолат ва ҳақиқат, меҳр-шафқат, инсофу диёнат каби тушунчаларни қарор топтиришда айнан мана шу омилнинг ўрни ва таъсири беқиёсдир. Виждони уйғоқ одам ён-атрофида бўлаётган воқеаларга, ёрдам ва кўмакка муҳтож инсонларнинг муаммоларига, адолатнинг топталишига бефарқ қарай олмайди. Айниқса, эл-юрт манфаатига зарар етказадиган ёвуз хатти-ҳаракатларга ҳеч қачон четдан жим қараб туролмайди, ўз юрти ва халқига нисбатан хиёнат ва сотқинликни асло қабул қилолмайди. Бундай ҳолатларни кўрганда виждони қийналади, доимо ёниб-куйиб яшайди, қандай қилиб бўлмасин, уларни бартараф этишга интилади, керак бўлса, бу йўлда ҳатто жонини ҳам фидо қилади.
Чиндан ҳам, агар одамзот бу дунёда руҳан пок бўлиб, иродаси бақувват, иймони бутун, виж-дони уйғоқ бўлиб яшамас экан, инсон ҳаётининг қандай маъноси қолади?
Мана шу савол ҳар бир соғлом фикрлайдиган одамни ҳамиша ўйлантириши, сергакликка чор-лаб туриши зарур.
Бундай эзгу мақсадларга эса, фақат юксак маънавият, узлуксиз маънавий тарбия орқали-гина эришиш мумкин.
Маънавият инсоннинг қон-қони, суяк-суягига йиллар давомида она сути, оила тарбияси, аждод-лар ўгити, Ватан туйғуси, бу ҳаётнинг баъзида аччиқ, баъзида қувончли сабоқпари билан қатра-қатра бўлиб сингиб боради. Айниқса, табиатта, одамларга яқинлик, доимо яхшиликни ўйлаб яшаш, ҳалол меҳнат қилиш, дунёнинг тенгсиз неъмат ва гўзалликларидан баҳраманд бўлиш маъ-навиятга озиқ беради, уни янада кучайтиради.
Жаҳон халқлари тажрибаси, уларнинг босиб ўтган мураккаб ривожланиш йўллари, бу борадаги сабоқ ва хулосалар шундан далолат берадики, қаерда давлат ва жамият тараққий топса, халқнинг тинч-осойишта ҳаёт кечириши, ўз олдига эзгу ва буюк мақсадлар қўйиб яшаши учун етарли шарт-шароитлар яратилган бўлса, ўша ерда эркин фикрлаш муҳити ва шу асосда маъ-на зий юксалиш учун янги имкониятлар туғилади.
Умуман олганда, инсоният тарихи маънави-ят— инсоннинг, халқнинг, жамият ва давлат-нинг буюк бойлиги ва куч-қудрат манбаи эканини, бу ҳаётда маънавиятсиз ҳеч қачон одамийлик ва меф-оқибат, бахт ва саодат бўлмаслигини яққол тасдиклайди.
Ўйлайманки, ер юзида қанча инсон, қанча тавдир бўлса, ҳар бирининг ўз маънавий олами бор. Маънавиятни тушуниш, англаш учун аввало инсонни тушуниш, англаш керак. Шунинг учун ҳам ўзлигини, инсоний қадр-қимматини англаб етган ҳар қандай одам бу ҳақда ўйламасдан яша-шини тасаввур қилиш қийин.
Маънавиятни шакллантирадиган асосий мезонлар
Биз миллий маънавиятни ҳар томонлама юк-салтириш масаласини ўз олдимизга асосий ва-зшра қилиб қўяр эканмиз, бугунги кунда маъ-навиятимизни шакллантирадиган ва унга таъсир ўтказадиган барча омил ва мезонларни чуқур тахлил қилиб, уларнинг бу борада қандай ўрин тутишини яхши англаб олишимиз мақсадга му-вофиқ бўлади.
Албатта, ҳар қайси халқ ёки миллатнинг маънавиятини унинг тарихи, ўзига хос урф-одат ва анъаналари, ҳаётий қадриятларидан айри ҳолда тасаввур этиб бўлмайди. Бу борада, табиийки, маънавий мерос, маданий бойликлар, кўҳна та-рихий ёдгорликлар энг муҳим омиллардан бири бўлиб хизмат қилади.
Бизнинг қадимий ва гўзал диёримиз нафақат Шарқ, балки жаҳон цивилизацияси бешиклари-дан бири бўлганини халқаро жамоатчилик тан олмоқда ва эътироф этмоқда. Бу табаррук замин-дан не-не буюк зотлар, олиму уламолар, сиёсатчи ва саркардалар етишиб чиққани, умумбашарий цивилизация ва маданиятнинг узвий қисмига айланиб кетган дунёвий ва диний илмларнинг, айниқса, ислом дини билан боғлиқ билимлар-нинг тарихан энг юқори босқичга кўтарилишида она юртимизда туғилиб камолга етган улуғ алло-маларнинг хизматлари беқиёс экани бизга улкан ғурур ва ифтихор бағишлайди.
Бу кўҳна тупроқда милодгача бўлган даврда ва ундан кейин қурилган мураккаб сув иншоотла-ри, ҳали-ҳануз ўзининг кўрку тароватини саклаб келаётган осори атиқаларимиз қадим-қадимдан ўлкамизда деҳқончилик ва ҳунармандчилик мада-нияти, меъморлик ва шаҳарсозлик санъати юк-сак даражада ривожланганидан далолат беради. Мамлакатимиз ҳудудида мавжуд бўлган тўрт минг-дан зиёд моддий-маънавий обида умумжаҳон ме-росининг ноёб намунаси сифатида ЮНЕСКО рўйхатига киритилгани ҳам бу фикрни тасдиқлайди.
Аждодларимиз тафаккури ва даҳоси билан яратилган энг қадимги тошёзув ва битиклар, халқ оғзаки ижоди намуналаридан тортиб, бугунги к>нда кутубхоналаримиз хазинасида сақланаётган минг-минглаб қўлёзмалар, уларда мужассам-лешган тарих, адабиёт, санъат, сиёсат, ахлоқ, фалсафа, тиббиёт, математика, минералогия, к*мё, астрономия, меъморлик, деҳқончилик ва бсшқа соҳаларга оид қимматбаҳо асарлар биз-ш нг буюк маънавий бойлигимиздир. Бунчалик ка гта меросга эга бўлган халқ дунёда камдан-кам топилади.
Ота-боболаримизнинг асрлар давомида тўплаган ҳаётий тажрибаси, диний, ахлоқий, илмий, адабий қарашларини ифода этадиган бу каби тарихий ёдгорликлар орасида бундан қарийб уч минг йил муқаддам Хоразм воҳаси ҳудудида яратилтан, «Авесто» деб аталган бебаҳо маънавий обида алохида ўрин тутади. Авваламбор, шуни ай-тиш жоизки, олис ота-боболаримизнинг акл-за-ковати, қалб қўри маҳсули бўлмиш бу ноёб ёдгор-лиснинг замон тўфонларидан, қанчадан-қанча оғф синовлардан ўтиб, бизнинг давримизгача ет 1б келганининг ўзида катта маъно мужассам. Б>ндай ўлмас осори атиқалар бу кўҳна ўлкада, буун биз яшаб турган тупроқда қадимдан буюк Мс цаният мавжуд бўлганидан гувоҳлик беради.
Ана шундай тарихий ёдгорлик намуналари билан яқиндан танишар эканмиз, уларда ифода этилган теран фикр ва ғоялар, ҳаёт фалсафаси бизни бугун ҳам ҳайратда қолдиришига яна бир карра амин бўламиз. Мисол учун, «Авесто»нинг туб маъно-моҳия-тини белгилаб берадиган «Эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал» деган тамойилни оладиган бўлсак, унца ҳозирги замон учун ҳам беҳад ибратли бўлтн сабоклар борлигини кўриш мумкин. Ана шунддй фикрлар, яъни, эзгу ният, сўз ва иш бирлигиии жамият ҳаётининг устувор ғояси сифатида тал-қин этиш бизнинг бугунги маънавий идеаллар н-миз билан нақадар узвий боғлиқ, нечоғлиқ мус-таҳкам ҳаётий асосга эга экани айниқса эътя-борлидир.
«Авесто»да борлиқнинг яхлитлиги ва бир бу-тунлиги, инсон ҳаётининг табиат билан уйғунл и-ги масаласи одамнинг руҳий оламига чамбарчас боғлиқҳолда кўрсатилгани кўп нарсани англатади. Бу ҳолат инсоннинг маънавий дунёсини шакл-лантиришда атроф-муҳит қадим замонлардан буён қандай кучли таъсир ўтказиб келганига я та бир бор эътиборимизни жалб қилади.
Маълумки, бу дунёда ҳар қайси миллатнинг ўз афсонавий қаҳрамонлари, ўзи севиб ардоқ-лайдиган паҳлавонлари бўлади. Халқимиз азал-дан ўз вужуди, ўз томирида мавжуд илоҳий қуд-ратга муносиб бўлмоққа интилиб, ўз ўғлонларини мардлик ва ҳалоллик, жасурлик руҳида, эл-юрт учун жонини ҳам аямайдиган асл пах^авонлар этиб тарбиялаб келган.
Шу маънода, халқ оғзаки ижодининг ноёб дурдонаси бўлмиш «Алпомиш» достони миллатимизнинг ўзлигини намоён этадиган, авлодлардан авлодларга ўтиб келаётган қаҳрамонлик қўши-ғидир. Агарки халқимизнинг қадимий ва шонли тарихи туганмас бир достон бўлса, «Алпомиш» ана шу достоннинг шоҳ байти, десак, тўғри бўла-ди. Бу мумтоз асарда тарих тўфонларидан, ҳаёт-мамот синовларидан омон чиқиб, ўзлигини доимо саклаган эл-юртимизнинг бағрикенглик, мато-нат, олижаноблик, вафо ва садоқат каби эзгу фазилатлари ўз ифодасини топган.
Шу боис «Алпомиш» достони бизга ватанпар-варлик фазилатларидан сабоқ беради. Одил ва ҳақгўй бўлишга, ўз юртимизни, оиламиз қўрғо-нини қўриқлашга, дўсту ёримизни, ор-номуси-мизни, ота-боболаримизнинг муқаддас мозорла-рини ҳар қандай тажовуздан химоя қилишга ўрга-тади.
Бир пайтлар, аниқроғи, ўтган асрнинг 50-йил-ларида, миллий меросимизнинг кўпгина наму-налари каби, «Алпомиш» достони ҳам миллат-чилик руҳидаги асар сифатида қораланиб, қата-ғонга учраган эди. Ўша оғир йилларда фидойи зиёлиларимиз жасорат кўрсатиб, уни сақлаб қо-лишга муваффақ бўлганликларини бугун мин-натдорлик билан эслаймиз.
Бу ўлмас асарни халқимиз асрлар давомида яратган, ўз иймон-эътиқодидек асраб-авайлаган, қанча авлод-аждодларимиз «Алпомиш» достони асосида тарбия топган, ўзлигини англаган, маъ-навий бойликка эга бўлган. Демак, халқимиз бор экан, Алпомиш сиймоси ҳам барҳаёт.Чунки «Алпомиш» достони ижодий тафакку-римиз, маънавий бойлигимизнинг ёрқин наму-наси бўлиб, тарихий илдизларимизнинг қанча-лик чуқур экани, халқимиз қандай табиий-иж-тимоий муҳитда шаклланиб, ривожланганини, аждодларимизнинг олис даврларда ҳам жамоа бўлиб, бир-бирига елкадош бўлиб, ўз бошига тушган қийинчиликларни биргаликда енгиб яша-ганини ёрқин бўёкларда тасвирлаб беради.
Шу ўринда асардаги кичик бир мисолга муро-жаат қилайлик. Ота-боболаримизнинг қадимий та-саввурига кўра, ўқ-ёй — ҳокимият нишони ҳи-собланган. Алпомиш етти ёшида ўн тўрт ботмои биричдан — бронзадан ясалган ёйдан ўқ отиб. «алп» деган унвонга эга бўлади. Алп дегани — ҳоки-мият эгаси эканини инобатга олсак, бу досток кўп асрлик миллий давлатчилигимизнинг бадиий ифодаси эканига ҳам ишонч ҳосил қиламиз.
Бир сўз билан айтганда, халқимизнинг енгил-мас баҳодири — Алпомиш тимсолида биз Вата-нимизни ёмон кўзлардан, бало-қазолардан ас-рашга қодир, керак бўлса, бу йўлда жонини ҳам фидо қилишга тайёр бўлган азамат ўғлонлари-миз — бугунги алпомишларнинг маънавий қиёфа-сини кўрамиз.
Ишонаманки, ҳар бир авлод мана шу қаҳрамонлик достонини асраб-авайлаб келгуси авлодларга етказади. Бу қаҳрамонлик эпосини куйлаб уни қалбига, шуурига жо қилган миллатни ҳеч қандай куч енга олмайди. Миллий маънавиятимиз азалдан қандай омил ъг мезонлар негизида шаюшаниб келаётгани хал-қимиз учун энг азиз ва энг миллий байрам — шарқона янги йил бўлмиш Наврўз айёми мисо-лида айниқса ёрқин намоён бўлади.
Барчамиз доимо орзиқиб кутадиган ва катта хурсандчилик, шодиёна билан ўтказадиган Нав-рўз байрами биз учун ҳаёт абадийлиги, табиат-нмнг устувор қудрати ва чексиз саховатининг, кўп минг йиллик миллий қиёфамиз, олижаноб урф-одатларимизнинг бетакрор ифодаси бўлиб келмоқда.
Мухтасар қилиб айтганда, янгиланиш ва эз-гулик тимсоли бўлган Наврўз фалсафаси халқи-мйзга мансуб одамийлик, меҳр-оқибат, мурув-ват ва ҳиммат каби юксак хусусиятлардан озиқ-ланиб келгани, аждодларимиз асрлар давомида қандай буюк умуминсоний ғоялардан баҳраманд бўлиб, маънавий камол топганининг яна бир тас-диғидир, десак, ҳеч қандай хато бўлмайди.
Кўҳна тарихимизни шу маънода кўз ўнгимиз-дан ўтказиб, таҳлил қиладиган бўлсак, муҳим ва и(5ратли бир фикрни такроран айтишга тўғри ке-лади. Яъни, ота-боболаримиз руҳий оламининг томир-илдизлари айнан юқорида зикр этилган маънавий заминда, тарихда ҳам, бугун ҳам бар-чанинг ҳавасини тортиб келаётган олижаноб фазилатлар асосида шаклланган.
Шу ўринда маънавиятнинг юксалиши билан чамбарчас боғлиқ бўлган яна бир мезон муқаддас динимиз ҳақида алоҳида тўхталиб ўтиш-ни зарур, деб биламан.
Барчамизга яхши маълумки, дин азалдан инсон маънавиятининг таркибий қисми сифа-тида одамзотнинг юксак идеаллари, ҳақ ва ҳа-қиқат, инсоф ва адолат тўғрисидаги орзу-армон-ларини ўзида мужассам этган, уларни барқарор қоидалар шаклида мустаҳкамлаб келаётган ғоя ва қарашларнинг яхлит бир тизимидир.
Айниқса, кўп асрлар мобайнида халқимиз қал-бидан чуқур жой олиб, ҳаёт маъносини англаш, миллий маданиятимиз ва турмуш тарзимизни, қадриятларимиз, урф-одат ва анъаналаримизни безавол сақлашда муқаддас динимиз қудратли омил бўлиб келаётганини алоҳида таъкидлаш жоиз. Нега деганда, инсонийлик, меҳр-оқибат, ҳалоллик, охиратни ўйлаб яшаш, яхшилик, меҳр-шафқат сингари халқимизга мансуб бўлган фа-зилатлар айнан ана шу заминда илдиз отади ва ривожланади.
Бугунги қунда ислом динига нисбатан бутун дунёда қизиқиш ва интилиш кучайиб, унинг хайрихоҳ ва тарафдорлари кўпайиб бораётгани ҳеч кимга сир эмас. Бунинг асосий сабаби муқаддас динимизнинг ҳаққонийлиги ва поклиги, инсонпарварлиги ва бағрикенглиги, одамзотни доимо эзгуликка чорлаши, ҳаёт синовларида ўзини оқлаган қадрият ва анъаналарни аждодлардан авлодларга етказишдаги беқиёс ўрни ва аҳамияти билан боғлиқ. Ва халқимизнинг маънавиятини шакллантиришга, ҳар қайси инсоннинг Оллоҳ марҳамат қилган бу ҳаётда тўғри йўл танлаши, умрнинг мазмунини англаши, авваламбор, руҳий покланиш, яхшилик ва эзгуликка интилиб яшашида унинг таъсирини бошқа ҳеч қандай куч билан қиёслаб бўлмайди, деб ўйлайман.
Шу нуқтаи назардан қараганда, муқаддас ислом динимизни пок саклаш, уни турли хил ғаразли хуруж ва ҳамлалардан, туҳмат ва бўҳтонлардан ҳимоя қилиш, унинг асл моҳиятини униб-ўсиб келаётган ёш авлодимизга тўғри тушунтириш, ислом маданиятининг эзгу ғояларини кенг тарғиб этиш вазифаси ҳамон долзарб бўлиб қолмоқда.
Таассуфки, баъзан ислом дини ва диний ақидапарастлик тушунчаларини бир-биридан фарқиай олмаслик ёки ғаразли мақсадда уларни тенг қўйиш каби ҳолатлар ҳам кўзга ташланмоқ-да. Шу билан бирга, ислом динини ниқоб қилиб, манфур ишларни амалга ошираётган мутаассиб кучлар ҳали онги шаклланиб улгурмаган, таж-рибасиз, ғўр ёшларни ўз тузоғига илинтириб, бош-кўзини айлантириб, улардан ўзининг нопок мақсадлари йўлида фойдаланмоқца. Бундай но-жўя ҳаракатлар аввало муқаддас динимизнинг шаънига доғ бўлишини, охир-оқибатда эса маъ-навий ҳаётимизга салбий таъсир кўрсатишини барчамиз чуқур англаб олишимиз ва шундан ху-лоса чиқаришимиз зарур.
Маълумки, халқимиз азалдан ислом дини ва маданияти ривожига беқиёс ҳисса қўшиб келади. Бу ҳақиқатни жаҳон жамоатчилиги, бутун мусул-мон дунёси яхши билади ва тан олади. Нуфузли халқаро ташкилот бўлмиш Ислом конференция-си ташкилотининг Таълим, фан ва маданият ма-салалари бўйича тузилмаси — АЙСЕСКО томо-нидан Тошкент шаҳрининг 2007 йилда Ислом ма-данияти пойтахти деб эълон қилингани ҳам ана шундай юксак эътирофнинг яна бир тасдиғидир.
Буюк мутафаккир ва алломаларимизнинг ис-лом маданиятини равнақ топтиришга қўшган бе-такрор ҳиссаси тўғрисида сўз юритганда, энг ав-вало, ҳақли равишда мусулмон оламида «муҳад-дислар султони» дея улкан шуҳрат қозонган Имом Бухорий бобомизнинг муборак номларини ҳур-мат-эҳтиром билан тилга оламиз. Бу мўътабар зот меросининг гултожи бўлмиш энг ишончли ҳадис-лар тўплами - «Ал-жомеъ ас-саҳиҳ» китоби ис-лом динида Қуръони каримдан кейинги иккин-чи муқаддас манба бўлиб, аҳли ислом эътиқоди-га кўра, у башарият томонидан битилган китоб-ларнинг энг улуғи ҳисобланади. Мана, ўн икки асрдирки, бу китоб миллионлаб инсонлар қал-бини иймон нури билан мунаввар этиб, ҳақ ва диёнат йўлига чорлаб келмоқда.
Яна бир улуғ ватандошимиз — Абу Исо Муҳаммад ибн Исо Термизийнинг маънавий мероси, жумладан, «Сунани Термизий» асари ҳам мусулмон оламида ана шундай юксак қадрланади. Алломанинг асрлар давомида олиму фузалоларга дастур бўлиб келган инсоф ва адолат, инсонпарварликни тарғиб этувчи ғоялари ҳозирги мураккаб давримизнинг кўплаб ахлоқий-маънавий масалаларини ҳал этишда ҳам муҳим аҳамият касб ^тиши билан эътиборга моликдир.
Манбаларнинг гувоҳлик беришича, Имом Бухорий вафот этган йили, яъни милодий 870 ғили тарихимиздаги яна бир мумтоз сиймо — Имом Мотуридий таваллуд топган экан. Бу воқеа замирида шахсан менга илоҳий бир боғлиқлик, Оллоҳнинг буюк марҳамати бордек, бамисоли Имом Бухорийнинг нурли қаламини Имом Мо-туридий олиб, ул зотнинг хайрли ишларини да-еом эттиришга бел боғлагандек туюлади. Имом Мотуридий бобомизнинг ўрта асрлардаги ғоят хатарли ва тахликали бир вазиятда ўз ҳаётини хавф остига қўйиб, авлодларга ибрат бўладиган ^аънавий жасорат намунасини кўрсатиб, ислом с ламида «Мусулмонларнинг эътиқодини тузатув-чи» деган юксак шарафга сазовор бўлгани бу нодир шахснинг улкан ақл-заковати ва матона-тидан далолат беради.
Ул зот асос солган мотуридия мактаби Шарқ шмлакатларида бундай катта шуҳрат топишининг сабаби шундаки, унда илгари сурилган ғоялар у слом динимизнинг асосини тўғрилик, эзгулик ва инсонийлиқцан иборат деб биладиган жамики мўмин-мусулмонларнинг қараш ва интилишла-ри билан ҳамоҳанг эди.
Ўзининг беқиёс салоҳияти билан буюк илмий IV актаб яратиб, гўзал Фарғона диёрини жаҳонга тараннум этган ислом ҳуқуқшунослигининг яна бир улкан намояндаси Бурҳонидцин Марғино-нийнинг табаррук номини бутун мусулмон дунёси юз йиллар давомида эъзозлаб келади. Бу мўъта-бар алломанинг Шарқ оламида «Бурҳониддин ва милла», яъни «Дин ва миллатнинг ҳужжати» де-ган юксак унвонга сазовор бўлгани ҳам буни яққол исботлайди.
Марғинонийнинг ўлмас мероси, хусусан, эл-лик етти китобдан иборат «Ҳидоя» — «Тўғри йўл» деб аталган асари, мана, саккиз асрдирки, му-сулмон мамлакатларида энг нуфузли ва мукам-мал ҳуқуқий манба сифатида эътироф этиб ке-линаётгани албатта бежиз эмас.
Бутун дунёга маълум ва машҳур бўлган буюк аллома ва азиз-авлиёларимиз орасида Абдулхо-лиқ Ғиждувоний ва Баҳоуддин Нақшбанднинг муборак сиймоси алоҳида ажралиб туради. Ота-боболаримиз улуғ авлие Баҳоуддин Нақшбандга чин дилдан ихлос қўйиб, уни «Баҳоуддини Ба-логардон» деб таърифлаб келишида теран маъно бор. Унинг «Дилинг Оллохда, қўлинг меҳнатда бўлсин» деган ҳаётбахш ҳикмати динимизнинг олижаноб маъно-моҳиятини ёрқин ифодалаб, худдики шу бутун айтилгандек жаранглайди.
Бу мураккаб дунёнинг азалий ва абадий му-аммолари, шу билан бирга, ҳар бир даврнинг долзарб масалаларига ҳар томонлама асосли ил-мий жавоблар топилган тақдирдагина маънави-ят олами янги маъно-мазмун билан бойиб боради. Бошқача айтганда, ҳар бир илмий янгилик, яратилган кашфиёт — бу янгича фикр ва дунёқа-рашга туртки беради, маънавиятнинг шакллани-шига ўзига хос таъсир ўтказади.
Шу нуқтаи назардан қараганда, заминимизда яшаб ўтган буюк алломаларимиз, мутафаккир бо-боларимизнинг ибратли ҳаёти ва фаолияти, бе-мисл илмий-ижодий кашфиётлари бугун ҳам жа-ҳон аҳлини ҳайратга солаётганини ғурур билан таъкидлаш лозим.
Масалан, Муҳаммад Мусо Хоразмийнинг ўн-лик саноқ системасини, алгоритм ва алгебра ту-шунчаларини дунёда биринчи бўлиб илм-фан со-ҳасига жорий этгани ва шу асосда аниқ фанлар ривожи учун ўз вақтида мустаҳкам асос яратгани умуминсоний тараққиёт ривожида қандай катта аҳамиятга эга бўлганини барчамиз яхши биламиз. Бугунги кунда одамзотнинг илм-фан ва замонавий технологиялар борасида эришаётган улкан ютуқла-рини кўз олдимизга келтирар эканмиз, беихтиёр ана шу буюк бобомиз мисолида бундай юксак марраларга эришишда ўзбек халқининг ҳам муносиб ҳиссаси борлигидан қалбимиз ифтихорга тўлади.
Яна бир улуғ аждодимиз — Аҳмад Фарғоний инсоният тарихидаги илк Уйғониш даврининг энг забардаст ва кучли намояндаси, ўз замонасининг фундаментал фан асосчиларидан бири сифатида башарият дунёқараши ва маънавиятининг ривожланишига беқиёс таъсир кўрсатди. Унинг бебаҳо мероси ўз даври олимлари учун дастуриламал бўлиб хизмат қилгани тарихий манбалар орқали яхши маълум. Алломанинг «Астрономия асосла-ри ҳақида китоб» номли асари ўн иккинчи аср-даёқ лотин ва иврит тилларига таржима этилга-ни ҳам бу фикрнинг далилидир.
Европада Аль-Фраганус номи билан машҳур бўлган бу алломанинг илм-фан ривожидаги ну-фузи шу қадар юксак эдики, унинг исми шарифи ер куррасидагина эмас, балки самода ҳам шуҳрат топди. Ўн олтинчи асрда Ойдаги кратерлардан би-рига унинг номи берилгани бу фикрни исбот-лайди. Атоқли астроном Ян Гевелий томонидан 1647 йили нашр қилинган «Селенография» ки-тобида Ойдаги кратерлардан иккитаси икки буюк ватандошимиз — Аҳмад Фарғоний ва Мирзо Улуғбек номи билан аталади.
Миллий тарихимизнинг яна бир ёрқин юлдузи Абу Райҳон Беруний фаолиятига ҳаққоний баҳо берар экан, америкалик фан тарихчиси Сартон XI асрни «Беруний асри» деб таърифлайди. Бундай юксак ва ҳакли баҳо аввало қомусий тафаккур соҳиби бўлмиш буюк ватандошимизнинг илм-фан тараққиётига қўшган беқиёс ҳиссаси билан изохланади. Шу ўринда таъкидлаш жоизки, Беруний илмий масалаларда ҳам, тарихий воқеа ҳодисаларга, ўз замондошларига баҳо беришда ҳам ўта холислик ва ҳаққонийлик билан фикр юритган. Шу боис ҳам у ҳаётда кўп азиятлар чеккан, ҳатто умрининг охирида турмуш қийинчиликларига дучор бўлган, аммо ҳар қандай оғир шароитга қарамасдан, эътиқодидан қайтмагани унинг ўз маънавий идеалларига нақадар содиқ бўлганидан далолат беради.
Ана шундай ноёб фазилатлар соҳиби бўлмиш машҳур аллома Ибн Синонинг «Тиб қонунла-ри» асари неча асрлар давомида Европанинг энг нуфузли олий ўқув юртларида асосий тиббиёт дарсликларидан бири сифатида ўқитиб келин-гани, дунё миқёсида «Медицина», «Соғлом тур-муш тарзи» деган тушунчаларнинг фундамен-тал асоси бўлиб хизмат қилгани, албатта, чуқур ҳаётий ва илмий заминга эга. Аниқроқ қилиб айт-ганда, бу беназир алломанинг бутун илмий фао-лияти дунё тараққиётини инсонпарварлик ру-ҳида, яъни, маънавий негизда ривожлантириш-га улкан таъсир ўтказди, деб айтишга барча асос-лар бор.
Ёки ўрта асрларда Хоразм диёридан олис Ара-бистонга бориб, араб тили грамматикасини му-каммал тарзда ишлаб чиққан, илм-фаннинг кўплаб бошқа соҳаларида ҳам шуҳрат қозонган Маҳмуд Замаҳшарий бобомизни эсга олайлик. Узининг жисмоний ногиронлигига қарамай, дунёнинг кўплаб мамлакатларига машаққатли са-фарлар қилган, теран билими ва илмий салоҳи-яти билан бутун ислом оламини лол қолдирган бу зот, ҳеч шубҳасиз, халқимиз учун маънавий етуютик тимсоли бўлиб қолаверади.
Агарки мана шу муқаддас заминимизда таваллуд топиб, вояга етган, ўз ҳаёти ва фаолияти билан нафақат тарихда, айни вақтда башарият-нинг бугунги тараққиёт сақифаларида ҳам ўчмас из қолдирган буюк мутафаккир ва алломалари-миз, азиз-авлиёларимизни таърифлашда давом этадиган бўлсак, ўйлайманки, бу борада узоқ га-пириш мумкин.
Бизнинг ўз олдимизга қўйган мақсадимиз эса, бундай улуғ зотларнинг ҳаёт йўли ва қолдирган меросини тўлиқ тасвирлаш эмас, балки уларнинг энг буюк намояндалари тимсолида маърифат, илму фан, маданият, дин каби соҳаларнинг бар-часини ўзида уйғунлаштирган халқимизнинг маъ-навий олами нақадар бой ва ранг-баранг экани-ни исботлаб беришдан иборатдир. Бундай ноёб ва бебаҳо бойликни ҳар томонлама чуқур ўрга-ниш, унинг маъно-мазмунини фарзандларимизга етказиш масаласи барчамиз, биринчи галда, зиё-лиларимиз, бутун жамоатчилигимиз учун ҳам қарз, ҳам фарз бўлиши шарт, деб ҳисоблайман. Нега деганда, ўзимиз — бугун шу юртда яшаёт-ган ватанпарвар инсонлар бу вазифани ўз зим-мамизга олмасак, четдан келиб ҳеч ким ҳеч қачон бу ишни қилиб бермайди.
Шу ўринда буюк боболаримизнинг маънавий олами хусусида фикр юритганда, Соҳибқирон Амир Темур ҳақида алоҳида тўхталишимиз табиийдир. Чунки тенгсиз азму шижоат, мардлик ва донишмандлик рамзи бўлган бу мумтоз сиймо буюк салтанат барпо этиб, давлатчилик борасида ўзидан ҳам амалий, ҳам назарий мерос қолдирди, илму фан, маданият, бунёдкорлик, дин *а маънавият ривожига кенг йўл очди.
Шахсан мен «Темур тузуклари»ни ҳар гал уқир эканман, худдики ўзимга қандайдир ру-ҳий куч-қувват топгандек бўламан. Ўз иш фао-лиятимда бу китобга такрор-такрор мурожаат <;илиб, ундаги ҳеч қачон эскирмайдиган, ин-1юн маънавияти учун бугун ҳам озиқ бўладиган ҳикматли фикрларнинг қанчалик ҳаётий эканига хўп бор ишонч ҳосил қилганман. Масалан, «Таж-рибамда кўрилганким, азми қатъий, тадбиркор, ҳушёр, мард ва шижоатли бир киши мингта -адбирсиз, лоқайд кишидан яхшироқдир», де-ган сўзлар бугунги кунда ҳам маънавий жиҳат-дан нақадар долзарб аҳамиятга эга экани барча-мизга аён.
Амир Темур бобомизнинг бундай чуқур маъ-ноли ҳикматлари халқимизда қадимдан мавжуд бўлган «Билаги зўр бирни, билими зўр мингни йиқар» деган мақолга ғоят ҳамоҳанг бўлиб, ин-сонни доимо ақл-идрок, адолат ва юксак маъна-ният асосида яшашга даъват этиши билан эъти-борлидир.
Буюк Амир Темурнинг набираси, беназир сллома Мирзо Улуғбекнинг ўрта асрлар шароитида намоён этган илмий жасорати бугунги кун олимларини ҳам ҳайратга солмасдан қўймайди. акдир бу улуғ зотнинг зиммасига беҳад улкан ва машаққатли вазифалар юклади. Буюк саркарда Амир Темур бунёд этган салтанатнинг вориси бўлишдек ўта масъулиятли вазифа айнан унга на-сиб этди. Мирзо Улуғбек қарийб қирқ йил мо-байнида Мовароуннаҳр диёрининг донишманд ҳукмдори сифатида халқнинг азалий орзуси — тинчлик, тотувлик, илм-фан ва маданиятни та-раққий топтириш йўлида улкан шижоат ва ма-тонат кўрсатди.
Бу беназир аллома ўзида минглаб юлдузлар-нинг ҳаракатини жамлаган мукаммал астроно-мик жадвални яратди. Ушбу жадвалда зикр этил-ган илмий маълумотларнинг нақадар аниқ ва тўғри эканини бугунги энг замонавий асбоблар ҳам тасдиқлайди. Улуғбекнинг ҳаёти ва илмий фаолияти халқимиз маънавиятининг пойдеворига қўйилган тамал тошларидан бири бўлиб, юрти-мизда бундан неча замонлар олдин фундаментал фанларни ривожлантиришга қанчалик катта аҳамият берилганини кўрсатади. «Зижи жадиди Кўрагоний» деб номланган Улуғбек астрономик жадвали ўрта асрларда лотин тилига таржима қилиниб, Европа олимлари орасида кенг тар-қалгани фикримизнинг яққол исботидир.
Бу ҳақда сўз юритар эканмиз, беихтиёр 1996 йили Парижда ЮНЕСКОнинг ўша пайтдаги Бош котиби Федерико Майор жаноблари билан бўлган бир суҳбат ёдимга тушади. Ўшанда жаноб Майор Улуғбекнинг илмий меросини юксак баҳолаб, унинг юлдузлар ҳаракатига оид ҳисоб-китоблари бугунги кунда компьютер ёрдамида текшириб кўрилғанда атиги бир неча дақиқага фарқ қилиши аниқланди, деган гапни айтиб қолди. Шунда мен унга жавобан, йўқ, жаноб Федерико Ма-йор, Улуғбек хато қилган бўлиши мумкин эмас, балки компьютерлар хато қилган бўлиши мум-кин, деган эдим. Гарчи бу гап дўстона лутф та-риқасида айтилган бўлса-да, ўйлайманки, унинг замирида чуқур ҳақиқат мужассам.
Ўзбек халқи маънавий дунёсининг шаклла-нишига ғоят кучли ва самарали таъсир кўрсат-ган улуғ зотлардан яна бири — бу Алишер Навоий бобомиздир. Биз унинг мўътабар номи, ижо-дий меросининг боқийлиги, бадиий даҳоси за-мон ва макон чегараларини билмаслиги ҳақида доимо фахрланиб сўз юритамиз.
Алишер Навоий халқимизнинг онги ва тафак-кури, бадиий маданияти тарихида бутун бир давр-ни ташкил этадиган буюк шахс, миллий адабиё-тимизнинг тенгсиз намояндаси, миллатимизнинг ғурури, шаъну шарафини дунёга тараннум қилган ўлмас сўз санъаткоридир. Таъбир жоиз бўлса, олам-да туркий ва форсий тилда сўзловчи бирон-бир инсон йўқки, у Навоийни билмаса, Навоийни сев-маса, Навоийга садоқат ва эътиқод билан қарамаса.
Агар бу улуғ зотни авлиё десак, у авлиёларнинг авлиёси, мутафаккир десак, мутафаккирларнинг му-тафаккири, шоир десак, шоирларнинг султонидир.
Инсон қалбининг қувончу қайғусини, эзгулик ва ҳаёт мазмунини Навоийдек теран ифода этган шоир жаҳон адабиёти тарихида камдан-кам топилади. Она тилига муҳаббат, унинг беқиёс бойлиги ва буюклигини англаш туйғуси ҳам биз-нинг онгу шууримиз, юрагимизга аввало Навоий асарлари билан кириб келади. Биз бу бе-баҳо меросдан халқимизни, айниқса, ёшлари-мизни қанчалик кўп баҳраманд этсак, миллий маънавиятимизни юксалтиришда, жамиятимизда эзгу инсоний фазилатларни камол топтириш-да шунчалик қудратли маърифий қуролга эга бўламиз.
Маълумки, бирон-бир халқ маънавиятига хос қадриятларнинг бошқа халқлар томонидан тан олиниши, табиийки, ана шу халқ тарихига нис-батан чуқур ҳурмат ифодасидир. Бундай эътироф халқнинг ғурур ва ифтихори, миллий ўзлигини янада юксалтиришга хизмат қилади.
Шу маънода, кейинги пайтда буюк аждодларимизнинг сўнмас даҳосига ҳурмат-эҳтиром, уларнинг бой илмий меросини ўрганишга бўлган қизиқиш хорижий элларда ҳам ортиб бораётгани барчамизни қувонтиради. Бунинг тасдиғини дунёнинг турли мамлакатларида уларнинг ҳаёти ва фаолияти ҳақида эълон қилинаётган илмий ва бадиий асарлар, улуғ аждодларимиз хотирасига барпо этилаётган ёдгорликлар мисолида ҳам кўриш мумкин. Шулар қаторида Бельгияда Ибн Синога, Литвада Мирзо Улуғбекка, Москва, Токио ва Боку шаҳарларида Алишер Навоий бобомизга, Миср пойтахти Қоҳира шаҳрида эса Аҳмад Фарғоний хотирасига ўрнатилган муҳташам ҳайкалларни эслаш жоиз.
Халқимизнинг асл табиатида мавжуд бўлган ана шундай илмий-маънавий салоҳият ва фази-латлар ҳақида гапирар эканмиз, «Оққан дарё оқаверади», деган нақл беихтиёр ёдимизга тушади. Чиндан ҳам, тарихимизнинг қайси даврини ол-майлик, юртимизда илму маърифат ва юксак маънавиятга интилиш ҳеч қачон тўхтамаганини, халқимиз дахрсининг ўлмас тимсоли сифатида энг оғир ва мураккаб даврларда ҳам яққол намо-ён бўлиб келганини кўришимиз мумкин.
Масалан, чоризм мустамлакаси даврида маъ-рифат ғоясини баланд кўтариб чиққан жадид бо-боларимизнинг фаолияти бунга яна бир ёрқин мисол бўла олади. Маҳмудхўжа Беҳбудий, Мунав-варқори, Абдулла Авлоний, Исҳоқхон Ибрат, Абдурауф Фитрат, Абдулла Қодирий, Абдулҳа-мид Чўлпон, Усмон Носир каби юзлаб маъри-фатпарвар, фидойи инсонларнинг ўз шахсий манфаати, ҳузур-ҳаловатидан кечиб, эл-улус ман-фаати, юртимизни тараққий топтириш мақсадида амалга оширган эзгу ишлари авлодлар хотираси-дан асло ўчмайди.
Ана шундай улуғ аждодларимизнинг илмий-ижодий мероси ва ибратли фаолияти кейинча-лик диёримизда Қори Ниёзий ва Тошмуҳаммад Саримсоқов, Ҳабиб Абдуллаев ва Саъди Сиро-жиддинов, Обид Содиқов ва Собир Юнусов, Яҳё Ғуломов ва Бўрибой Аҳмедов, Ойбек ва Ғафур гулом, Абдулла Қаҳҳор ва Зулфия, Саид Аҳмад ва Озод Шарафиддинов, Лутфихоним Саримсоқова ва Ҳалима Носирова, Олим Хўжаев, Раз-зоқ Ҳамроев ва бошқа кўплаб номлари дунёга танилган машҳур илм-фан, адабиёт ва маданият арбобларининг етишиб чиқишига мустаҳкам за-мин бўлиб хизмат қилди.
Юқорида зикр этилган мисолларни умумлаш-тирган ҳолда, муҳим бир фикрни хулоса тариқасида таъкидлашни зарур, деб биламан. Гап шундаки, тарихимизда бундай беназир сиймоларнинг мав-жудлиги — такроран айтишга тўғри келади — ўзига хос бир феномен, яъни ўта ноёб ҳодисадир. Бу эса нафақат бугунги, айни пайтда эртанги авлодлари-мизнинг ҳам маънавий бойлигига айланиб, халқи-мизга ҳеч нарса билан ўлчаб, қиёслаб бўлмайдиган руҳий куч-қувват ва мадад бериши муқаррар.
Лекин айни пайтда, биз бир ҳақиқатни ҳам яхши англаймизки, фақат ўтмишга, аждодлар ме-росига маҳлиё бўлиб юришнинг ўзи билан узоққа бориб бўлмайди.
Тарихимиз саҳифалари шундан далолат бера-дики, юртимиз ривожи ҳамма замонларда ҳам бир текис кечмаган.
Айниқса, темурийлар ҳукмронлигидан сўнг — яъни XVII асрдан XX асрнинг бошларигача бўлган даврда Туркистон замини сиёсий парокандалик, жаҳолат ва қолоқликка юз тутди. Уч хонликка бўлиниб кетган минтақа узоқ муддат ўзаро зиддият ва қарама-қиршиликлар, урушжанжаллар гирдобида қолиб кетгани нафақат иқтисодий, молиявий ва ҳарбий салоҳият нуқтаи назаридан, балки ижтимоий-маънавий фикр ривожида ҳам кўп салбий оқибатларни келтириб чиқаргани барчамизга яхши маълум.
Тарих ғилдирагининг айланиши билан, авва-ламбор, юрт ҳукмдорлари ва амалдорлари халқ-нинг такдири ва келажаги ҳақида қайғуриш ўрни-га, ўз шахсий манфаатларини ҳамма нарсадан устун қўйиб, жаҳолат ва ғафлатга берилиб кети-ши оқибатида биз бугун яшаётган минтақа умум-башарий тараққиёт жараёнларидан узилиб, ри-вожланишдан кескин орқада қолиб кетди.
Ўзаро низо ва адоватларнинг кучайиши, фа-қат ўз қобиғига, умрини ўтаб бўлган ақидаларга ўралашиб яшаш натижасида бир вақтлар буюк маданият ва тараққиёт даврларини бошидан ке-чирган эл-юртимизнинг бу пайтга келиб қандай оғир аҳволга тушиб қолганини ўзимизга тасав-вур қиладиган бўлсак, ўйлайманки, кўп нарса ўз-ўзидан аён бўлади.
Бу ҳаётнинг шафқатсиз бир қонунияти бор. Яъни, тарихнинг мураккаб ва ҳал қилувчи бури-лиш палласида ҳар қандай миллат ва элат ўз аҳил-лиги ва бирдамлигини саклаб, ўз миллий ман-фаатлари йўлида қатъият билан турмаса, масъу-лият ва ҳушёрлигини йўқотадиган бўлса, охир-оқибатда ўзининг энг катта, тенгсиз бойлиги бўлмиш мустақиллиги ва озодлигидан жудо бўли-ши шубҳасиз.
Минг афсуски, ана шундай машъум қисмат Туркистон халкларини ҳам четлаб ўтмади: XIX асрдаги чоризм истилоси кўпгина сабаблар би-лан бир қаторда авваламбор ўша пайтда мавжуд бўлган сиёсий бошбошдоқлик, ҳукмрон кучлар-нинг узоқни кўролмаслиги, маънавий заифлиги оқибатида рўй берганини тарихий мисоллар ис-ботлаб турибди. Бу аччиқ ҳақиқат барчамизга, айниқса, бугун ҳаётга катта умид ва ишонч би-лан кириб келаётган ёшларимизга доимо сабоқ бўлиши лозим.
Шу нуқтаи назардан қараганда, биз ўз тари-химизни холисона ва ҳаққоний баҳолаб, маъна-вий меросимизни бойитиш ва ривожлантириш-га ўз ҳиссамизни қўшишимиз, шу асосда бугун-ги жаҳон илму фани ва маданиятининг юксак чўққиларини эгаллашдек буюк вазифага ҳар то-монлама муносиб ва қодир бўлишимиз даркор.
Ҳар қайси миллатнинг ўзига хос маънавияти-ни шакллантириш ва юксалтиришда, ҳеч шубҳа-сиз, оиланинг ўрни ва таъсири беқиёсдир. Чунки инсоннинг энг соф ва покиза туйғулари, илк ҳаётий тушунча ва тасаввурлари биринчи галда оила бағрида шаклланади. Боланинг характери-ни, табиати ва дунёқарашини белгилайдиган маънавий мезон ва қарашлар — яхшилик ва эз-гулик, олижаноблик ва меҳр-оқибат, ор-номус ва андиша каби муқаддас тушунчаларнинг пойде-вори оила шароитида қарор топиши табиийдир.
Шунинг учун ҳам айнан оила муҳитида пайдо бўладиган ота-онага ҳурмат, уларнинг олдидаги умрбод қарздорлик бурчини чуқур англаш ҳар қайси инсонга хос бўлган одамийлик фазилатла-ри ва оилавий муносабатларнинг негизини, оила-нинг маънавий оламини ташкил этади.
Кўп йиллик илмий кузатиш ва тадқиқотлар шуни кўрсатадики, инсон ўз умри давомида ола-диган барча информациянинг 70 фоизини 5 ёшга-ча бўлган даврида олар экан.
Боланинг онги асосан 5—7 ёшда шакллани-шини инобатга оладиган бўлсак, айнан ана шу даврда унинг қалбида оиладаги муҳит таъсири-да маънавиятнинг илк куртаклари намоён бўла бошлайди. Халқимизнинг «Қуш уясида қўргани-ни қилади», деган доно мақоли, ўйлайманки, мана шу азалий ҳақиқатни яққол акс эттиради.
Одамзот учун бир умр зарур бўладиган табиий кўникма ва хусусиятлар, масалан, ҳар қайси боланинг ўзига хос ва ўзига мос қобилияти, атро-фидаги одамлар билан муомаласи, тенгдошлари орасида ўзини қандай ҳис қилиши, етакчилик хислатларига эга бўлиши ёки эга бўлмаслиги, керак бўлса, дунёқараши — буларнинг барчаси ав-вало унинг туғма табиати, шу билан бирга, оила-да оладиган тарбиясига узвий боғлиқ эканини ҳаёт тажрибаси кўп мисолларда тасдиклаб беради.
Айнан мана шу даврда бола ҳамма яхши-ёмон нарсани тушуниб, англай бошлайди, унинг беғубор онги бамисоли босма қоғоз сингари оиладаги, ён-атрофдаги барча воқеа-ҳодисаларни, уларнинг замиридаги таассуротларни ўзига шимиб-сингдириб олади. Унинг ота-онасига, бобо ва момоларига меҳри ва ҳурмати, ўзини ўраб турган муҳитга нисбатан муносабати кундан-кунга такомиллашиб боради.
Қисқача айтганда, хонадондаги ҳар бир нарса — дарахт ва ўсимликлар бўладими, турли ўйин-чоқлар, уй ҳайвонлари бўладими — буларнинг барчаси боланинг кўзига гўёки оламнинг беқиёс мўъжизаси бўлиб кўринади ва шу тариқа у ёруғ дунёни ўзи учун кашф қилади.
Таассуфки, баъзи ота-оналар ўз фарзандининг ана шундай қизиқиши ва интилишларига, унинг онгу тафаккурида ҳар куни бир ўзгариш рўй бериб, кўзида янги-янги саволлар пайдо бўлаётга-нига аҳамият бермайди. Боз устига, агар ота оила-да ўзини тутишни билмаса, ахлоқ-одоб бобида фарзандларига ўрнак бўлиш ўрнига қўпол муо-мала қиладиган бўлса, бу ҳолат, табиийки, бола маънавий оламининг шаклланишига салбий таъ-сир кўрсатади, вақти-соати келиб, унинг характерида инсон деган номга нолойиқ, хунук бир одат сифатида намоён бўлади.
Ёки оилада қўни-қўшниларни кўролмаслик, фисқу фасод, иғво муҳити ҳукмрон бўлса, ҳеч шубҳасиз, буларнинг барчаси боланинг хотарасида тузатиб бўлмайдиган оғир асорат қолдиради. Уму-ман, оиладаги маънавий муҳит ва тарбия туфайли бола ё мехрибон ва раҳмдил, ёки худбин ва бағ-ритош бўлиб вояга етишини тушуниш қийин эмас.
Биз ўз фарзандларимизнинг бахту саодатини, иқболи ва камолини кўришни истар эканмиз, нафақат оиладаги, балки маҳалла-кўйдаги одам-ларнинг хатти-ҳаракати ҳам боланинг шаклла-ь иб келаётган соф қалби ва онгига қандай таъ-сир кўрсатиши ҳақида доимо ўйлашимиз, бу ма-салада зиммамизда қандай улкан масъулият бор-лигини унутмаслигимиз зарур.
Оилавий тарбия масаласида хатога йўл қўй-маслик учун аввало ҳар қайси хонадондаги маъ-ғавий иклимни ўзаро ҳурмат, ахлоқ-одоб, ин-соний муносабатлар асосига қуриш айни муддао бўлур эди. Бу ҳақда гапирганда, мен мумтоз ёзув-чимиз Абдулла Қодирийнинг «Ўтган кунлар» аса-ридаги қаҳрамонларнинг ўзаро муомала ва му-лоқотлари, уларнинг ҳатто кичик фарзандларини ҳам «сиз»лаб гапириши мисолида ота-боболари-IV изнинг оила маънавиятига қанчалик катта эъти-бор берганига ишонч ҳосил қиламан.
Шу нуқтаи назардан қараганда, бугунги кун-да ҳам юртимизда ана шундай гўзал ахлоқ ме-зонлари билан яшаб келаётган, ўғил-қизларини шу руҳда тарбиялаётган кўплаб ибратли оилалар барчамизда ҳавас уйғотиши табиийдир.
Маълумки, ўзбек халқи азалдан ўзининг болажонлиги, оилапарварлиги билан ажралиб туради. Албатта, фарзандга меҳр қўйиш, уларнинг қорнини тўқ, устини бут қилиш ўз йўли билан, лекин болаларимизни ёшлик чоғидан бошлаб миллий тарбия, ахлоқ-одоб, юксак маънавият аюсида вояга етказиш биз учун доимо долзарб аҳамият касб этиб келган. Бу масалага эътибор бермаслик нафақат айрим ота-оналар, балки бу-тун жамият учун жуда қимматга тушишини ҳам кўпгина ҳаётий мисолларда кўриш мумкин.
Ўз-ўзидан равшанки, юқорида зикр этилга-нидек, бола тарбиясида соғлом насл масаласи ҳам муҳим роль ўйнашини инкор этиб бўлмайди. Акли расо ҳар қайси инсон яхши англайдики, бу ёруғ дунёда ҳаёт бор экан, оила бор. Оила бор экан, фарзанд деб аталмиш бебаҳо неъмат бор. Фарзанд бор экан, одамзот ҳамиша эзгу орзу ва интилишлар билан яшайди.
Шахсан менга «насл» ва «насиба» деган сўзлар ўртасида қандайдир илоҳий боғликлик бордек туюлади. Албатта, ҳар бир бандага ризқ-насиба-ни Оллоҳ таоло беради. Лекин бу ҳаётда насиба-си бутун ва тўла бўлиши учун инсоннинг ўзи ҳам чин дилдан интилиши, зурриёдини соғлом му-ҳитда тарбиялаши катта аҳамиятга эга эканини унутмаслигимиз зарур.
Бугунги кунда бизнинг қилаётган барча ишлари-миз фарзандларимизнинг бахту саодати, уларнинг ёруғ келажаги учун амалга оширилмоқца. Лекин бахту саодат фақат бойлик, молу мулк билан белги-ланмайди. Одобли, билимдон ва аклли, меҳнатсевар, иймон-эътиқодли фарзанд нафақат ота-онанинг, балки бутун жамиятнинг энг катга бойлигидир.
Шу ҳақиқатдан келиб чиққан ҳолда, ёшларимизни ҳар томонлама соғлом ва баркамол этиб тарбиялаш, ҳаёт абадийлиги, авлодлар давомийлигини таъминлайдиган маънавият қўрғони бўлмиш оилани мустаҳкамлаш бугунги кунда бар-чамизнинг наинки асосий вазифамиз, балки ин-соний бурчимизга айланишини истардим.
Шу боис биз мустақиллик даврида оила институтини жамиятнинг бошқа муҳим ижти-моий тузилмалари, юртимиздаги маънавий ўзгаришлар билан уйғун тарзда ривожлантириш, унинг нуфузини ошириш масаласига давлат сиё-сатининг энг муҳим ва устувор йўналиши сифатида доимий эътибор бериб келмоқдамиз.
Мамлакатимиз Конституциясида оиланинг ижтимоий мақоми аниқ белгилаб қўйилгани, шу асосда Оила, Фуқаролик, Уй-жой кодекслари ва бошқа зарур қонун ҳужжатлари қабул қилиниб, бу борада тегишли ҳуқуқий пойдевор яратилга-ни ҳам бу фикрни тасдиқлайди.
Маълумки, кейинги йилларда юртимизда ҳар қайси йилга аниқ бир ном бериб, шу асосда мах-сус давлат дастурларини ишлаб чиқиш ва амал-га ошириш яхши анъанага айланиб қолди,
Агар ушбу масаланинг тарихига назар ташлай-диган бўлсак, бу йўлдаги дастлабки салмоқли қадамларимиз 1998 йилни мамлакатимизда «Оила йили» деб эълон қилиш билан бошланганининг ўзи ҳам, ўйлайманки, кўп нарсани англатади.
Шу маънода, оилани, унинг боқий қадриятларини улуғлаб, мамлакатимизда «Эл-юрт таян-чи» деган муаззам ёдгорлик барпо этганимиз кўпчиликнинг кўнглидаги иш бўлганини таъкид-лаш жоиз.Қадимий Қарши шаҳрининг 2700 йиллик тўйи арафасида шу табаррук заминда қад ростлаган бу муҳташам бадиий обида орқали биз минг йил-лар давомида қанча-қанча синов ва машаққат-ларни бошидан кечириб, ўз она юртини ҳар қан-дай бало-қазолардан асраб-авайлаб келган, ўғил-қизларини ақл-заковат, мардлик ва матонат со-ҳиби этиб тарбиялаган бунёдкор халқимизга, унинг том маънода таянчи бўлган оилага чексиз ҳурмат-эҳтиром туйғусини мужассам этишни мақсад қилиб қўйдик. Эл-юртимизнинг олижаноб қарашларига ғоят ҳамоҳанг бўлган ушбу ёдгорлик мажмуаси қисқа вақт ичида табаррук зиёратгоҳ-га айланиб қолгани барчамизни қувонтиради.
Мухтасар айтганда, ҳаммамизга аён бўлиши табиийки, оила соғлом экан — жамият мустаҳкам, жамият мустаҳкам экан — мамлакат барқарордир.
Маънавий ҳаётимизни юксалтириш ҳақида гапирганда, маҳалланинг роли ва таъсири хусусида тўхталиш албатта ўринлидир. Маълумки, азалдан ўзбек маҳаллалари чинакам миллий қадриятлар маскани бўлиб келади. Ўзаро меҳроқибат, аҳиллик ва тотувлик, эҳтиёжманд, ёрдамга муҳтож кимсалар ҳолидан хабар олиш, етимесирларнинг бошини силаш, тўй-томоша, ҳашар ва маъракаларни кўпчилик билан бамаслаҳат ўтказиш, яхши кунда ҳам, ёмон кунда ҳам бирга бўлиш каби халқимизга хос урф-одат ва анъаналар авваламбор маҳалла муҳитида шаклланган ва ривожланган. Халқимизга хос ўзини ўзи бошқариш тизимининг бу ноёб усули қадим-қадимдан одамларнинг нафақат тилида, балки дилида, бу-тун ҳаётида чуқур жой эгаллагани бежиз эмас. Биз «Маҳалла — ҳам ота, ҳам она» деган ҳикматли ъ ақлни ана шу ҳаётий ҳақиқатнинг ифодаси си-фатида қабул қиламиз.
Маҳалла ҳақида гапирганда, кўпчилик ана шундай чуқур маъноли сўзларни эслаши ва тил-га олиши табиий. Улар шу тариқа наинки ўзла-рининг дарду ташвишларини ҳал қиладиган таъ-сирчан ижтимоий фуқаролик идораси, айни вақт-да она юрт рамзи бўлган маҳаллага ўзининг му-носабатини изҳор этади.
Мустақиллик йилларида маҳалла ҳаёти билан боғлиқ кўплаб қадриятлар, удум ва анъаналари-миз қайта тикланиб, замон талаблари асосида бойиб бормоқда. Шу билан бирга, маҳалланинг ҳуқуқ ва ваколатлари кенгайтирилмоқда, улар бугун ўзини ўзи бошқариш идораси, ҳақиқий демократия дарсхонаси сифатида кенг кўламли фаолият олиб бормоқца. Давлатчилигимиз тари-хида биринчи марта «маҳалла» тушунчаси Конс-титуциямизга киритилиб, унинг жамият бош-қарувидаги ўрни ва мақоми қатъий белгилаб қў-V илди. Маҳалла бошқарувига бундай катта эъти-бор бугун мамлакатимизда олиб борилаётган сиё-сатнинг халқчиллигидан далолат беради. Айни г айтда у юртимизда амалга оширилаётган «Кучли давлатдан — кучли жамият сари» деган тамойил-нинг амалий ифодаси бўлиб, маънавий ҳаётимизни янада мустаҳкамлаш, ёш авлодимизнинг онгу тафаккурини замонавий асосда шаклланти-риш борасида муҳим аҳамият касб этмоқца.
Маҳалланинг халқ маънавияти билан боғлиқ жиҳатлари ҳақида сўз юритиб, уларни кўз ўнги-миздан ўтказиб, атрофлича тахлил қилар экан-миз, ҳеч иккиланмасдан айтиш керакки, биз ҳар қайси хонадон, бутун эл-юртимиздаги маънавий иқлим ва вазиятни англамоқчи бўлсак, бу бора-даги ҳақиқий манзаранинг ёрқин ифодасини ав-вало маҳалла ҳаётида худди ойнадек яққол кўриш имконига эга бўламиз.
Шу сабабли биз маънавий ҳаётимизни, мил-лий онг ва қадриятларимиз, эътиқод ва тафакку-римиз, урф-одат ва анъаналаримизни асраб-авай-лаш, маънавий оламимизни юксалтиришга инти-лар эканмиз, буларнинг барчаси маҳалла идорасига янада кўпроқ имконият бериш, унинг ҳуқуқий ва амалий ваколатларини кенгайтириш билан бево-сита алоқадор эканини ўзимизга яхши тасаввур қиламиз. Шу орқали биз ўзимизнинг эзгу мақсади-миз бўлмиш эркин фуқароликжамияти барпо этиш йўлида, ҳеч шубҳасиз, улкан қадам қўйган бўламиз.
Маънавиятни шакллантиришга бевосита таъсир қиладиган яна бир муҳим ҳаётий омил - бу таъ-лим-тарбия тизими билан чамбарчас боғлиқдир.
Маълумки, ота-боболаримиз қадимдан бебаҳо бойлик бўлмиш илму маърифат, таълим ва тарбияни инсон камолоти ва миллат равнақининг энг асосий шарти ва гарови деб билган. Aлбатта, таълим-тарбия — онг маҳсули, ле-киғ айни вақтда онг даражаси ва унинг ривожи-ни ҳам белгилайдиган, яъни, халқ маънавиятини шакллантирадиган ва бойитадиган энг муҳим омилдир. Бинобарин, таълим-тарбия тизимини ва шу асосда онгни ўзгартирмасдан туриб, маъ-навиятни ривожлантириб бўлмайди.
Шу боис бу соҳада юзаки, расмий ёндашув-ларга, пухта ўйланмаган ишларга мутлақо йўл қўйиб бўлмайди. Мактаб, таълим-тарбия маса-ласл давлат ва жамият назоратида бўлиши Асо-сий қонунимизда белгилаб қўйилган. Шу билан бирга, бу кенг жамоатчилик, бутун халқимизнинг иштироки ва қўллаб-қувватлашини талаб қила-диган умуммиллий масаладир.
Шуни унутмаслигимиз керакки, келажагимиз пойдевори билим даргохларида яратилади, бош-қача айтганда, халқимизнинг эртанги куни қандай бўлиши фарзандларимизнинг бугун қандай таълим ва тарбия олишига боғлиқ.
Бунинг учун ҳар қайси ота-она, устоз ва мурабэий ҳар бир бола тимсолида аввало шахсни кўриши зарур. Ана шу оддий талабдан келиб чиққан ҳолда, фарзандларимизни мустақил ва кенг фикрлаш қобилиятига эга бўлган, онгли яшайдиган комил инсонлар этиб вояга етказиш — таълим-тарбия соҳасининг асосий мақсади ва вазифаси бўлиши лозим, деб қабул қилишимиз керак. Бу эса таълим ва тарбия ишини уйғун ҳолда олиб боришни талаб этади. Таълимни тарбиядан, тарбияни эса таълимдан ажратиб бўлмайди — бу шарқона қараш, шарқона ҳаёт фалсафаси.
Бу ҳақда фикр юритганда, мен Абдулла Ав-лонийнинг «Тарбия биз учун ё ҳаёт — ё мамот, ё нажот — ё ҳалокат, ё саодат — ё фалокат масала-сидир» деган чуқур маъноли сўзларини эслай-ман. Буюк маърифатпарвар бобомизнинг бу сўзла-ри асримиз бошида миллатимиз учун қанчалар муҳим ва долзарб бўлган бўлса, ҳозирги вақтда ҳам биз учун шунчалик, балки ундан ҳам кўра муҳим ва долзарб аҳамият касб этади.
Нега деганда, бизга собиқ тузумдан мерос бўлиб қолган маориф тизимининг энг номаъқул томони шундан иборат эдики, унда ўқув жараё-нида ўқувчи ва талабаларнинг мустақил ва эр-кин фикрлашига йўл қўйилмас эди. Ҳар қайси ўқув юртини битирувчиларнинг билимига қараб эмас, аксинча, уларнинг собиқ совет тизимига ва сохта ғояларга садоқатини ҳисобга олиб баҳо-лаш ва ҳаётга йўллаш тамойили асосий ўринни эгаллар эди. Кўп ҳолларда сифат ўрнига сон ке-тидан қувиш устунлик қиларди. Аксарият ёшлар ҳақиқий билим ёки малака орттириш мақсадида эмас, кўпроқ амалда дипломли бўлиб олиш илин-жида техникум ёки институтларга кирар эди.
Шунинг учун ҳам мустақилликнинг дастлаб-ки йиллариданоқ бутун мамлакат миқёсида таъ-лим ва тарбия, илм-фан, касб-ҳунар ўргатиш тизимларини тубдан ислоҳ қилишга ниҳоятда катта зарурат сезила бошлади. Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини ишлаб чиқиш билан боғлиқ жараён узоқ йиллар мобайнида бу соҳада талай муаммолар йиғилиб қолганини кўрсатди. Мен бунга ушбу дастур лойиҳаси устида саккиз ой мо-байнида ишлаш жараёнида шахсан амин бўддим. Шунинг учун ҳам бу оғир, масъулиятли, аммо ҳал қилишни асло пайсалга солиб бўлмайдиган ишни қадам-бақадам, изчиллик билан бажаришга бел боғладик.
Таълим-тарбия тизимидаги ислоҳотлар бош-ланган дастлабки йилларда мен жаҳон тажрибаси ва ҳаётда ўзини кўп бор оқлаган ҳақиқатдан ке-либ чиқиб, агар бу мақсадларимизни муваф-фақиятли равишда амалга ошира олсак, тез ора-да ҳаётимизда ижобий маънодаги «портлаш эффекти»га, яъни, янги таълим моделининг кучли самарасига эришамиз, деган фикрни билдирган эдим.
Дарҳақиқат, истиклол даврида барпо этилган, барча шарт-шароитларга эга бўлган академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари, олий ўқув юртларида таҳсил олаётган, замонавий касб-ҳунар ва клм-маърифат сирларини ўрганаётган, ҳозирданоқ икки-уч тидда бемалол гаплаша оладиган миғг-минглаб ўқувчилар, катта ҳаётга кириб келаётган, ўз истеъдоди ва салоҳиятини ёрқин намоён этаётган ёш кадрларимиз мисолида ана шушай орзу-интилишларимиз бугуннинг ўзида ўз ҳосилини бераётганининг гувоҳи бўлмоқдамиз.
Энг муҳими шундаки, «портлаш эффекти»-нинг ҳақиқий моҳияти ва аҳамияти вақт ўтиши билан, биз тарбия қилаётган соғлом ва барка-мол авлоднинг сафимизга тобора илдам кириб бориши билан янада яққолроқ сезилади.
Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини амалга ошириш жараёнида мактаб таълими, айниқса, умумтаълим мактабларининг моддий-техник ба-засини мустаҳкамлашга эътиборни кучайтириш биз учун кун тартибидаги энг муҳим ва жиддий масалага айланди.
Шу мақсадда юртимизда Кадрлар тайёрлаш миллий дастурининг узвий ва мантиқий давоми бўлмиш 2004—2009 йилларда Мактаб таълими-ни ривожлантириш умуммиллий давлат дастури қабул қилинди.
Ушбу дастурга мувофиқ, юртимизда мавжуд бўлган ўн мингга яқин умумтаълим мактабининг моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, таълим жараёнининг мазмунини тубдан такомиллашти-риш, ўқитувчиларнинг меҳнатини моддий ва маъ-навий рағбатлантириш бўйича катта ишлар қилинмоқда.
Мухтасар қилиб айтганда, охирги йилларда таълим-тарбия соҳасида амалга оширган, кўлами ва моҳиятига кўра улкан ишларимиз биз кўзлаган эзгу-ниятларимизга эришиш, ҳеч кимдан кам бўлмайдиган ҳаёт барпо этиш, ёшларимиз, бутун халқимизнинг маънавий юксалиши йўлида мустаҳкам замин яратди, десак, ҳеч қандай хато бўлмайди.
Маънавий ва моддий ҳаёт уйғунлиги
Маънавиятнинг инсон ва жамият ҳаётидаги моҳияти ва аҳамияти ҳақида фикр юритганда, бу борада асрлар давомида қизғин баҳс-муноза-раларга сабаб бўлиб келаётган бир масалага ало-ҳида тўхталиб ўтиш лозим, деб ўйлайман. Яъни, одамнинг кундалик ҳаёти ва фаолиятида моддий ва маънавий асослар бир-бирига нисбатан қан-дай ўрин тутиши, уларнинг қайси бири устувор-лик касб этиши ҳақида турли-туман, баъзан эса зиддиятли фикр ва қарашлар мавжуд бўлганини ва бундай тортишувлар ҳозиргача давом этаётга-нини кузатиш қийин эмас.
Башарият тарихида яшаб ўтган не-не буюк алломалар бу масала бўйича кўплаб асарлар яра-тиб қолдиргани ҳам шундан далолат беради.
Мисол учун, қадимий ҳинд, хитой ёки юнон файласуфларини оласизми, ўрта асрлардаги Шарқ ва Ғарб Уйғониш даври намояндаларини ола-сизми, ислом оламида ном қозонган мутафаккир зотларни оласизми — уларнинг илмий меросида моддий ва маънавий олам ўртасидаги муноса-батларга кенг ўрин берилганини кўриш мумкин.
Масалан, антик давр файласуфлари бўлмиш Сократ ва Платон, Эпикур ва Демокрит, хитой донишманди Конфуций ва бошқа алломаларнинг бу борадаги назарий қарашлари фан тарихидан яхши маълум, Уларнинг айримлари руҳий олам-ни бирламчи деб билса, баъзилари эса моддий оламни асосий ўринга қўяди. Ана шундай тушунча ва тасаввурлар асосида кейинчалик материализм ва идеализм каби таъ-лимотлар майдонга чиқци. Ўйлайманки, бу ўринда уларнинг тарихи, маъно-мазмуни ҳақида батаф-сил тўхталиб ўтиришнинг ҳожати бўлмаса керак.
Албатта, бундай фалсафий ёндашувларнинг ҳар бири ўз давридаги мавжуд сиёсий-ижтимоий вазият, ҳукмрон мафкура, жамиятнинг ҳуқуқий ва маданий савияси, турли социал гуруҳ ва тои-фаларнинг қарашларини ифода этишга хизмат қилади.
Ижтимоий тараққиётнинг турли даврларида бундай баҳслар соф назарий масала доирасидан чиқиб, маълум бир тузум ёки давлатнинг рас-мий мафкураси мақомини ҳам олган. Бунинг тас-диғини узоққа бормасдан яқин тарихимизда — шўро замонида материалистик қарашни устун қўйиш натижасида материя бирламчи, онг эса иккиламчи, деган тамойилнинг ҳукмрон дунё-қараш даражасига кўтарилгани, бунинг оқиба-тида инсоннинг маънавий қадриятлари, айниқ-са, унинг миллий ва диний туйғуларига бепи-санд қараб келингани мисолида ҳам кўриш мумкин.
Ушбу масалага чуқурроқ ва атрофлича назар ташлайдиган бўлсак, аввало шуни айтиш керакки, бу кўҳна дунё, биз яшаётган ҳаёт ягона, яхлит бир воқеликдир. Шундай экан, моддий эҳтиёжларни инсоннинг руҳий оламига қарама-қарши қўйиш, уларнинг бирини устун деб билган ҳодда, тирикликнинг асосий мақсади сифатида қабул қилиш қандайдир бирёқпама қараш ифодаси, деб айтсак, хато бўлмайди.
Қолаверса, бу масалага бундай кескин ёндашув, хусусан, одамнинг руҳий дунёсини менси-маслик, уни иккиламчи ўринга қўйиш охир-оқибатда жамият ҳаётида инқирозга олиб келиши муқаррар эканини тарих кўп маротаба исботлаган.
Бир сўз билан айтганда, инсон ўз тимсолида ҳам моддий, ҳам маънавий хусусият ва аломатларни мужассам этган ноёб хилқат, Яратганнинг буюк ва сирли мўъжизасидир. Шунинг учун ҳам унинг ички дунёси, унга ато этилган фазилат ва хислатларни охиригача англаш, тушунишнинг ўзи ўта мураккаб бир масала.
Мана шундай қараш ва фикрларни умумлаш-тириб, инсонга хос орзу-интилишларни рўёбга чиқариш, унинг онгли ҳаёт кечириши учун зарур бўлган моддий ва маънавий оламни бамисоли парвоз қилаётган қушнинг икки қанотига қиёсла-сак, ўйлайманки, ўринли бўлади.
Қачонки ана шу икки муҳим омил ўзаро уй-ғунлашса, том маънодаги қўш қанотга айланса, шундагина инсон, давлат ва жамият ҳаётида ўсиш-ўзгариш, юксалиш жараёнлари содир бўлади.
Биз истиклолнинг дастлабки йилларидан бошлаб халқимизнинг асрлар давомида интилиб келган орзу-мақсадлари ва замон талабларини, дунёвий тараққиёт мезонларини ҳисобга олган ҳолда, жамиятимиз ҳаётида ана шу икки омилнинг уйғун тарзда ривожланишига алоҳида эътибор қа-ратдик. Мустақиллик биз учун нафақат иқгисо-дий, балки беқиёс маънавий имкониятлар ман-баи эканини англаб, мамлакатимизнинг ички ва ташқи сиёсатини, иқтисодий-ижтимоий янгила-ниш жараёнларини айнан шу асосда ташкил этишга устувор аҳамият бердик.
Шу ўринда баъзи бир сиёсатчи ва назариёт-чиларнинг, олдин моддий ҳаётни, кейин маъна-вий масалаларни ўйлаш керак, деган мазмунда-ги фикрлари мутлақо хато бўлиб, янги жамият, янги ҳаёт қуриш жараёнида фақат зарар еткази-ши мумкинлигини бугун ҳаётнинг ўзи ҳар қадамда тасдиқлаб бермоқда.
Шу нуқтаи назардан қараганда, бозор муно-сабатларига ўтиш даврида жамият аъзоларининг ўз салоҳияти ва истеъдодини рўёбга чиқариши учун уларга биринчи галда тенг имконият ва эр-кинлик муҳитини, ҳам қонуний, ҳам амалий шарт-шароитларни яратиб бериш зарур. Оддий қилиб айтганда, куч-ғайрат билан бирга, билим ва тажрибаси, ақя-идроки, касб малакаси етар-ли бўлган, қонунларни, ўз ҳақ-ҳуқуқдари ва маж-буриятларини яхши билган одамгина тадбиркор-лик ёки фермерлик билан шуғулланиши, ўз ху-сусий ишини оқилона ва самарали ташкил эти-ши мумкин.
Кўриниб турибдики, моддий ва маънавий ҳаёт тамойиллари бир-бирини инкор этмайди, аксинча, ўзаро боғланиб, бир-бирини тўлдиради. Юксак тараққиётга эришишни орзу қиладиган ҳар бир инсон ва жамият ўз ҳаётини айнан ана шундай диалектик ва узвий боғлиқлик асосида қурган ва ривожлантирган тақцирдагина ижобий натижаларга эриша олади.
Ана шу ҳақиқатдан келиб чиққан ҳолда, биз иқтисодий ўнгланиш, иқтисодий тикланиш, иқтисодий ривожланиш жараёнларининг маъ-навий покланиш, маънавий юксалиш ҳаракат-лари билан тамомила уйғун равишда ривож-ланиб боришини доимо давлатимиз ва жамия-тимизнинг эътибор марказига қўйиб келмоқдамиз.
Мамлакатимизда бозор иқтисодиёти муносабатларининг жорий этилиши туфайли юртдошларимизнинг онгу тафаккури ва дунёқараши қанчалик ўзгариб кетгани ҳам шундан далолат беради. Кўпчиликка яхши аёнки, 90-йилларнинг бошларида аксарият одамлар бизда ҳам кимнингдир хусусий заводи ёки фермаси у ёқда турсин, кичкинагина дўкони бўлиши мумкинлигини ҳам тасаввур эта олмас, тасаввур этган тақдирда ҳам ўзига қабул қила олмас эди. Чунки ҳамма нарса давлат мулки бўлган эски тузумда хусусий мулкка эга бўлиш, тадбиркорлик ва кичик бизнес билан шуғулланиш бизга бегона бўлган тушунчалар сифатида баҳоланарэди. Бугунги кунда эса хусусий мулк тушунчасига нисбатан муносабат қандай ўзгариб, у ҳаётимиздан қанчалар чуқур жой олиб бораётганига барчамиз гувоҳмиз ва бу ҳолат ҳеч кимни ҳай-рон қолдирмайди.
Кишилик тарихи, бугун дунёдаги кўпгина та-раққий топган, барқарор ва бадавлат яшаб кела-ётган давлатлар тажрибаси шундан далолат бе-радики, аввало ўзининг хусусий мулкига эга бўлган шахс ва бундай шахслардан ташкил топ-ган тоифа ўзини ва оиласини боқишга, шу би-лан бирга, орттирган даромади ҳисобидан ўз яқинлари ва муҳтож инсонларга беғараз ёрдам кўрсатиш, эл-юрт учун хизмат қиладиган мак-таб, касалхона, маданият ва спорт масканлари барпо этиш, бир сўз билан айтадиган бўлсак, дав-лат ва жамият зиммасидаги кўпгина вазифалар-ни амалга оширишга ўз ҳиссасини қўшади.
Энг муҳими, бундай инсонлар юртимизда тинчлик-осойишталик ва барқарорликни сақлаш ва ҳимоялаш, ёруғ келажагимизни қуриш йўли-да астойдил жон куйдириб меҳнат қилади.
Буларнинг барчаси маънавий қадриятларимиз, урф-одат ва анъаналаримиздан озиқланган иқти-содий тараққиёт йўлимиз жамиятимиз ҳаётига қандай ижобий таъсир кўрсатаётганининг ёрқин ифодасидир. Энг муҳими, юртимизда моддий ва маънавий жараёнларнинг ўзаро мутаносиб тарз-да ривожлантирилаётгани сиёсий-ижтимоий бар-қарорлик ва тараққиётнинг мустаҳкам гарови бўлиб хизмат қилмоқда.
Иккинчи боб
МУСТАҚИЛЛИК - МАЪНАВИЙ ТИКЛАНИШ ВА ЮКСАЛИШ
Миллий ғоя ва маънавий ҳаёт
Инсониятнинг кўп асрлик тарихи шундан д шолат берадики, бу дунёда ўзининг миллий дав-л 1тини қуришга азму қарор қилган ҳар қайси халқ к ксак вазифаларни амалга ошириш, шу йўлда одамларни бирлаштириш ва сафарбар қилиш, у.гарнинг қалбида ишонч уйғотиш, эски ижти-м оий тузумдан мутлақо янги тузумга ўтишда ўзига қ/шимча куч-қувват ва мадад топишда умумий, я она мақсад ва орзу-интилиш ифодаси бўлган миллий ғояни таянч ва суянч деб билади.
Миллий ғоя деганда, аждодлардан авлодларга ўиб, асрлар давомида эъзозлаб келинаётган, шу юртда яшаётган ҳар бир инсон ва бутун халқнинг қ шбида чуқур илдиз отиб, унинг маънавий эҳтиё-*и ва ҳаёт талабига айланиб кетган, таъбир жоиз б/лса, ҳар қайси миллатнинг энг эзгу орзу-инти-ляш ва умид-мақсадларини ўзимизга тасаввур Қ шадиган бўлсак, ўйлайманки, бундай кенг маъ-н )ли тушунчанинг мазмун-моҳиятини ифода қил-пн бўламиз.
Истиқлолимизни қўлга киритган илк кунлардан бошлаб, биз миллий ғоямизнинг энг асосий тушунча ва тамойилларини белгилаб олиш ва ишлаб чиқишга ҳаракат қилдик. Шу мақсадца ижтимоий фанлар соҳасидаги етакчи олимлар, сиёсатшунос ва иқтисодчилар, ижодкор зиёли-лар, кенг жамоатчилигимиз эътиборини ана шу муҳим масалага қаратдик. Халқимизнинг асрий орзуси, кўзлаган юксак мақсадларимизга етиш-нинг асосий омили — авваламбор мустақиллик-ни асраб-авайлаш, уни янада мустаҳкамлаш би-лан боғлиқ эканидан келиб чиққан ҳолда, мил-лий ғоямизнинг маъно-мазмунини ҳам ана шун-дай мезонлар негизида белгилашни вазифа қилиб қўйдик ва бу борада бир қанча эътиборга лойиқ ишларни амалга оширдик.
Айни пайтда ҳозирги мураккаб ва таҳликали замон талаблари, жамиятимизни янгилаш, мамла-катимизни модернизация қилиш билан боғлиқмақ-садларимизга уйғун ва ҳамоҳанг равишда ҳаётнинг ўзи оддимизга янги-янги вазифаларни қўймоқца.
Табиийки, миллий ғоямиз шу юртда яшаётган барча одамларнинг олижаноб ниятларини, ҳаётий манфаатларини мужассам этадиган юрт тинчли-ги, Ватан равнақи, халқ фаровонлиги деган юк-сак тушунчаларни ўз ичига олади.
Бутун инсоният тарихи, халқимизнинг неча минг йиллик ўтмиши аччиқ сабоқ ва хулосалар асосида бир ҳақиқатни исботлаб бермоқца. Яъни, биз барқарор тараққиёт ва фаровон ҳаётга эришиш йўлида ўз олдимизга қандай режа ва дастурларни қўймайлик, барча олижаноб орзу-интилишларимизни амалга оширишнинг ягона шарти ва гарови — бу тинчлик ва осойишталик-дир. Бежиз эмаски, юртимиздаги қайси хонадонга кирманг, қандай йиғин ёки маърака бўлмасин, фотиҳага қўл очилганда, ёшу қари, эркагу аёл — барчамиз Яратгандан тинчлик ва осойишталик-ни сўраб дуо қиламиз.
Маълумки, инсоннинг энг устувор ва муқад-дас ҳуқуқларидан бири — бу тинч яшаш ҳу-қуқидир. Давлат ва жамиятнинг бурчи ана шу ҳуқуқни барча қонуний воситалар билан кафо-латлаб беришдан иборат. Бу ҳуқуқни амалга ошириш — давлат ва жамиятни демократлаш-тиришнинг энг муҳим шартидир. Демократия-нинг инсонпарварлиги ҳам биринчи галда ана шу мезон билан ўлчанади.
Миллий ғоямизнинг асосий мазмунини ифо-да этадиган йўналишлар ҳақида гапирганда, ҳеч шубҳасиз, биз Ватан равнақи ва тараққиётини ўзимизга тасаввур қиламиз.
Ўз киндик қони тўкилган, ота-боболари хоки ётган она юртни дунёда тенгсиз, муқаддас Ватан деб биладиган одамнинг мақсад-муддаолари акиқ, ғурур ва ифтихори юксак бўлади.
Ватан равнақи аввало унинг фарзандларига, уларнинг маънавий ва жисмоний камолотига бевосита боғлиқ. Бу ўз навбатида ҳар бир юртдошимизни зиммасидаги юксак фуқаролик масъулиятини ҳис этишга, ўз манфаатларини шу юрт, шу халқ манфаатлари билан уйғунлаштиркб яшашга даъват этади. Ва ҳар қайси фуқаро ўз мамлакатининг халқаро ҳамжамият сафидан муносиб ўрин олиши, бугунги кунда тараққий топган тинч ва бадавлат яшаётган давлатлар қа-торига кўтарилишидан манфаатдор бўлиши шуб-ҳасиз.
Бир сўз билан айтганда, бу икки тушунча — Ватан равнақи ва фаровонлик масаласи бир-бири билан чамбарчас боғлиқ эканини тушуниш қийин эмас.
Ана шундай мантиқий хулосадан келиб чиққан ҳолда, халқ фаровонлиги деган эзгу тушунчани ҳам миллий ғоямизнинг негизини ташкил этади-ган тамойиллар қаторига қўйишимиз табиийдир.
Нега деганда, бу дунёда ҳар бир одам тўқ ва бадавлат ҳаёт кечириш, эл-юрт учун муносиб фарзанд тарбиялаш, уларга билим бериш, уйли-жойли қилиш, уларнинг бахту камолини кўриш орзуси билан яшайди.
Ҳозирги вақтда мамлакатимизда амалга оши-рилаётган кенг кўламли ислоҳотларнинг пиро-вард мақсади — одамларимизнинг ана шундай орзу-умидларини рўёбга чиқариш, халқимизга ҳар томонлама муносиб турмуш шароити яратиб беришдан иборат экани ҳақида такроран. гапи-ришнинг ҳожати йўқ, деб ўйлайман.
Бу мақсадга эришиш учун юртимизда барча асослар — табиий бойликлар, унумдор ер, катта иқтисодий ва илмий-техникавий, инсоний ва маънавий салоҳият мавжуд. Энг муҳими, бу диёрда ана шу фаровон ҳаётни ўз кучи, ўз акл-заковати билан барпо этишга қодир бўлган меҳнатсевар ва истеъдодли халқ яшайди.
Мухтасар қилиб айтганда, миллий ғоямизга қайси томондан таъриф ва баҳо бермайлик, халқи-мизни бирлаштирадиган бу олий мақсадлар аср-лар давомида унинг юрагидан, қалбидан жой олиб келган орзу-армон ва эзгу интилишлар билан чам-барчас боғлиқ эканига ишонч ҳосил қиламиз.
Эндилиқда олдимизда турган энг муҳим вази-фа — ана шу юксак тушунчалар билан бирга мил-лий ғоямизнинг узвий таркибий қисмларини таш-кил қиладиган комил инсон, ижтимоий ҳамкорлик, миллатлараро тотувлик, динлараро бағрикенглик каби тамойилларнинг маъно-моҳиятини бугунги кунда мамлакатимизда олиб борилаётган маъна-вий-маърифий, таълим-тарбия ишларининг мар-казига қўйиш, уларни янги босқичга кўтариш, ёш авлодимизни ҳар томонлама мустақил фикрлай-диган етук дунёқараш эгалари қилиб тарбиялаш-дан иборат.
Таъкидлаш жоизки, биз фуқаролар дунёқара-шини бошқариш фикридан йироқмиз, балки одамларнинг тафаккурини бойитиш, уни янги маъно ва мазмун билан тўлдириш тарафдоримиз.
Албатта, барчамиз яхши тушунамизки, «миллий ғоя» деган сўз фақат бир миллатга мансуб бўлиб қолмасдан, мана шу табаррук диёримиз — Ўзбекистон тупроғида яшаётган, уни ўз она Ватани деб биладиган барча миллат ва элатларга бирдек дахлдордир. Миллий ғояда мужассам бўлган буюк мақсад-ларни рўебга чиқариш авваламбор жамиятимиз ва шу жамият аъзоси бўлмиш ҳар қайси инсон-нинг маънавий олами ва дунёқарашидаги ижо-бий ўзгаришлар билан бевосита боғлиқ эканини унутмаслигимиз зарур.
Шу ўринда бир фикрни алоҳида урғу бериб айтишни жоиз деб биламан.
Бизнинг энг улуғ мақсадимиз, энг улуғ ғоямиз шуки, Ўзбекистоннинг битта йўли бор: муста-қилликни мустаҳкамлаб, мамлакатимизни ҳар то-монлама юксалтириб, ёруғ ва эркин ҳаёт сари олға юриш.
Мафкурамиз, тутган йўлимиз, бор куч-ғай-ратимиз ана пгу улуғвор ниятни амалга оширишга йўналтирилиши керак. Халқимизни, юртимиздаги барча сиёсий кучларни, нодавлат ташкилотлар-ни ягона умумий мақсад атрофида бирлаштира-диган, бир тану бир жон қиладиган миллий ғоя ҳам аслида шу.
Маънавият ва жамиятнинг янгиланиши
Бугунги кунда мамлакатимизда янги ҳаёт, янги жамият пойдеворини барпо этишда эркин фуқа-ро маънавиятини шакллантириш масаласи биз учун ғоят долзарб аҳамиятга эга.
Ҳаётимизнинг барча соҳаларида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотларимизнинг самарадорлиги аввало халқ маънавиятининг тикланиши, бой тарихий меросимизнинг чуқур ўрганилдши, анъана ва урф-одатларимизнинг сақ-ланнши, маданият ва санъат, фан ва таълим ри-вож4, энг муҳими, жамият тафаккурининг ўзга-рип и ва юксалиши билан узвий боғлиқцир.
Шу боисдан ҳам, ўз ҳақ-ҳуқуқини танийди-ган, ўз кучи ва имкониятларига таянадиган, ён-атрсфида содир бўлаётган воқеа-ҳодисаларга мус-тақьл ёндаша оладиган, айни замонда шахсий ман ^аатларини мамлакат ва халқ манфаатлари бил< н уйғун ҳолда кўрадиган, ҳар жиҳатдан бар-камол инсонларни тарбиялаш вазифаси истиқ-лол йилларида биз учун ҳал қилувчи масалага айлгнди.
1аъкидлаш жоизки, бу жараён юртимизда ўта ^ураккаб шароитда — мустабид шўро тузу-ми барбод бўлган ва янгича ижтимоий муно-сабаглар қарор топаётган кескин бир вазиятда юз (ерди.
Мана шундай ўта қалтис ва мураккаб бир даврца юртимиздаги тинчлик ва барқарорликни асраэ қолиш, Марказдан бўлаётган турли зарар-ли таъсирлардан халқимизни ҳимоя қилиш, ўз мустақил сиёсатимизни ишлаб чиқиш ва амал-га олириш мақсадида 1990 йилнинг 24 март куш республика Олий Кенгашининг биринчи сессдясида президентлик бошқаруви жорий этилди.
ТЧъкидлаш жоизки, ўшанда СССР ҳудудидаги рсспубликалар орасида биринчи бўлиб Ўзбекистонда мана шундай юксак лавозим жорий этилган ва шу тариқа биз юртимизни мустақил-лик йўлига бошлаган дастлабки қадамни қўйган эдик.
Ўша сессия мажлисида республикамизда ву-жудга келган оғир вазият ва уни тузатиш бўйича олдимизда турган энг асосий вазифалар ҳақида сўз борганда, бир-биридан долзарб, бир-биридан муҳим муаммоларни ечиш борасида айнан маъ-навият масаласига алоҳида тўхталиб, халқ ноиб-лари, бутун халқимизга қарата мен қуйидаги фикрларни билдирган эдим:
«Бугунги кунда олдимизда турган энг муҳим вазифаларни кўз ўнгимиздан ўтказар эканмиз, аҳолининг кундалик эҳтиёжларига бевосита дахл-дор долзарб масалаларни ҳал қилиш билан бир қаторда биз эски тузум даврида инсон ҳаётининг негизи ва мураккаб томонлари, миллий қадри-ятлар, тарихий анъаналар, умуминсоний маъна-вий бойликлар билан ҳисоблашмаслик жамия-тимизга қанчадан-қанча зарар келтирганини унутмаслигимиз керак.
Бу борада асосий ишларимиз нималардан ибо-рат бўлиши лозим?
Биринчи навбатда миллий маданиятимиз, халқ маънавий бойлигининг илдизларига эъти-бор бериш зарур. Бу хазина асрлар давомида мис-қоллаб тўпланган. Тарихнинг не-не синовлари-дан ўтган. Инсонларга ошр дамларда мадад бўлган.
Бизнинг вазифамиз — шу хазинани кўз қорачиғимиздек асраш ва янада бойитиш. Сўзда эмас, амалда ҳар бир кишининг виж-дон эркинлигини, эътиқод эркинлигини таъмин-лаиимиз керак. Биз одамларнинг маънавий тар-бия:ини ўйлаб, тинчлик ва хайрли ишларни кўз-лаб ҳаракат қилаётган ҳар бир кишини қўллаб-қувнатлаймиз, улар билан ҳамкорлик қиламиз.
Масаланинг бошқа томони — маърифат ва ма-дан 1ятнинг моддий-техник базасини мустаҳкам-лаш. Инсоннинг тўлақонли ҳаёти учун ниҳоятда зар>р бўлган мактаблар, кугубхоналар, театр ва бои қа маданият ўчокдарини кўпайтириш, улар-нинг шароитини яхшилаш.
Биз кўп йиллар давомида маърифат ва мадани-ятга нотўғри муносабатда бўлдик. Унга сарфлана-ётга д маблағлар доим бошқа соҳалардан кам бўлди. Натюкада биз бу масалада орқада қолиб кетдик.
Бундан буён барча режаларимизда маданият, маъшфат, жисмоний тарбия ва спорт биринчи да.рг жали вазифалар қаторидан жой олиши лозим.
Ба ниҳоят, шу соҳаларда ишлаётган кадрлар масаласи. Ўқитувчилар ва шифокорлар, маданий-оқартув муассасаларидаги ва бошқа соҳалардаги кўплаб мутахассислар - чинакам зиёлилардир.
Дниқса, олимлар ва ижодкор ходимларимизга эътиборни кучайтириш керак. Чунки маънавий бойликларни айнан шулар яратади. Уларга ғамхўршк қилиш, самарали фаолияти учун барча зарур модцш-маънавий шароитларни яратиб бериш давлат ҳокимияти ва хўжалик ташкилотлари раҳбарларининг бурчи ва масъулиятли вазифасидир.
Яна бир долзарб вазифа — ўсиб келаётган ав-лодга, унинг маънавий тарбиясига ниҳоятда катта жавобгарлик ҳисси билан ёндашиш масаласи. Нега деганда, ёшлар халқ маънавиятининг му-носиб эгаларидир. Шунинг учун ҳар бир ўғил-қизимиз дастлабки қадамларидан бошлаб мада-ний бойликларимиздан баҳраманд бўлиши керак.
Истеъдодли ёшларимизнинг, йигит-қизлари-мизнинг ўз қизиққан соҳаларида етук инсонлар бўлиб етишиши учун тегишли шарт-шароитлар ҳали тўла яратилгани йўқ.
Агарки биз ўзимизнинг маънавий бурчимиз-ни оклашни истасак, уларга оталарча ғамхўрлик қилишимиз керак. Ана шу мақсадда биз уларнинг мамлакатимиз ва чет эллардаги нуфузли илмий марказларда таълим олиши учун маблағлар аж-ратдик. Бу ишлар учун ҳеч нарсани, шу жумла-дан, валютани ҳам аямаймиз.
Кейинги пайтда санъатда ошкораликни пеш қилиб, телевизор, кино экранларида, матбуот воситаларида бўлмағур лавҳаларни акс эттириш, бемаънилик ва ҳаёсизликни, баъзан эса, ҳатго ах-лоқий бузуқликни тарғиб қилишлар кўпайиб қолди.
Барчамиз — қаерда, қандай лавозимда ишламайлик, жамиятимизнинг инсонийлик ва ахлоқий ақидаларини поймол қиладиган ана шундай тажовузкорлик кўринишларига қатъий равишда қарши туришимиз лозим. Бундай муносабат жамоатчилигимиз, халқимизга ҳам маъқул бўлади, деб ишонаман».
Орадан йиллар ўтиб, миллатимиз, халқимиз-нинг келажаги, унинг маънавий ҳаётини бойи-тиш мақсади билан йўғрилган бундай сўзлар ҳали исгиқлолимиздан бир йилу тўрт ой олдин, ай-нан она тилимизда айтилганини ҳисобга ола-диган бўлсак, бугун ҳаётга кириб келаётган ёшла-римиз учун, ўйлайманки, кўп нарса аён бўлади.
Айни пайтда юртимизда миллий тикланиш жа-раё ни қарийб бир ярим аср давом этган ижтимо-ий-сиёсий қарамликдан кейин дастлабки пайт-ларда мутлақо табиий равишда ўзига хос «ин-корни инкор» қонунияти асосида кечганини ай-тиш лозим. Лекин биз собиқ тузумнинг мафку-раьий қарашларини умуман инкор этишнинг ўзи ҳеч қандай бунёдкорлик дастурига эга бўлмаган сиесий ва маданий экстремизм хавфини туғди-риши эҳтимолини яхши англар эдик. Шу билан бирга, тарихий қадриятлар, урф-одат ва анъана-лар, турмуш тарзига орқа-олдини ўйламасдан, ёпиасига бетартиб қайтиш бошқа бир кескин-лик, дейлик, бугунги давр ҳаётини қабул қил-маслик, жамиятни янгилаш заруратини инкор этғш каби номақбул ҳолатларга олиб келиши мумкинлигини ҳам унутмаслик зарур эди.
Барчамизга маълумки, миллат ва халқнинг рухи, дунёқараши ва турмуш тарзини ифода эта-диган миллий маънавиятга муносабат, уни за-мон талаблари асосида ривожлантириш, одам-лар нинг дунёқараши ва тафаккурини ўзгартириш масаласи ҳар томонлама чуқур ва пухта ўйлаб иш юритишни талаб қилади. Ўша пайтда баъзи одам-лар, мана, биз мустақилликка эришдик, энди фақат ота-боболаримиздан қолган қадриятлар асосида яшашимиз керак, бошқача қарашлар-нинг бизга ҳожати йўқ, деган асоссиз фикрлар-ни ҳам билдирган эди. Табиийки, бундай фикр-ларга асло қўшилиб бўлмас эди.
Бу борада тўғри йўл тутиш учун авваламбор миллий қадриятнинг ўзи нима эканини аниқ ту-шуниб олиш зарур. Албатта, биз тарих синовла-ридан ўтган, миллий манфаатларимиз, бугунги ва эртанги орзу-интилишларимизга, тараққиёт талабларига тўла жавоб берадиган, йиллар ўтга-ни сари қадри ортиб борадиган ғоя ва тушунча-ларни қадрият деб биламиз.
Ҳар қандай ижтимоий ҳодиса сингари мил-лий қадриятларнинг ҳам ўзига хос ривожланиш қонунияти бор. Бу ҳақиқатни унутиш, миллий қадриятларни бирёклама, сунъий равишда улуғ-лаш ва идеаллаштиришга уриниш, улардан сиё-сий мақсадларда фойдаланиш салбий оқибат-ларга олиб келиши ҳаётда кўп бора ўз исботини топган. Айниқса, Ўзбекистон каби кўпмиллатли, кўпконфессияли мамлакатда бундай ҳаракатлар охир-оқибатда миллатлараро зиддият, миллатчи-лик, миллий ва диний бетоқатлик каби нохуш ҳолатларга олиб келиши мумкин.
Биз халқимизнинг ақл-идроки, мустаҳкам иродаси, бағрикенглиги ва инсонпарварлигига таянган ҳолда, бу борада амалга оширган бир қатор ишлар бугунги кунда ўзининг ижобий са-марасини бермоқда.
Маълумки, ўзликни англаш, миллий онг ва 1 афаккурнинг ифодаси, авлодлар ўртасидаги руҳий-маънавий боғлиқлик тил орқали намоён бўлади. Жамики эзгу фазилатлар инсон қалбига, аввало, она алласи, она тилининг бетакрор жо-зибаси билан сингади. Она тили — бу миллатнинг руҳидир.
Буюк маърифатпарвар бобомиз Абдулла Ав-лонийнинг сўзлари билан айтганда, «Ҳар бир миллатнинг дунёда борлиғини кўрсатадурган ойинаи ҳаёти тил ва адабиётидур. Миллий тилни йўқотмак миллатнинг руҳини йўқотмакдур».
Бу ҳақда гапирганда, мустақиллик арафасида ўзбек тилига давлат тили мақомини бериш маса-ласида қандай қизғин, баъзида кескин ва муро-сасиз баҳс ва тортишувлар бўлиб ўтгани беихтиёр едимизга тушади. Ўшанда айрим сиёсий гуруҳ-лар Ўзбекистон шароитига мутлақо тўғри кел-майдиган, бир-бирига бутунлай зид ва қарама-<;арши фикрларни олға сурган, шунинг ҳисобидан ўзига обрў топиш, одамларни ортидан эргаш-тиришга уринган эди. Нега деганда, тил билан эоғлиқ муаммолар орқали миллий туйғуларни рўкач қилиб, улардан ғаразли мақсадларда фой-даланиш мумкин.
Мана шундай ўта қалтис ва мураккаб вазиятда агарки озгина эҳтиросга берилсак, ҳушёрликни йўқотсак борми, арзимаган учқундан ўт чиқиб кетиши ҳеч гап эмасди. Марказда ва ўзимизда қулай баҳона кутиб, пайт пойлаб турган империя-параст кучларга айнан шу нарса керак эди. Аммо биз улар кутган йўлдан бормадик. Оғир-ваз-минлик билан иш тутиб, ҳар томонлама ўйлаб, мулоҳаза қилиб, барча сиёсий ва ижтимоий гуруҳ-ларнинг талабларини қондирадиган, энг муҳими, халқимиз ва Ватанимиз манфаатларига жавоб бе-радиган ягона тўғри йўлни топишга эршцдик.
Аввало, республика Олий Кенгаши қошида давлат тили бўйича таниқли олимлар, ижодкор зиёлилар, журналистлар ва жамоатчилик вакил-ларидан иборат махсус комиссия ташкил қилин-ди. Комиссия аъзолари аҳолининг турли ижти-моий қатламлари, сиёсий гуруҳлар, барча мил-лат ва элат вакиллари томонидан билдирилган фикр-мулоҳазаларни атрофлича ўрганиб, респуб-лика раҳбарияти ва кенг жамоатчиликка доимий ахборот бериб борар эди. Ана шундай ишчанлик руҳида Олий Кенгаш сессиясига тақдим этила-диган лойиҳанинг ҳар бир моддаси бўйича ҳар тарафлама фикр алмашув, баҳс ва мунозаралар бўлиб ўтди.
Ниҳоят, 1989 йилнинг 19 октябрь куни бу ўта муҳим масала Олий Кенгаш сессияси муҳокамасига қўйилди. Ва қарийб бир ярим асрлик қарамликдан сўнг мамлакатимизда ўзбек тили давлат тили деб эълон қилинди. Халқимизнинг муқаддас қадриятларидан бири бўлмиш она тилимиз ўзининг қонуний мақоми ва ҳимоясига эга бўлди.
Бу Ватанимиз тарихида том маънодаги буюк воқе1эди.
Кабул қилинган қонунда давлат тили билан бирга юртимиздаги барча миллат ва элатларнинг тилларини ривожлантириш, давлат йўли билан ҳимоя қилиш, тили, дини ва миллатидан қатъи назаз, ҳар бир фуқаронинг ўз она тилида таъ-лим. ахборот, керакли маълумот олиш каби ҳуқу<ларини кафолатлаш масалалари аниқ бел-гилаб қўйилган эди. Бу қонун ўша пайтда бошқа республикаларда қабул қилинган тилга оид ҳуж-жатлардан ўзининг демократик моҳияти билан ажрглиб туришини алоҳида таъкидлаш лозим. Жумладан, мазкур қонун давлат идораларида иш-лаш, таълим олиш, мансаб лавозимлари бўйича кўтарилиш, фуқаролик сингари масалаларда одамларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини камсита-дига д турли шартлар ва «ценз»лардан холи экани бкпан жаҳон ҳамжамияти томонидан эътироф этилган талаб ва қоидаларга тўлиқ жавоб берар эди. Шунинг учун ҳам у кўпмиллатли халқимиз томснидан ижобий кутиб олингани бежиз эмас.
1992 йил 7 декабрда қабул қилинган Ўзбекистон Республикаси Конституциясида давлат тилинкнг мақоми ҳуқуқий жиҳатдан аниқ белгиланиб, мустаҳкамлаб қўйилди. Шу тариқа ўзбек тилимустақил давлатимизнинг байроғи, герби, мадҳияси, Конституцияси қаторида турадиган, қонун йўли билан ҳимоя қилинадиган муқаддас тимсолларидан бирига айланди.
Ўтган давр мобайнида давлат тилининг ҳаёти-миздаги ўрни ва таъсирини кучайтириш, уни том маънодаги миллий қадриятга айлантириш йўли-да илгари тасаввур ҳам қилиб бўлмайдиган ул-кан ишлар амалга оширилди.
Истиқлол йилларида ўзбек тилининг қўлла-ниш доираси амалда ниҳоятда кенгайгани, уни илмий асосда ривожлантиришга қаратилган тад-қиқотлар, тилимизнинг ўзига хос хусусиятлари-га бағишланган илмий ва оммабоп китоблар, ўқув қўлланмалари, янги-янги луғатлар кўплаб чоп этилаётгани жамият тафаккурини юксалтириш-га ўз ҳиссасини қўшмоқда.
Айниқса, давлат тилининг халқаро миқёсда ҳам фаол мулоқот воситасига айланиб бораётга-ни эътиборлидир. Хусусан, хорижий мамлакат-лар раҳбарлари билан бўладиган учрашув ва суҳ-батлар, музокаралар, тегишли ҳужжатларни им-золаш маросимларида, нуфузли саммитларда, расмий матбуот анжуманларида ўзбек тилининг ўрни ва аҳамияти ортиб бораётгани ҳаммамизга ғурур-ифтихор бағишлайди.
Шу борада ўзбек тилининг компьютер ва Ин-тернет, аниқ фанлар, тиббиёт, иқтисодиёт каби махсус термин ва тушунчаларни талаб қилади-ган соҳаларда ҳам кенг қўллана бошлагани унинг имкониятлари нечоғлиқ катта эканини кўрсатади.
Ҳолбуки, бундан йигирма йил олдин оддийгина ариза ёки маълумотномани ҳам ўзбек тилида ёзишнинг имкони йўқ эди. Бугун бу ҳақда гапирсангиз, кўпчилик ёшларнинг ишониши қийин. Чунки ҳозирги пайтда олий ҳокимият идораларидан тортиб маҳаллий бошқарув идо-раларигача иш юритиш она тилимизда амалга оширилмоқда.
Биз аждодлардан авлодларга ўтиб келаётган бебаҳо бойликнинг ворислари сифатида она ти-лимизни асраб-авайлашимиз, уни бойитиш, ну-фузини янада ошириш устида доимий ишла-шимиз зарур. Айниқса, фундаментал фанлар, замонавий коммуникация ва ахборот техноло-гиялари, банк-молия тизими каби ўта муҳим соҳаларда она тилимизнинг қўлланиш доирасини кенгайтириш, этимологик ва қиёсий луғатлар нашр этиш, зарур атама ва иборалар, тушунча ва категорияларни ишлаб чиқиш, бир сўз билан айтганда, ўзбек тилини илмий асосда ҳар томон-лама ривожлантириш миллий ўзликни, Ватан туйғусини англашдек эзгу мақсадларга хизмат қи-лиши шубҳасиз.
Маълумки, ўзбек тили асрлар давомида араб ёзуви асосида ривожланиб келган. Айни пайтда буюк аждодларимиз, тилимизнинг ўзига хос грамматик хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда, унинг улкан имкониятларига мос ёзув тизими-ни яратиш ҳақида доимо бош қотириб келган-лари ҳам тарихий манбалардан яхши аён, деб ўйлайман.
Жумладан, 1929 йилда маърифатпарвар зиёлиларимизнинг саъй-ҳаракатлари билан лотин ёзуви асосидаги ўзбек алифбоси ишлаб чиқидци ва жорий этилди. Бу алифбо ўн йил мобайнида амалда бўлиб, лотин ёзувида халқимизнинг маъ-навий мулкига айланиб қолган кўгшаб китоб ва дарсликлар, газета-журналлар ва бошқа матбаа маҳсулотлари, тарихий ҳужжатлар чоп этилди.
Афсуски, ҳукмрон мафкуранинг собиқ СССР ҳудудидаги барча халқлар маданиятини «ягона со-вет маданияти» деган сунъий ғоя остида бирлаш-тиришга қаратилган сиёсати туфайли бу ижобий тажриба ниҳоясига етмасдан қолиб кетди.
Табиийки, мустақилликка эришганимиздан сўнг халқимиз маънавий ҳаётидаги бошқа кўплаб муаммолар қатори тил ва алифбо масаласи ҳам биз учун кун тартибидаги долзарб вазифага ай-ланди. Айниқса, она тилимизнинг халқаро май-дондаги обрў-эътибори ва нуфузини юксалти-риш, мамлакатимизнинг жаҳон коммуникация тизимига интеграциялашувини таъминлаш, фар-зандларимиз учун чет тиллар, ахборот техноло-гияларини ҳар томонлама пухта эгаллаш бора-сида қулай имкониятлар яратиш каби бир-бири-дан муҳим вазифалар бу масалани кечиктирмас-дан ҳал қилишни талаб этар эди.
Лекин шуни ҳам айтиш керакки, бу масала қанчалик ўткир бўлмасин, биз уни ечишда ор-тиқча ҳиссиётларга берилмасдан, илмий асосда, ҳар томонлама ўйлаб, кенг жамоатчиликнинг хоҳиш-истакларини инобатга олиб иш тутдик. Шу мақсадда 1993 йил 2 сентябрда юртимизда «Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жо-рий этиш тўғрисида»™ қонун қабул қилинди.
Ўтган давр мобайнида ана шу қонун ижроси-ни таъминлаш бўйича жуда катта ишлар амалга оширилганини таъкидлаш лозим. Аввало, ўзбек тилининг лотин ёзуви асосидаги имло қоидала-ри ишлаб чиқилди ва ҳаётга татбиқ этилди. Бу-гунги кунда мамлакатимизда таълимнинг барча босқичларида ана шу алифбо асосида билим бе-рилмоқда. Лотин ёзувида чоп этилаётган китоб ва дарсликлар, ўқув қўлланмалари, газета-жур-наллар, реклама ва эълонлар, давлат ҳужжатла-ри ҳозирги вақтда бу имло маданий ҳаётимиз-нинг ажралмас қисмига айланиб бораётганини кўрсатади.
Шу билан бирга, бу масалага мантиқий кўз билан қарайдиган, энг муҳими, халқимизнинг кўпмиллатли эканини инобатга оладиган бўлсак, айрим миллий гуруҳлар кирилл ёзувини ишла-тишини назарда тутиб, юқорида тилга олинган қонунда бу имлодан фойдаланиш учун ҳам им-коният яратиш кўзда тутилган.
Айни вақгда жамиятимизда тил маданиятини ошириш борасида ҳали кўп иш қилишимиз лозимлигини ҳам унутмаслигимиз зарур. Айниқса, баъзан расмий мулоқотларда ҳам адабий тил қоидаларига риоя қилмаслик, фақат маълум бир ҳудуд доирасида ишлатиладиган шева элементларини қўшиб гапириш ҳолатлари учраб туриши бу масалаларнинг ҳали-ҳануз долзарб бўлиб қолаётганини кўрсатади. Бу ҳақца сўз юритганда, бо-бомиз Алишер Навоийнинг «Тилга эътиборсиз — элга эътиборсиз» деган сўзларида нақадар чуқур ҳаётий ҳақиқат мужассам эканига яна бир бор ишонч ҳосил қиламиз.
Барчамизга маълумки, инсон ўзлигини анг-лагани, насл-насабини чуқурроқ билгани сари юрагида Ватанга муҳаббат туйғуси илдиз отиб, улғая боради. Бу илдиз қанча теран бўлса, тугилиб ўсган юртга муҳаббат ҳам шу қадар юксак бўлади.
Албатта, жаҳон — кенг, дунёда мамлакат кўп, лекин бу оламда бетакрор она юртимиз, Ўзбекис-тонимиз яккаю ягона. Бу гўзал юрт, бу муқаддас замин фақат бизга аталган. Мана шу улуг туйғу ҳар биримизнинг дилимизга жо бўлиши, ҳаёти-миз мазмунига айланишини истардим.
Тарих ҳақиқати шуни кўрсатадики, томирида миллий ғурур, Ватан ишқи жўш урган одамгина буюк ишларга қодир бўлади. Биз шундай маъна-вий муҳит яратишимиз керакки, юртимизнинг ҳар бир бурчагида, барча шаҳар ва қишлоқ-ларимиз қиёфасида Ватандан фахрланиш ҳисси кўзимизни, қалбимизни яшнатиб турсин.
Бу ҳақда гапирар эканмиз, айни вақтда муҳим бир масалага алоҳида эътибор қаратишимиз лозим. Юртимизда яшаётган ҳар қайси инсон ўзини энг аввало Ўзбекистон фуқароси деб, шундан кейингина муайян бир худуд вакили, айтайлик, хоразмлик, самарқандлик ёки Фарғона водийси фарзанди деб ҳис қилиши лозим. Табиийки, 5у ҳолат ҳар биримиз мансуб бўлган «мўъжаз ват£н»нинг, туғилиб ўсган шаҳар ёки қишлоқ-нинг қадри ва аҳамиятини асло камайтирмайди. Бироқ шуни эсда тутиш керакки, ҳаддан ташқа-ри бўрттириб юборилган маҳаллий ватанпарвар-лик миллатнинг, халқнинг жипслашувига хала-қит беради.
Ьиз Ватан туйғусини мана шундай яхлит ҳолда, яъни дунёда ягона ўзбек миллати бор, хоразмлик, фарғоналик, сурхондарёлик ўртаси-да хеч қандай миллий фарқ йўқ, уларнинг бар-часи ўзбек халқининг фарзанди деб англаши-миз, ёш авлодимизни айнан шу руҳда тарбия-лаиимиз зарур.
Ьугунги кунда ёшларимиз юртимизнинг кўча ҳиёбонлари, метро ва автобус бекатлари, катта-катта майдонлар, биноларни безаб турган ўзб« кча номлар, шиор ва лавҳаларни кўриб, булар шнг барчасини одатий бир ҳол сифатида қабул қилади. Ваҳоланки, яқин тарихимизда бу манзара бутунлай бошқача кўринишга эга эди. Биргина Тошкент шаҳридаги кўчаларнинг номлар «ўқиб, беихтиёр қайси мамлакатда юрганингизни билмай қолар эдингиз: Ленин, Маркс, Эшельс, Луначарский, Киров, Ворошилов, Лопат ш ва ҳоказо. Шуниси ажабланарлики, большешклар партиясининг доҳийлари бўлмиш бу инсонларнинг бирортаси ҳам умрида юртимизга қад ш қўймаган, бизнинг тарихимиз ва қадриятлар шизга мутлақо алоқаси бўлмаган кимсалар эди. Ёки шаҳардаги аксарият тураржой мавзела-ри «Ц-1», «Ц-2», «Ц-15» деган, одамда ҳеч қан-дай ҳис-туйғу, хотира уйғотмайдиган мавҳум ном-лар билан атаб келинганини эслайлик.
Буларнинг барчаси замирида совет мафкура-сига хос бўлган, одамзотни тарихий хотира, Ва-тан туйғусидан жудо қилишга қаратилган ғараз-ли интилишлар мужассам эканини англаш, ту-шуниш қийин эмас.
Ҳолбуки, аждодларимиз ўзлари яшайдиган ма-ҳалла, шаҳар ва қишлоклар, боғ-хиёбонларга ном танлашга жуда катта эътибор берган. Мисол учун, Тошкентнинг ўн икки дарвозасига берилган чу-қур маъноли, гўзал номларни олайлик. Самар-қанд, Бешёғоч, Кўкча, Чиғатой, Сағбон, Лаб-зак, Тахтапул, Қорасарой, Камолон, Қўймас, Қўқон, Қашқар дарвоза деган номлар аввалам-бор ўзининг аниқ тарихий-жуғрофий маъноси билан ажралиб туради.
Қадимий номларда ота-боболаримизнинг ҳаёт ва тафаккур тарзи яққол ўз аксини топган. Маса-лан, Тошкентнинг Эски шаҳар қисмидаги Пи-чоқчилик, Чархчилик, Кўнчилик, Дегрезлик, Тақачи, Эгарчи, Ўқчи, Заргарлик, Парчабоф сингари маҳалла номлари бу ерда ҳунармандчи-лик нақадар ривожланганидан, халқимизнинг азалдан ўтроқ ҳаёт кечириб, юксак маданий турмуш даражасига эга бўлганидан далолат беради.
Шу нуқтаи назардан қараганда, кейинги йилларда пойтахтимизда миллий тарихимизга бегона бўлган, юқорида зикр этилган ясама, сиёсий номлар ўрнига Миробод, Ракат, Мингўрик, Дар-хонариқ, Шайхонтоҳур, Яккасарой, Зарқайнар, Учтепа каби асл номларнинг тикланганини, энг муҳими, бундай ишлар мамлакатимизнинг бар-ча минтақа ва ҳудудлари миқёсида амалга оши-рилаётганини таъкидлаш жоиз.
Маълумки, бугун биз юртимизда халқимиз хо-ҳиш-иродасининг ифодаси бўлган Конституция ва қонунлар асосида демократик, дунёвий давлат барпо этмоқдамиз. Бу давлат авваламбор дунё-вий тараққиётга, унинг энг илғор ютуқ ва нати-жаларига таянади.
Айни пайтда шуни ҳам унутмаслик керакки, дунёвийлик — бу даҳрийлик дегани эмас. Дин ва диний эътиқод бутунлай рад этиладиган ҳаёт қандай ғайриинсоний кўринишга эга эканини биз кечаги тарихимиз мисолида яхши биламиз. Бундай мафкуранинг хатарли томони шундаки, у неча асрлар давомида дин негизида шаклланган, халқ ҳаётининг ажралмас қисмига айланиб кетган қадриятлар — бу ёзма ёки оғзаки, моддий ёки маънавий мерос бўладими, ахлоқ ёки анъаналар бўладими, миллий дунёқараш ёки турмуш тарзи бўладими — буларнинг барчасини рад этади. Натижада одамзот ўзининг ички дунёси, ҳис туйғу ва қарашлари, таяниб-суяниб турадиган пойдеворидан маҳрум бўлиб, «шўро доҳийлари» айтганидек, улкан давлат машинасининг «винтчаси»га айланади. Охир-оқибатда бундай одам ота-онасини ҳам, ўз миллати, халқи ва Ватанини ҳам танимайдиган аянчли ҳолатга тушиб қолади.
Собиқ мустабид тузум айнан ана шундай ёвуз мақсадларни кўзлар эди. Шунинг учун коммунис-тик мафкура авж олган даврларда, хусусан, ўтган асрнинг 80-йиллари охирларида халқимизнинг бошига қандай азоб-уқубатлар ёғдирилганини, албатта, ҳеч қачон унутиб бўлмайди.
Ўша машъум йилларда кўпчилик ҳатто жано-за маросимларига бориш, яқин кишисини йўқотган одамлардан кўнгил сўрашга ҳам ҳайиқиб қол-ган эди. У ёғини сўрасангиз, баъзи масъул лаво-зимда ишлайдиган одамлар мафкура тазйиқидан юрак олдириб, ота-онаси қазо қилганда дафн ма-росимларида иштирок этмасликка ҳам мажбур бўлган эди.
Лекин ҳар қандай шафқатсиз таъқибларга қа-рамасдан, халқимиз барибир ўз муқаддас динига содиқ қолди. Шунинг ўзиёқ динни инсон, халқ ва жамият ҳаётидан асло ўчириб бўлмаслигидан яна бир бор далолат беради.
Биз муқаддас динимизнинг халқимиз тарихи-даги ана шундай беқиёс ўрни ва таъсирини ино-батга олган ҳолда, уни ҳар томонлама тдклаб, ҳаётимиздан мустаҳкам ва муносиб ўрин олишига эришдик.
Айни вақтда бугунги мураккаб ва шиддатли замонда жаҳонда ўз ўрнини топишга интиладиган ҳар қандай халқ ва миллат умумбашарий тараққиёт ютуқларини ҳар томонлама чуқур ва пухга эгаллаши шартлигини барчамиз яхши туц унамиз. Буюк маърифатпарвар бобомиз Ма умудхўжа Беҳбудий ўтган асрнинг бошидаёқ «Ду нёда турмоқ учун дунёвий фан ва илм лозим-дур, замона илми ва фанидан бебаҳра миллат 601 гқаларга поймол бўлур», деган ҳаққоний фи рлар билан Туркистон аҳлининг онгу шуури-ни /йғотишга даъват этгани бежиз эмас, албатта. Бу ;ўзларнинг қанчалик ҳақиқат эканини бугун-ги эксак тафаккур ва технологиялар замони ҳам ис( отламоқда.
1индан ҳам, агарки ҳозирги вақтда дунёвий шп -фан ва технологияларни чуқур ўзлаштирма-сак, фақат тарихимиз, олис аждодларимизнинг ка1 [фиётлари билан мақтаниб, уларга маҳлиё бўлиб, яшайдиган бўлсак, ана шу ноёб меросни аср 1б-авайлаб, янада бойитиб, унга ўз ҳиссамиз-ни қўшмасак, замон билан ҳамқадам бўлиб юр-мас ак, бизнинг жаҳон майдонида муносиб ўрин эга глашимиз қийин бўлади.
Лунинг учун ҳам бу масалага ёндашувда ҳади-си дарифда айтилган «Бу дунёни деб у дунёни, шухратни деб бу дунёни унутманг» деган мазмун-даг \ сўзларни ҳеч қачон эсимиздан чиқармасли-гта из зарур, деб ўйлайман.
Бизнинг маънавий ҳаётимиз ана шу икки асос, икки таянч нуқтанинг устида мустаҳкам туриши лозим. Бордию ана шу асослардан бирортаси бўлгудек бўлса, яна ўзгаларга тобе ва қарам бўлиишимиз ҳеч гап эмас. Бугунги дунёнинг пасту баландини тушунадиган ҳар қандай ақли расо одам буни яхши англайди, албатта.
Фарзандларимизга ана шу ҳақиқатларни, яъни дунёвий ва диний қадриятлар ўртасидаги нозик муносабатларнинг моҳиятини ҳар томонлама тўғри тушунтириб беришимиз лозим. Тарих ва ҳаёт тажрибаси шундан далолат берадики, дунё-вий ва диний қадриятлар бир-бирини тўлдирмас экан, бугунги куннинг оғир ва мураккаб савол-ларига тўлақонли жавоб топиш осон бўлмайди.
Шу маънода, биз муқаддас динимиз аркон-лари ва қадриятларини доимо улуғлаб, шу би-лан бирга, дунёвий ҳаётга ҳам қатъий ишонч би-лан интилиб яшаган тақдирдагина ўз эзгу мақ-садларимизга ета оламиз.
Шуни айтиш лозимки, халқимиз маънавия-тини юксалтиришда миллий урф-одатларимиз ва уларнинг замирида мужассам бўлган меҳр-оқи-бат, инсонни улурлаш, тинч ва осойишта ҳаёт, дўстлик ва тотувликни қадрлаш, турли муаммо-ларни биргалашиб ҳал қилиш каби ибратли қад-риятлар тобора муҳим аҳамият касб этмоқда. Бу борада маънавий ҳаётимизнинг узвий қисмига айланиб кетган ҳашар одати истиқлол даврида янгича маъно-мазмунга эга бўлиб, умуммиллий анъана тусини олгани барчамизни мамнун этади. Ҳар йили Наврўз ва Мустақиллик байрамлари арафасида ўтказиладиган умумхалқ ҳашарлари бунинг тасдиғидир. Ана шу ҳашарлар пайтида маҳалла ва гузарлар, йўллар ва майдонлар, боғу роғларни тартибга келтириш, дов-дарахтлар ўтқа-зиш, кам таъминланган, муҳтож оилалар, ёлғиз ва қаровчисиз кексаларга амалий ёрдам кўрса-тиш, ҳеч шубҳасиз, жамият тафаккурининг ян-гиланишига кучли таъсир қилмоқца.
Ҳар қайси халқ миллий қадриятларини ўз мақсад-муддаолари, шу билан бирга, умумбаша-рий тараққиёт ютуклари асосида ривожлантириб, маънавий дунёсини юксалтириб боришга инти-лар экан, бу борада тарихий хотира масаласи алохида аҳамият касб этади. Яъни, тарихий хо-тира туйғуси тўлақонли равишда тикланган, халқ босиб ўтган йўл ўзининг барча муваффақият ва зафарлари, йўқотиш ва қурбонлари, қувонч ва изтироблари билан холис ва ҳаққоний ўрганил-ган тақдирдагина чинакам тарих бўлади.
Биз бу масалага ана шундай илмий асосда ёндашиб, қадимий тарихимизни ўрганиш ва баҳо беришда унинг бирор-бир даври ёки жабҳасини эътибордан четда қолдирмасликка ҳаракат қил-дик. Жумладан, мустамлакачилик ва совет дав-ридаги оммавий қатағонлар пайтида зулм ва зўра-вонлик қурбони бўлган, истиқлол йўлида жон фидо этган аждодларимизнинг ҳурмати ва хоти-расини жойига қўйиш, уларнинг эл-юрт озодлиги йўлидаги ишлари, қолдирган меросини излаш ва ўрганишни айнан ана шундай маънавий негизда йўлга қўйганимизни қайд этиш зарур.
Маълумки, 1937—1953 йилларда собиқ СССР ҳудудида мудҳиш оммавий сиёсий қатағонлар амалга оширилган эди. Унинг салбий оқибатла-рини ўзимизга тасаввур этиш учун биргина Ўзбе-кистон бўйича қарийб 100 минг киши қатағонга учраб, 13 минг нафари отиб ташланганини эс-лаш кифоя. Инсоний қадр-қиммати топталган, ҳаёти поймол этилган бу одамлар орасида нафа-қат арбоб ва зиёлилар, балки юзлаб оддий ин-сонлар, юртимизда истиқомат қилган деярли бар-ча миллат ва элатларнинг вакиллари бор эди. Шу даврда қанча-қанча одамларнинг ўз оиласидан жудо бўлгани, аёллар беваликка, гўдаклар етим-ликка маҳкум этилганини, минглаб миришкор деҳқонларнинг қулоқ сифатида олис ўлкаларга сургун қилинганини инобатга олсак, халқимиз бошига тушган бу фожианинг даҳшати янада яқ-қол намоён бўлади.
Эл-юртимиз тақдирига дахлдор бўлган тари-хий адолатни тиклаш, халқимиз ва миллатимиз-нинг яқин ўтмишидаги ёпиқ саҳифаларини тўла очиб бериш, шу тарихдан сабоқ чиқариб, бугун-ги ва келажак ҳаётимизга онгли қарашни шакл-лантириш, бегуноҳ қурбон бўлган инсонлар хо-тирасини абадийлаштириш биз учун ҳам қарз, ҳам фарз эди.
Ана шу инсоний бурчимизни адо этиш мақсадида 2000 йили пойтахтимизнинг Юнусобод туманида қатағон йилларида халқимизнинг минглаб асл фарзандлари қатл этилиб, ном-нишонсиз кўмиб ташланган, неча йиллар давомида қаровсиз қолиб келган Бўзсув канали соҳилидаги Алвастикўприк деб ном олган жарлик ўрнида Шаҳидлар хотираси хиёбони ва кейинчалик шу номда музей ва жамғарма ташкил қилинди. 2001 йилдан эътиборан 31 автуст юртимизда Қатағон қурбонларини ёд этиш куни сифатида нишонла-надиган бўлди. Ҳар йили 31 август тонгида бу масканда халқимизнинг қадимий урф-одатлари-га кўра ош тортиб, Қуръон тиловат қилиш, дав-лат ва ҳукумат раҳбарлари, кенг жамоатчилик ва-килларининг бу ерга келиб, марҳумларни ёд эти-ши, уларнинг руҳига ҳурмат бажо келтириши ибратли анъанага айланиб қолди.
Бу ишлар халқимиз, униб-ўсиб келаётган фар-зандларимизнинг онгу шуурида тарихий адолат-га ишонч ва инсонийлик фазилатларини қарор топтириш, уларнинг маънавий оламини кенгай-тиришда катта тарбиявий аҳамиятга эга экани би-лан айниқса эътиборлидир.
Маълумки, собиқ СССР даврида 9 май ҳар йили Ғалаба куни сифатида байрам қилинар, Марказда ва республикаларда дабдабали ҳарбий парадлар ўтказилар эди. Биз мазкур сананинг аслинсоний маъно-моҳияти ҳамда жамоатчилигимизнинг бу борадаги таклиф ва мулоҳазаларини инобатга олган ҳолда, 9 май кунини мамлакатимизда Хотира ва қадрлаш куни сифатида нишонлашга қарор қилдик. Бу воқеа, ҳеч шубҳасиз, юртимизда тарихий хотирани тўлақонли тиклаш йўлида ҳаётнинг ўзи тақозо этган яна бир жиддий қадам бўлганини айтиш лозим. Шу муносабат билан пойтахтимизда, вилоят ва туманларда совет мафкурасини ўзида ифода этган эски ёдгор-ликлар ўрнига халқимизнинг руҳи ва қарашла-рига ҳамоҳанг бўлган Хотира майдонлари таш-кил этилиб, Мотамсаро она ҳайкали ўрнатилди.
Ана шу майдонларда барпо этилган ёдгорлик мажмуаларида Иккинчи жаҳон урушида ҳалок бўлган юртдошларимизнинг номлари махсус иш-ланган лавҳаларга зарҳал ҳарфлар билан ёзиб қўйилгани, улар ҳақидаги маълумотлар жамлан-ган 35 жилддан иборат «Хотира» китоби чоп этил-гани, айтиш мумкинки, мамлакатимиз тарихи-да ибратли маънавий воқеа бўлди.
Бундай мисолларни кўплаб келтириш мумкин, лекин, мухтасар қилиб айтганда, ана шундай янгиланиш жараёнлари туфайли бугун одамла-римизнинг онгу тафаккури, уларнинг Ватан тақ-дирига, ён-атрофда юз бераётган воқеа-ҳодиса-ларга муносабати тубдан ўзгармоқда. Ўтмиш қо-липларидан воз кечган жамиятимиз аъзолари ҳаётдаги ўз ўрнини янгича тасаввур этмоқда. Эл-юртимизда юксак маънавий фазилатлар, де-мократик қадриятлар мустаҳкамланмоқда, энг муҳими, аҳолимизнинг амалга оширилаётган кенг кўламли янгиланишларга дахлдорлик ҳисси, мам-лакатимизнинг келажагига бўлган ишончи ортиб бормоқда.
Албатта, ҳаммамизга аёнки, жамият тафаккурини бутунлай янгилаш бир-икки йиллик иш эмас, узоқ ва узлуксиз давом этадиган жараён, қолаверса, бу йўлда тинимсиз изланиш ва меҳ-нат қилиш, ҳали-бери учраб турган эскича фикр-лаш асоратларини енгиб ўтиш осон эмаслигини ҳам яхши тушунамиз.
Айни вақтда биз жамиятни ва жамият тафак-курини янгилашнинг инқилобий усулларига, бу жараённи сунъий равишда четдан туриб, зўравонлик йўли билан тезлаштиришга қаратилган ҳар қандай уринишларга мутлақо қаршимиз. Биз барча соҳаларда, жумладан, маънавий соҳада ҳам тадрижий-эволюцион ислоҳотлар йўли тарафдо-римиз ва бунга қатъий амал қиламиз. Яъни, сод-да қилиб айтганда, одамларнинг дунёқараши, эътиқод ва тафаккурида демократик тамойиллар ва демократик қарашларнинг кенгайиши ва мус-таҳкам ўрин топиши авваламбор ҳаётнинг та-бшга юриши билан, уларнинг моддий турмуш даражаси ва маданий савияси тобора ривож-лакиши ва юксалиши билан чамбарчас боғлиқ эканини ҳаётнинг ўзи тақозо этади.
Қар қайси жамиятнинг демократик нуқтаи назардан янгиланиши ва юксалиши шу жамият-нинг, шу давлатнинг тараққиёти маҳсули эка-нини ҳаммамиз чуқур англаб олишимиз зарур.
Мана шундай қонуният ва қарашларни ин-кор этиш, уларни тан олмаслик ва бунга тескари йўл тутиш, ҳеч шубҳасиз, кутилмаган ва тескари салбий натижаларга олиб келиши муқаррарли-гини кўп-кўп мисолларда кўриш қийин эмас, албатта.
Ислоҳотлар ва уларнинг маънавий мезони
Жамият ҳаётида шундай даврлар бўладики, ўз умрини яшаб бўлган эски тузум қонун-қоида-ларини янгича асосда ўзгартириш, барча соҳалар-да кенг кўламли ислоҳотларни амалга ошириш зарурати энг муҳим эҳтиёж, керак бўлса, ҳаёт-мамот масаласи сифатида кун тартибига чиқади.
Биз ўз мустақиллигимизни қўлга киритиб, янги тараққиёт йўлига қадам қўйганимиздан сўнг халқимизнинг хоҳиш-иродаси, асрий орзу-интилишларига таянган ҳолда, шўро давридан оғир мерос бўлиб қолган маъмурий-буйруқбоз-лик тизимини тубдан ислоҳ қилиш, унинг ўрни-да моҳият эътибори билан бутунлай янги — эркин бозор муносабатларига асосланган ҳу-қуқий давлат, демократик жамият барпо этишга азму қарор қилдик. Табиийки, бу мақсадга эри-шиш учун қандай стратегик йўл, ислоҳотлар-нинг қандай шакл ва усули маъқул экани ҳақида олимлар ва мутахассислар, кенг жамоатчилик, эл-юртимиз вакиллари билан биргаликда кўп ўйладик, атрофлича маслаҳатлашдик. Бу борада тараққий топган давлатлар мисолида ўзини оқ-лаган илғор тажрибаларни чуқур ўргандик.
Энг муҳими, халқимизнинг ҳаёт тарзи, миллий анъана ва қадриятларимизни, аҳолининг руҳи ва кайфиятини ҳам ҳар томонлама ҳисобга олдик. Чунки ҳар қандай ислоҳотнинг пировард натижаси аввало унинг заруратини аҳолининг кенг қатламлари қай даражада тушуни-ши ва қўллаб-қувватлаши, бу ўзгаришларнинг инсон ҳаётига, унинг фаровонлигини ошириш-га кўрсатадиган амалий таъсири билан ўлча-нади. Ана шу ҳақиқатдан келиб чиққан ҳолда, одамларга ислоҳотларнинг маъно-моҳиятини аниқ-равшан тушунтириб бериш, шу асосда жамият аъзоларида ишонч уйғотиш, уларни бунёдкорлик сари сафарбар этиш муҳим аҳа-миятга эга.
Ана шундай кенг миқёсдаги ўрганиш ва ҳар томонлама изланишлар натижасида биз бугунги кунда бутун дунёда ўзбек модели сифатида тан олинган тараққиёт моделини ишлаб чиқдик. Бу моделнинг асосий тамойиллари — яъни, иқтисод-нинг сиёсатдан холи экани, давлатнинг бош исло-ҳотчи бўлиши, қонун устуворлиги, кучли ижтимоий сиёсат, ислоҳотларни тадрижий асосда босқичма-босқич амалга ошириш принциплари барчамизга яхши аён.
Таъкидлаш жоизки, бутун ҳаётда ўзини тўлиқ оқлаган бу моделнинг негизида авваламбор ҳаётга реалистик қараш, прагматик ёндашув мужассам, десак, айни ҳақиқат бўлади.
Еш давлатимиз мураккаб синов кунларини бошидан кечираётган бир пайтда, қанчалик қийин бўлмасин, биз фақат ўз куч ва имкониятларимизга таяниб ва суяниб иш тутишга мажбур эдик. Ана шундай вазиятда кўплаб ўткир ва кескин саволларга жавоб излаш ва топишга тўғри келди. Масалан, қайси давлат бизга қанча ва қандай шартлар билан сармоя ва қарз беради? Қарз берган дав-латларнинг сиёсий шартлари бўлмайдими? Биров-дан қарз олиб, кейин унинг сиртмоғига тушиб қолмаймизми? Олган қарз-кредитларимиз бўйни-мизда оғир юк бўлиб қолиб кетмайдими?
Қарз олиш осон, бу ҳаммамизга маълум, ле-кин уни бир кун келиб тўлаш ҳам керак. Биз фақатгина бугунги кунни эмас, балки эртамиз-ни, келажак авлодларни ҳам ўйлашимиз керак. Биз ҳозир хато қилиб қўйсак, фарзандларимиз келажакда қоқилиб қолишини ҳисобга олмасак, бу катта гуноҳ бўлади.
Бугун, орадан неча йиллар ўтганидан кейин ўзига хос миллий тараққиёт йўлини танлаган дастлабки даврни кўз олдимизга келтирадиган бўлсак, бизнинг ислоҳотлар сиёсатимизда маъ-навий мезонлар доимо ҳал қилувчи омил бўлиб келаётгани янада яққол аён бўлади. Ўша пайтда собиқ иттифоқ ҳудудидаги айрим мамлакатлар-да «шок терапияси» деган усул билан бир сакраб бозор иқтисодиётига ўтиш ёки алоҳида бир дав-латда «демократия оролчаси» барпо этиш ҳақида қанча-қанча шов-шувлар кўтарилган эди.
Бугун табиий савол туғилади: қани ўша даъво-ларнинг амалий натижаси? Қани ўша бутун-бу-тун халклар ва мамлакатларга мисли кўрилмаган бахтли ҳаёт, фаровонлик ваъда қилган зотлар?
Ўша пайтда собиқ совет ҳудудида эндигина мустақилликка эришган ёш давлатларга нисбатан айрим қудратли мамлакатлар ва сиёсий мар-казларнинг манфаатларига жавоб берадиган ана шундай таги пуч тавсияларни таклиф қилиш, уларни турли йўллар билан жорий этишга ури-ниш ҳаракатлари ниҳоятда кучайган эди. Бундай кескин бир шароитда яккаю ягона тўғри йўлни адашмай танлаб олиш ва уни ҳар қандай хуруж-лардан қатъият билан ҳимоя қилиш осон эмас эди.
Биз ўшанда четдаги «маслаҳатчи»ларнинг «до-но кенгашлари»дан эмас, балки халқимизнинг хоҳиш-иродаси, юртимиздаги ҳақиқий вазиятдан келиб чиққан ҳолда оғир-вазминлик билан, ҳар томонлама чуқур ўйлаб сиёсат олиб бордик.
Албатта, мураккаб ўтиш даврида бошқа кўп-гина муҳим вазифалар қатори, халқимизнинг бугунги ва эртанги ҳаёти, унинг маънавий ола-мига зарар етишига, ижтимоий адолат тамойил-ларининг бузилишига, жумладан, аҳолининг бир қисми ўта бойиб, аксарияти ўта қашшокликка юз тутишига йўл қўймаслик масаласи ҳам дои-мо диққат-эътиборимиз марказида турди.
Аслида, ҳар қандай ислоҳотнинг энг муҳим самараси аввало халқнинг маънавий-руҳий қарашларидаги янгиланиш жараёнлари, унинг онгутафаккурининг юксалиши, мамлакатда юз бераётган ўзгаришлар унинг ҳаётига, тақдирига дахлдор бўлганини чуқур ҳис қилиши ва шундан хулоса чиқариши билан белгиланади. Биз амалга оширилаётган ислоҳотларимизда ана шундай натижаларга эришиш учун барча ўзгариш ва янги-ланишларнинг марказига инсон ва унинг ман-фаатларини қўйдик. Шунинг учун ҳам бугунги кунда ана шу жараёнларнинг моҳиятида ис-лоҳот— ислоҳот учун эмас, аввало инсон учун, унинг фаровон ҳаёти учун хизмат қилиши керак, деган мақсад мужассам эканини ва унинг ама-лий ифодасини барча соҳаларда кўриш, кузатиш қийин эмас.
Агарки биз мустақилликка эришганимиздан сўнг босқичма-босқич ривожланиш йўлини эмас, балки «шок терапияси» деб ном олган инқило-бий сакраш йўлини танласак, энг қийин вазият-ларда аксарият аҳолимиз қандай аҳволга тушиб қолган бўлар эди? Ҳеч шубҳасиз, стихияли тарз-да юз берадиган шиддатли ўзгаришлар тўфонида одамларнинг моддий турмуш шароити кескин ёмонлашиб, уларнинг ҳаёт тарзи, ахлоқий қад-риятлари, миллий-маънавий қиёфаси бутунлай издан чиқиб кетиши ҳеч гап эмас эди. Бир сўз билан айтганда, бундай бирёқлама сиёсат ҳеч ку-тилмаган оқибатларга, ўрнини юз йилларда ҳам тўлдириб, қоплаб бўлмайдиган оғир йўқотишлар-га олиб келиши муқаррар эди.
Шунинг учун ҳам биз, четдан ҳар қанча таклиф ва тавсиялар, ҳатто талаблар бўлмасин, ҳеч қачон инқилобий сакрашлар йўлидан бормадик. Юртимиздаги бугунги тинч ва осойишта, бунёдкор ҳаёт, барқарор тараққиёт бундай ёндашувнинг нақадар тўғри бўлганини ва узоқни кўзла ганини кўплаб соҳалардаги ижобий натижалар мисэлида тасдиклаб бермоқда. Ўша масъулиятли пай"ларда, биз кескин ижтимоий ларзаларга олиб келадиган ҳар қандай инқилобий ҳаракатларга қаршимиз, бизнинг тадрижий ривожланиш та-мойилларига асосланган ўз йўлимиз бор ва бу йўлдан ҳеч қачон қайтмаймиз, деб айтган қатъ-ий сўзимиз, мустаҳкам позициямиз албатта бу-гуғ ўз ҳосилини бермоқда.
Бизнинг ислоҳотлар давомида наинки моддий фаровонликка, айни пайтда маънавий юксалишга ҳам эришишни ўзимиз учун асосий мезон деб билганимиз умумий тараққиётимизда бир томон-га оғиб кетмаслик, жамият ҳаётида сув билан ҳаводек зарур бўлган мувозанат ва барқарорлик-ни таъминлашда муҳим аҳамият касб этмоқда. Чушси бозор иқтисодиёти ҳамма нарсани жойи-га 1;уяди, деган енгил-елпи қарашга итоат қилиб, фақат моддий бойлик ортидан қувиш — хал-қимизнинг азалий орзу-интилишларига ҳам, ин-соғкйлик билан йўғрилган миллий қадриятла-римиз моҳиятига ҳам тўғри келмас эди. Шу боис ислоҳотларни амалга оширишда маънавият ва иқтисодиёт бир-бирини инкор этмайди, аксин-ча, бир-бирини қувватлаб, ўзаро таъсирланиб, ривожланиб боради, деган қоидани ўзимиз учун дастуриламал сифатида белгилаб олдик.
1М аънавият ва иқтисодиёт соҳасининг минглаб ҳаётий масалалар, таъбир жоиз бўлса, жонли ришталар орқали ўзаро чамбарчас боғланиб кетганини инобатга олиб, халқимизнинг руҳия-ти, турмуш тарзи, қадимий урф-одат ва анъана-ларимизга ҳар томонлама мос бўлган ислоҳотлар йўлини танладик.
Айниқса, ўтиш даврида давлатнинг бош ис-лоҳотчи сифатидаги ролини ислоҳотларни жо-рий этишнинг асосий шартларидан бири тари-қасида қатъий белгилаб олганимиз иқтисодиёт-нинг универсал талаб ва мезонларини миллий маънавиятимиз хусусиятлари билан уйғунлашти-ришда ғоят муҳим аҳамият касб этди.
Маълумки, мустабид тузум давридаги иқти-содиёт бирёклама ривожланган, маъмурий-буй-руқбозлик усулига асосланган бўлиб, халқнинг маънавий қарашлари ва интилишларидан йироқ эди. Ана шундай мушкул бир вазиятда давлатнинг ислоҳотчилик ролини тан олмаслик, бу масалани ўзибўларчилик ҳолатига ташлаб қўйиш — эски ти-зимдан қолган ночор ва хаста иқтисодиёт ўз-ўзи-дан эркин бозор иқтисодиётига, совет жамияти эса демократик жамиятга айланиб қолади, деб хомхаёл қилиш билан баробар эди.
Шу ўринда таъкидлаш жоизки, демократия авваламбор маънавий мезонлар асосида бошқариладиган, кучли ҳуқуқий давлат, кучли фуқаролик жамияти демакдир. Айтиш мумкинки, ҳуқуқий давлат ва фуқаролик жамияти демократиянинг ўзаро узвий боғлиқ бўлган икки жиҳати, икки қанотидир. Айнан шу боис биз «Кучли давлатдан — кучли жамият сари» концепциясини ишлаб чиқдик ва бу ғояни изчил амалга оши-ри л масаласига биринчи даражали аҳамият қара-тиб келмоқдамиз.
Эътиборли томони шундаки, ислоҳотларнинг дас тлабки босқичидан бошлаб ҳозирга қадар кенг кўламли сиёсий, иқтисодий-ижтимоий дастур ва рехаларимизнинг барчасида халқимизнинг маъна-вий ҳаёти билан боғлиқ масалалар алоҳида устувор йўналиш сифатида кун тартибига қўйилмоқда.
Табиийки, бир тизимдан иккинчи тизимга ўтиш жараёнида одамлар онгида, жамият маф-курасида туб ўзгаришлар содир бўлади. Бироқ, баъзи бировларнинг ҳадиксираб, эркин бозор ша-ро ^тида маънавий-ахлоқий қадриятларнинг қиммати тушиб кетади, маданият иккинчи да-рахали нарсага айланиб қолади, деган хавотир-лари ўринсиз экани Ўзбекистондаги бугунги ўзга-ришлар мисолида яна бир бор яққол аён бўлмоқда. Ҳозирги кунда мамлакатимизда давлат бюдже-тининг 50 фоиздан зиёди ижтимоий соҳага йў-налтирилгани ҳам буни тасдиқлайди.
Учинчи боб
МАЪНАВИЯТГА ТАҲДИД -ЎЗЛИГИМИЗ ВА КЕЛАЖАГИМИЗГА ТАҲДИД
Глобаллашув жараёнлари ва маънавий таҳдидлар
Бугун биз тез суръатлар билан ўзгариб бораётган, инсоният ҳозирга қадар бошидан кечирган даврлардан тубдан фарқ қиладиган ўта шиддатли ва мураккаб бир замонда яшамоқдамиз. Давлат ва сиёсат арбоблари, файласуфлар важамиятшунос олимлар, шарҳловчи ва журналистлар бу даврни турлича таърифлаб, ҳар хил номлар билан атамоқда. Кимдир уни юксак технологиялар замони деса, кимдир тафаккур асри, яна биров ялпи ахборотлашув даври сифатида изоҳламоқда. Албатта, бу фикрларнинг барчасида ҳам маълум маънода ҳақиқат, рационал мағиз бор. Чунки уларнинг ҳар бири ўзида бугунги серқирра ва ранг-баранг ҳаётнинг қайсидир белги-аломатини акс эттириши табиий. Аммо кўпчиликнинг онгида бу давр глобаллашув даври тариқасида таассурот уйғотмоқда. Бундай таъриф, менимча, кўп томондан масаланинг моҳиятини тўғри ифодалайди. Нега деганда, ҳозирги пайтда ер юзининг қайси чеккасида қандай бир воқеа юз бермасин, одамзот бу ҳақда дунёнинг бошқа чеккасида зудлик билан хабар топиши ҳеч кимга сир эмас.
Ана шундай глобаллашув феномени ҳақида га-пирганда, бу атама бугунги кунда илмий-фалса-фи 4, ҳаётий тушунча сифатида жуда кенг маъно-ни англатишини таъкидлаш лозим. Умумий нуқ-таи назардан қараганда, бу жараён мутлақо ян-гича маъно-мазмундаги хўжалик, ижтимоий-сиё-сиу, табиий-биологик глобал муҳитнинг шакл-лағишини ва шу билан бирга, мавжуд миллий ва минтақавий муаммоларнинг жаҳон миқёси-даги муаммоларга айланиб боришини ифода эт]у оқда.
Глобаллашув жараёни ҳаётимизга тобора тез ва чуқур кириб келаётганининг асосий омили ва сабаби хусусида гапирганда шуни объектив тан олил керак — бугунги кунда ҳар қайси давлат-нинг тараққиёти ва равнақи нафақат яқин ва узоқ қушнилар, балки жаҳон миқёсида бошқа мин-тақа ва ҳудудлар билан шундай чамбарчас боғла-ниб боряптики, бирон мамлакатнинг бу жараён-дан четда туриши ижобий натижаларга олиб кел-маслигини тушуниш, англаш қийин эмас.
11у маънода, глобаллашув — бу аввало ҳаёт сурьатларининг беқиёс даражада тезлашуви де-маьдир.
Ҳар бир ижтимоий ҳодисанинг ижобий ва салбий томони бўлгани сингари, глобаллашув жараёни ҳам бундан мустасно эмас. Ҳозирги пайт-да унинг ғоят ўткир ва кенг қамровли таъсирини деярли барча соҳаларда кўриш, ҳис этиш мум-кик. Айниқса, давлатлар ва халқлар ўртасидаги интеграция ва ҳамкорлик алоқаларининг куча-йиши, хорижий инвестициялар, капитал ва то-варлар, ишчи кучининг эркин ҳаракати учун қулайликлар вужудга келиши, кўплаб янги иш ўринларининг яратилиши, замонавий коммуни-кация ва ахборот технологияларининг, илм-фан ютукларининг тезлик билан тарқалиши, турли қадриятларнинг умуминсоний негизда уйғунла-шуви, цивилизациялараро мулоқотнинг янгича сифат касб этиши, экологик офатлар пайтида ўзаро ёрдам кўрсатиш имкониятларининг орти-ши — табиийки, буларнинг барчасига глобалла-шув туфайли эришилмоқца.
Айни пайтда ҳаёт ҳақиқати шуни кўрсатади-ки, ҳар қандай тараққиёт маҳсулидан икки хил мақсадда - эзгулик ва ёвузлик йўлида фойдала-ниш мумкин. Агарки башарият тарихини, унинг тафаккур ривожини тадрижий равишда кўздан кечирадиган бўлсак, ҳаётда инсонни камолотга, юксак марраларга чорлайдиган эзгу ғоя ва таъ-лимотлар билан ёвуз ва зарарли ғоялар ўртасида азалдан кураш мавжуд бўлиб келганини ва бу кураш бугун ҳам давом этаётганини кўрамиз.
Бугунги кунда замонавий ахборот майдонидаги ҳаракатлар шу қадар тиғиз, шу қадар тезкорки, энди илгаригидек, ҳа, бу воқеа биздан жуда олисда юз берибди, унинг бизга алоқаси йўқ, деб бепарво қараб бўлмайди. Ана шундай кайфиятга берилган халқ ёки миллат тараққиётдан юз йиллар орқада қолиб кетиши ҳеч гап эмас. Глобаллашув жараёнининг яна бир ўзига хос жиҳати шундан иборатки, ҳозирги шароитда у мафкуравий таъсир ўтказишнинг ниҳоятда ўткир қуролига айланиб, ҳар хил сиёсий кучлар ва мар-казларнинг манфаатларига хизмат қилаётганини соғлом фикрлайдиган ҳар қандай одам, албатта, кузатиши муқаррар.
Бу ҳақда гапирганда, мен илгари билдирган баъзи фикрларни такрорлаш ўринли, деб ўй-лайман.
Таъбир жоиз бўлса, айтиш мумкинки, бугунги замонда мафкура полигонлари ядро полигонлари-дан ҳам кўпроқ кучга эга. Бу масаланинг кишини доимо огоҳ бўлишга ундовчи томони шундаки, агар ҳарбий, иқтисодий, сиёсий тазйиқ бўлса, буни сезиш, кўриш, олдини олиш мумкин, аммо мафкуравий тазйиқни, унинг таъсири ва оқибат-ларини тезда илғаб етиш ниҳоятда қийин.
Мана шундай вазиятда одам ўз мустақил фик-рига, замонлар синовидан ўтган ҳаётий-миллий қадриятларга, соғлом негизда шаклланган дунё-қараш ва мустаҳкам иродага эга бўлмаса, ҳар тур-ли маънавий тахдидларга, уларнинг гоҳ ошкора, гоҳ пинҳона кўринишдаги таъсирига бардош бе-риши амримаҳол. Буни кундалик ҳаётда учраб ту-радиган кўплаб воқеалар мисолида яққол куза-тиш мумкин ва уларнинг қандай оғир оқибат-ларга олиб келишини узоқ тушунтириб ўтириш-нинг ҳожати йўқ, деб ўйлайман. Ўтган йиллар давомида дунёда ва минтақамизда рўй берган, биз бевосита ўз бошимиздан кечирган воқеалар, мафкуравий жараёнларнинг ривожи бу хулоса-нинг тўғри эканини қайта-қайта исботламоқда.
Бугунги кунда ёшларимиз нафақат ўқув дар-гохларида, балки радио-телевидение, матбуот, Интернет каби воситалар орқали ҳам ранг-баранг ахборот ва маълумотларни олмоқда. Жа-ҳон ахборот майдони тобора кенгайиб бораётган шундай бир шароитда болаларимизнинг онгини фақат ўраб-чирмаб, уни ўқима, буни кўрма, деб бир томонлама тарбия бериш, уларнинг атро-фини темир девор билан ўраб олиш, ҳеч шубҳа-сиз, замоннинг талабига ҳам, бизнинг эзгу мақ-сад-муддаоларимизга ҳам тўғри келмайди. Нега деганда, биз юртимизда очиқ ва эркин демокра-тик жамият қуриш вазифасини ўз олдимизга қатъий мақсад қилиб қўйганмиз ва бу йўлдан ҳеч қачон қайтмаймиз.
Бинобарин, биз давлатимиз келажагини ўз қобиғимизга ўралиб қолган ҳолда эмас, балки умумбашарий ва демократик қадриятларни чуқур ўзлаштирган ҳолда тасаввур этамиз. Биз истиқболимизни тараққий топган мамлакатлар тажрибасидан фойдаланиб, давлат ва жамият бошқарувини эркинлаштириш, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини, фикрлар ранг-баранглигини ўз ҳаётимизга янада кенгроқжорий қилишда кўрамиз. Биз бутун маърифатли дунё, халқаро ҳамжамият билан тинч-тотув, эркин ва фаровон ҳаёт кечириш, ўзаро манфаатли ҳамкорлик қилиш тарафдоримиз. Биз учун шундай йўл маъқул, унинг бошқа муфбили йўқ.
Мухтасар қилиб айтганда, ёшларимизнинг маьчавий оламида бўшлиқ вужудга келмаслиги учун уларнинг қалби ва онгида соғлом ҳаёт тар-зи ииллий ва умуммиллий қадриятларга ҳурмат-эҳ'иром туйғусини болалик пайтидан бошлаб шакллантиришимиз зарур.
Шуни унутмаслик керакки, бугунги кунда инсон маънавиятига қарши йўналтирилган, бир қарашда арзимас бўлиб туюладиган кичкина ха-бар ҳам ахборот оламидаги глобаллашув шидда-тидан куч олиб, кўзга кўринмайдиган, лекин зарарини ҳеч нарса билан қоплаб бўлмайдиган улсан зиён етказиши мумкин.
даммамиз яхши биламизки, ҳар қайси дав-латганг чегараларини дахлсиз саклашда ҳарбий куьқудрат, қуролли кучлар сув билан қаводек зарур. Аммо халқимиз, авваламбор, ёш авлоди-мкз маънавий оламининг дахлсизлигини асраш учун биз нималарга таяниб-суяниб иш олиб бо-рихимиз керак, деган савол бугун барчамизни ўй. тнтириши табиий.
Мен, ҳаётда кўп бора ўз тасдиғини топган ҳақиқатдан келиб чиққан ҳолда, бу масалада шундай деган бўлардим: тобора кучайиб бораётганбу ^дай хатарларга қарши доимо сергак, огоҳ ва ҳушёр бўлиб яшашимиз зарур. Бундай тахдидларга қарши ҳар томонлама чуқур ўйланган, пухта илмий асосда ташкил этилган, мунтазам ва узлуксиз равишда олиб бориладиган маънавий тарбия билан жавоб бериш мумкин.
Барчамизга аён бўлиши керакки, қаердаки бе-парволик ва лоқайдлик ҳукм сурса, энг долзарб масалалар ўзибўларчиликка ташлаб қўиилса, ўша ерда маънавият энг ожиз ва заиф нуқтага айлана-ди. Ва аксинча — қаерда ҳушёрлик ва жонкуярлик, юксак ақл-идрок ва тафаккур ҳукмрон бўлса, ўша ерда маънавият қудратли кучга айланади.
Айниқса, бугунги кунда халқаро майдонда тур-ли сиёсий кучлар ўзининг миллий ва стратегик режаларига эришиш учун «Эркинлик ва демокра-тияни олға силжитиш» ниқоби остида амалга ошираётган, узоқни кўзлаган сиёсатнинг асл мо-ҳияти ва мақсадларини ўз вақтида сезиш, анг-лаш катта аҳамият касб этади.
Шу борада айрим қудратли давлатлар томо-нидан муайян мамлакатларга, авваламбор, ер ости, ер усти бойликларига эга бўлган ҳудудлар-га нисбатан олиб борилаётган ана шундай ғараз-ли сиёсатни дунёнинг айрим минтақаларида тинч ҳаётнинг издан чиқиши, ҳокимият тепасига ай-нан ўша давлатларнинг манфаатларига хизмат қиладиган кучларнинг келиши билан боғлиқ мисолларда кўриш қийин эмас.
Ана шундай вазиятни ҳисобга олган ҳолда, яна ва яна бир бор халқимизнинг маънавий оламини бундай таҳдидлардан асраш, ҳозирги ўта мураккаб бир замонда халқаро майдонда содир бўлаётган жараёнларнинг туб моҳиятига етиб бориш, улар ҳақида холис ва мустақил фикрга эга б/лиш бугунги куннинг энг долзарб вазифаси, дссак, ҳеч қандай хато бўлмайди.
Биз юртимизда янги ҳаёт асосларини барпо ар эканмиз, бир масалага алоҳида эътибор беришимиз лозим. Яъни, коммунистик мафкура ва инг ахлоқ нормаларидан воз кечилганидан сўнг шиятда пайдо бўлган ғоявий бўшлиқдан , шдаланиб, четдан биз учун мутлақо ёт бўлган, маънавий ва ахлоқий тубанлик иллатларини ўз их ига олган «оммавий маданият» ёпирилиб ки-р^ б келиши мумкинлигини унутмаслик керак.
Табиийки, «оммавий маданият» деган ниқоб остида ахлоқий бузуқяик ва зўравонлик, инди-видуализм, эгоцентризм ғояларини тарқатиш, керак бўлса, шунинг ҳисобидан бойлик ортти-риш, бошқа халқларнинг неча минг йиллик анъ-ана ва қадриятлари, турмуш тарзининг маъна-вий негизларига беписандлик, уларни қўпоришга қаратилган хатарли таҳдидлар одамни ташвишга солмай қўймайди.
Ҳозирги вақтда ахлоқсизликни маданият деб биташ ва аксинча, асл маънавий қадриятларни менсимасдан, эскилик сарқити деб қараш билан бо: лиқ ҳолатлар бугунги тараққиётга, инсон ҳаёти, оила муқаддаслиги ва ёшлар тарбиясига катта хавф солмоқда ва кўпчилик бутун жаҳонда бамисоли бш о-қазодек тарқалиб бораётган бундай хуруж- лар га қарши курашиш нақадар муҳим эканини англаб олмоқда. Бу ҳақда фикр юритганда, бизнинг улуғ аж-додларимиз ўз даврида комил инсон ҳақида бу-тун бир ахлоқий мезонлар мажмуини, замона-вий тилда айтганда, шарқона ахлоқ кодексини ишлаб чиққанликларини эслаш ўринли, деб би-ламан. Ота-боболаримизнинг онту тафаккурида асрлар, минг йиллар давомида шаклланиб, сай-қал топган ор-номус, уят ва андиша, шарму ҳаё, ибо ва иффат каби юксак ахлоқий туйғу ва ту-шунчалар бу кодекснинг асосий маъно-мазму-нини ташкил этади, десак, ўйлайманки, хато қилмаган бўламиз.
Шу нуқтаи назардан қараганда, уят — ўлим-дан қаттиқ, деган гаплар халқимиз тилида ўз-ўзидан пайдо бўлмаган, аксинча, бундай ибо-ралар эл-юртимизга мансуб эзгу ва гўзал ах-лоқий қадриятларнинг асл мазмунини ифода этади.
Дарҳақиқат, уят ва ор-номусини йўқотган одам, Аҳмад Яссавий бобомиз айтганидек, худ-дики ҳайвон жинсига айланиб қолади.
Буюк мутафаккир Алишер Навоийнинг:Олдиға қўйганни емак — ҳайвон иши, Оғзига келганни демак - нодон иши, —деган чуқур маъноли сўзлари ҳам бу фикрни тас-диқлаб беради. Ўз-ўзидан равшанки, бугунги замон воқеликка очиқ кўз билан, реал ва ҳушёр қарашни, жаҳон-да ва ён-атрофимизда мавжуд бўлган, тобора кучайиб бораётган маънавий таҳдид ва хатарлар-ни тўғри баҳолаб, улардан тегишли хулоса ва сабоқлар чиқариб яшашни талаб этмоқца. Шу боис юртдошларимиз, айниқса, ёш авлод онгида мураккаб ва таҳликали ҳаёт ҳақида, унинг шаф-қатсиз ўйинлари тўғрисида бирёклама ва сохта тасаввур бўлмаслиги керак.
Фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя
Ҳозирги вақтда кўз ўнгимизда дунёнинг гео-политик, иқтисодий ва ижтимоий, ахборот-ком-муникация манзарасида чуқур ўзгаришлар рўй бераётган, турли мафкуралар тортишуви кескин тус олаётган бир вазиятда, барчамизга аёнки, фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя, жаҳолатга қарши маърифат билан курашиш ҳар қачонгидан кўра муҳим аҳамият касб этмоқца.
Маълумки, ҳар қандай касалликнинг олдиниолиш учун, аввало, киши организмида унга қарши иммунитет ҳосил қилинади. Биз ҳам фарзандларимизни она Ватанга муҳаббат, бой тарихимизга, ота-боболаримизнинг муқаддас динига садоқат руҳида тарбиялаш учун, таъбир жоиз бўлса, аввало уларнинг қалби ва онгида мафкуравий иммунитетни кучайтиришимиз зарур. Токи ёшларимиз миллий ўзлигини, шу билан бирга, дунёни чуқур англайдиган, замон билан баробар қадам ташлайдиган инсонлар бўлиб етишсин. Ана шунда жоҳил ақидапарастларнинг «даъвати» ҳам, ахлоқ-одоб тушунчаларини рад этадиган, биз учун мутлақо бегона ғоялар ҳам улар-га ўз таъсирини ўтказа олмайди.
Ёш авлодимизни турли маънавий тажовузлар-дан ҳимоя қилиш ҳақида гагтирганда, нафақат халқимизни улуғлайдиган буюк хусусиятлар, айни пайтда унинг ривожланишига салбий таъ-сир кўрсатган, эски замонлардан қолиб келаёт-ган номаъқул одатлар ҳақида ҳам очиқ сўз юри-тишимиз зарур. Биринчи навбатда худбинлик ва лоқайдлик, қариндош-уруғчилик ва маҳаллийчи-лик, коррупция ва манфаатпарастлик, бошқа-ларни менсимаслик каби иллатлардан жамияти-мизни бутунлай халос этиш тўғрисида ўйлашимиз лозим. Мен бу ўта муҳим вазифа кенг жамоатчили-гимизнинг, айниқса, зиёлиларимиз, олим ва адиб-ларимиз, санъат ва маданият аҳди, ўзини маъ-навият соҳасига бағишлаган барча инсонларнинг доимий диққат марказида бўлишини истардим.
Бу ўринда ана шундай салбий хусусиятларнинг энг хунук кўриниши бўлмиш ҳасад тўғрисида тўхталиб ўтиш жоиз деб ўйлайман. Одамзот ва жамият ҳаётида оғир асоратлар қолдирадиган ҳасад туйғуси авваламбор бошқаларни кўролмаслик, уларнинг ютуғидан қувониш ўрнига, қандайдир куйиниш, ичиқоралик оқибатида пайдо бўлади.
Шунинг учун ҳам муқаддас китобларимизда ҳасад инсонийликка мутлақо зид бўлган жирканч одат сифатида қаттиқ қораланади. Жумладан, муборак ҳадисларда «Бировга ҳасад қилишдан сақланинг, чунки олов ўтинни қандай куйдириб тугатса, ҳасад ҳам қилган савоб ишла-рюгизни худди шундай куйдириб тугатади», деб ай"илгани бежиз эмас.
Азал-азалдан очиқкўнгил, самимий ва меҳнат-каш, яхшиликни юксак қадрлайдиган халқимиз бундай иллатлардан доимо ҳазар қилиб келади. Лешн, минг афсуски, умр йўлларида ҳасад ба-лоеига кўп дуч келамиз. Олис ва яқин тарихимиз-да не-не буюк зотлар ҳасад ва бахиллик, кў-ролмаслик туфайли қандай азоб-уқубатларни бошидан кечиргани, соғлиғи, ҳатто ҳаётидан жу-до бўлганини аччиқ мисолларда кўриш мумкин.
Ўзбек номини, ўзбек илм-фани ва маданиятини, бир сўз билан айтганда, халқимизнинг юксак салоҳиятини, унинг қандай буюк ишларга қодир эканини дунёга намойиш қилишда юртимиз заминидан етишиб чиққан юзлаб улуғ зотлар фидоийлик намуналарини кўрсатиб келган. Бувдай инсонлар диёримизда ҳозир ҳам кўплаб топилади ва бундан кейин ҳам уларнинг сафлари кенгайиб бораверади. Ҳамма гап ана шундай инсонларга хайрихоҳлик билан муносабатда бўлиш, уларни қўллаб-қувватлашда. Агар биз малшакатимизнинг қайси шаҳар ёки қишлоғида бўлмасин, йилт этган истеъдод учқунини кўрганда, ҳаммамиз уни ўз вақтида пайқаб, ардоклаб, парвона бўлиб, унга йўл очиб берсак, барча саъй-ҳаракат ва интилишларимизни ана шундай олижаноб мақсадга қаратсак, мухтасар айтганда, ҳасад қилиб эмас, ҳавас қилиб яшашни ҳаётимиз қоидасига айлантирсак, ҳеч шубҳасиз, биз миллий тараққиёт бобида янада юксак марралар-ни эгаллашга эриша оламиз.
Бу ҳақца гапирар эканмиз, маънавий ҳаёти-мизга жиддий хавф соладиган яна бир иллат ҳа-қида тўхталиб ўтмоқчиман. Шахсан ўзим бу ил-латдан жирканаман. Шу иллатга чалинган одам-ни кўрарга кўзим йўқ. Бу — сотқинликдир. Мен ҳар қандай ёвузликни сотқинликдан кўраман. Эзгулик ва ҳақиқатга садоқати бўлмаган, уларга ишонмаган одам қўрқинчлидир. Табиатида сот-қинлик хусусияти бўлган одам раҳбарлик курси-сига ўтириб қолса борми, у ерда осойишталик йўқолди, деяверинг. Иккита одамнинг, иккита мамлакатнинг ўртасидаги урушни ҳам айнан шундай одамлар бошлаб беради. Шу боис бундай одамлардан огоҳ бўлишимиз, уларга ёнимизда ўрин бўлмаслиги лозим. Агар теварак-атрофимиз-даги бирорта кишида шундай аломатлар сезила-ётган бўлса, уларни дарҳол тарбиямизга олиб, тўғри йўлга бошлашимиз керак.
Шу муносабат билан тарихда кўп марта ўз тас-диғини топган, мен ҳам ўз тажрибамда синаган ҳаётий бир ҳақиқатни яна бир бор такрорлашни зарур деб ҳисоблайман: агар биз аҳил бўлсак, эл-юрт манфаати йўлида бир тану бир жон бўлиб яшасак, ўзимиздан сотқин чиқмаса, ўзбек халқиии ҳеч ким ҳеч қачон енга олмайди.
Бу ҳаётда одам баъзан ўзини йўқотиб қўядиган ғоят мураккаб муаммоларга дуч келади. Кескин вазиятдан чиқишнинг иложи йўқдек туюла-диган ҳолатлар бор. Шундай пайтда, ишда ва ҳаёт-да, жамиятда оғир савдоларга дуч келганда ким ўзининг йўлини йўқотмаслиги мумкин? Ўйлай-манки, биринчи навбатда ўз кучига ишонган, ру-ҳиғ дунёси, маънавий олами бақувват бўлган одамгина бундай вазиятдан ёруғ юз билан чиқа олади. Маънавий бойлик шундай пайтда одамга катга куч ва мадад беради.
Шу маънода, инсоннинг маънавияти юкса-лиши билан унинг иродаси ҳам кучайиб боради, десак, янглишмаган бўламиз. Ирода - бу аслида мустаҳкам ишонч демакдир. Иродаси бақувват одам ўзига ишонади ва ҳар қандай мураккаб ва-зифани ҳам ўз зиммасига олишдан қўрқмайди. Шунинг учун ҳам юксак иродали инсонга суя-ниш мумкин. Бундай кишилар бошингизга би-рор-бир ташвиш ёки муаммо тушгудек бўлса, лоқайд қараб туролмайди. Ҳеч иккиланмасдан, ёнингизда туриб, қўлидан келганча ёрдам бериш-га, қийинчиликларни сиз билан биргаликда ен-гишга ҳаракат қилади.
Лекин бировнинг ҳаётига, ён-атрофда содир бўлаётган воқеа-ҳодисаларга бетараф ва бег арво қараб, шунчаки кузатувчи бўлиб яшайдиган одамдан қўрқиш керак. Улардан ҳеч қачон яхоилик чиқмайди. Чунки уларда на иймон, на ирода бўлади. Улар ҳатто ўз халқи ва Ватани такдирига ҳам бамисоли бегона одамдек қарайди. Азалдан маълумки, бепарво одам душмандан ҳам хавфлироқцир. Чунки душманнинг кимлиги, асл қиёфаси сиз учун олдиндан маълум бўлади. Бироқ лоқайд ва бепарво одамнинг қиёфасини бирданига билиб бўлмайди. Шунинг учун у ичин-гизда юриб, сизга қарши тиш қайрайдиган душ-манлар учун имконият яратиб беради.
Машҳур файласуфлардан бири ана шу ҳаётий ҳақиқатни чуқур таҳлил этиб, қуйидаги ҳаққо-ний фикрларни баён қилган: «Душманлардан қўрқма — нари борса, улар сени ўлдириши мум-кин. Дўстлардан қўрқма — нари борса, улар сен-га хиёнат қилиши мумкин. Бефарқ одамлардан қўрқ — улар сени ўлдирмайди ҳам, сотмайди ҳам, фақат уларнинг жим ва бепарво қараб туриши туфайли ер юзида хиёнат ва қотилликлар содир бўлаверади».
Ҳар бир инсон ҳаётида ғоят муҳим аҳамиятга эга бўлган ана шундай фикрларни униб-ўсиб ке-лаётган ёшларнинг онгига сингдириш, уларни ҳаёт синовларига бардошли этиб тайёрлаш бизнинг ота-она, устоз-мураббий, раҳбар-раҳнамо сифа-тидаги, шу муқаддас юрт фуқароси сифатидаги муқаддас бурчимиздир.
Бу борадаги энг долзарб вазифамиз — юқорида зикр этилган барча жараёнларнинг илмий-назарий асосларини, уларнинг янги қирраларини мукаммал очиб бериш, ўқувчиларимиз, талабаларимизга, кенг жамоатчиликка содда, лўнда қилиб тушунтириб бориш ва уларни бугунги замон талабларига жавоб берадиган жамият қури-ли! 1ининг фаол бунёдкорларига айлантиришдан иборат.
эунинг учун авваламбор тараққиётимизнинг ҳар бир йўналиши — жамиятимиздаги сиёсий, ижтимоий-иқтисодий, маънавий муносабатларлар ривожи ҳақида махсус адабиётлар яратиш тиз 1мини янада такомиллаштириш зарур.
^батта, бу масала бўйича ижтимоий фан-лар соҳасида маълум ишлар қилинмоқда, аммо холисона айтадиган бўлсак, бу борада чоп этил-ган кўпчилик дарсликлар, ўқув қўлланмалари, оммабоп адабиётларнинг ҳам, аксарият соҳа му-тах шсисларининг ҳам савияси талаб даражаси-да :шаслигини қайд этишга мажбурмиз. Бундай нохуш ҳолатларга барҳам бериш вақти келди.
Хеч шубҳасиз, юртимизда эркин, адолатли ва фаровон ҳаёт қуриш жараёнида ижтимоий-сиёсий муносабатлар, одамларнинг онги ва та-фаькури ҳам ўзига хос, шу билан бирга, мут-лақо янгича маъно касб этиб бормоқда. Хусу-сан, шахс ва давлат, инсон ва жамият ўртасидаги муносабатлар янгича мазмун ва шакл топиб, ян1и хусусиятлар, янги тамойиллар асосида такомиллашиб бораётганини сезиш, англаш қикин эмас.
жнобарин, буларнинг барчаси янгича қадриятлар ва демократик принциплар моҳиятига, ўз турмуш ва тафаккур тарзимизга мос, биз барпо этишга интилаётган эркин фуқаролик жамияти талабларига жавоб берадиган муносабатлар сифатида ижтимоий фанларнинг асосий тадқи-қот мавзуларига айланиши даркор.
Бу борадаги энг муҳим вазифа шундан ибо-ратки, ҳар қайси фуқаро, ҳар қайси инсон жа-мият тараққиёти ва уни янгилашга, маънавий ҳаётимизни турли таҳдид ва хуружлардан ҳимоя қилиш масаласига бўлган ўз бурчи ва масъулия-тини айнан ана шу асосда аниқлаб олиши зарур.
Бу масала ҳақида чуқурроқ ўйлаб кўрадиган бўлсак, шу тамойилларга таянган жамиятнинг ўзига хос ижтимоий шакл-шамойили, унинг қиёфаси, ривожланиш йўллари, устувор хусуси-ятлари тўғрисидаги аниқ тасаввур турли фикр, баҳс-мунозаралар орқалигина аён бўлишини эътироф этишимиз ва буни ўзимизга мезон қилиб олишимиз зарур.
Бундай кенг кўламли ва ўта муҳим масала-ларни ҳал қилишда давлатимиз ва жамиятимиз ижтимоий фанлар соҳасида фаолият олиб бора-ётган илмий-тадқиқот институтлари, олий ўқув юртлари, турли ижтимоий марказлар, аввалам-бор, Маънавият тарғибот маркази, Миллий ғоя ва мафкура илмий-амалий маркази томонидан ҳар томонлама асосланган чуқур таклиф ва тав-сияларни кутишга тўла ҳақлидир.
Айниқса, бугунги мураккаб мафкуравий жараёнларни илмий-амалий жиҳатдан атрофлича таҳлил қилиш ва баҳолаш, уларнинг устувор йўналишларини, кимга ва нимага қарши қаратилга нини аниклаш, аҳоли турли қатламларига таъсирини ўрганиш, миллий манфаатларимизга, ҳаёг тарзимизга зид бўлган зарарли ғоялар ва мафкуравий хуружларнинг моҳиятини очиб бериш, фу ;ароларимиз қалбида миллий тафаккур ва соғлом дунёқараш асосларини мустаҳкамлаш ало-ҳид.а аҳамият касб этади.
Фақат ана шундай асосда ёшларни ўз фикри-га эга, турли маънавий хуружларга қарши собит тура олишга қодир бўлган, иродали, фидойи ва ват анпарвар инсонлар этиб тарбиялашга эришиш му] 1кин. Бу борада маънавий-маърифий тарғибот ииларининг таъсирчанлигини таъминлайдиган заъонавий информацион ва компьютер техно-логияларини кенг жорий этиш, жамиятимизнинг мафкуравий иммунитетини кучайтиришга қара-тш ган самарали усул-услубларни ишлаб чиқиш, да^лат ва жамоат ташкилотлари учун тегишли таюия ва қўлланмаларни тайёрлаш бугунги кун-да муҳим вазифамизга айланиб бораётганини чу^ур тушуниб олишимиз зарур.
Тўртинчи боб
ВАТАНИМИЗ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУСТАҲКАМ ПОЙДЕВОРИ
Инсон қалбига йўл
Ушбу китобнинг олдинги бобларида биз маънавиятнинг мазмун-моҳияти, уни шакллантирадиган асосий омиллар, маънавий ва модций ҳаёг уйғунлиги, юртимизда амалга оширилаётган кен -кўламли ислоҳотларнинг маънавий мезонлари ҳақида, шунингдек, бугунги глобаллашув даврида маънавий оламимизни турли салбий таъсир ва таҳдидлардан асраш ва ҳимоя қилиш билан боғлиқ муаммолар хусусида батафсил тўхталиб ўтдик.
Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, ҳар қайси инсон ва жамиятнинг маънавий дунёсига айнан шундай кўз билан қараш, одамни онгли яшашга, етукликка чорлайдиган бундай беқиёс қудра" манбаининг ҳаётимиздаги ўрни ва ақамиятини чуқур ва атрофлича таҳлил қилиш муҳим бир ҳақиқатни, яъни юксак маънавият — енгилмас куч эканини англатади ва тасдиклайди.
Шу ўринда табиий бир савол туғилади: маънавиятни чиндан ҳам ана шундай қудратли кучга айлантириш учун биз қандай масалаларга биринчи галда эътибор беришимиз, қандай ишларни амалга оширишимиз зарур?
Маънавият ҳақида ҳар қанча даъватлар, муҳим назарий фикрлар билдирилмасин, агар уларни жамият онгига сингдириш учун доимий иш олиб бормасак, бу борадаги фаолиятимизни ҳар то-монлама ттухта ўйланган тизимли равишда ташкил этмасак, табиийки, биз кўзланган мақсадга эри-шолмаймиз, яъни, инсон қалбига йўл тополмаймиз.
Шунинг учун ҳам биз бугунги кунда таълим-тарбия соҳасидан бошлаб, матбуот, телевидение, Интернет ва бошқа оммавий ахборот воситала-ри, театр, кино, адабиёт, мусиқа, рассомлик ва ҳайкалтарошлик санъатигача, бир сўз билан айт-ганда, инсоннинг қалби ва тафаккурига бевосита таъсир ўтказадиган барча соҳалардаги фаолия-тимизни халқнинг маънавий эҳтиёжлари, замон талаблари асосида янада кучайтиришимиз, янги босқичга кўтаришимиз зарур.
Айниқса, барча даврларда ҳам ғоят мураккаб ва масъулиятли бўлган бу ишларни ўз зиммасига олган, эски қолиплардан воз кечиб, бу соҳада янги йўлларни очиб бераётган, одамларнинг дунёқа-рашини янада бойитиш учун тинимсиз меҳнат қилаётган фидойи инсонларнинг бир қарашда кўзга ташланмайдиган, лекин катта қунт, билим ва тажрибани талаб қиладиган интилиш ва ама-лий ҳаракатларини кенг қўллаб-қувватлашимиз, уларнинг самарали натижаларга эришиши учун ҳар томонлама шароит яратиб беришимиз лозим.
Бу ҳақда гапирганда, шуни таъкидлаш жоиз-ки, ана шу соҳа вакиллари, яъни ўқитувчи ва мураббийлар, ёзувчи ва журналистлар, кино ва театр аҳли, мусиқачилар ва рассомлар, умуман, зиёлиларимиз халқимиз учун янгича воқелик бўлмиш бозор иқтисодиётига ўтиш даврида жа-мият олдидаги маънавий бурчини чуқур ҳис эт-ган хрлда, ўз истеъдод ва маҳоратини аямасдан астойдил меҳнат қилмоқда.
Барчамизга аёнки, инсон қалбига йўл аввало таълим-тарбиядан бошланади. Шунинг учун қачонки бу ҳақца гап кетса, аждодларимиз қолдирган бебаҳо меросни эслаш билан бирга, ота-оналаримиз қатори биз учун энг яқин бўлган яна бир буюк зот — ўқитувчи ва мураббийларнинг олижаноб меҳнатини ҳурмат билан тилга оламиз.
Биз юртимизда янги авлод, янги тафаккур со-ҳибларини тарбиялашдек масъулиятли вазифа-ни адо этишда биринчи галда ана шу машаққатли касб эгаларига суянамиз ва таянамиз, эртага ўрни-мизга келадиган ёшларнинг маънавий дунёсини шакллантиришда уларнинг хизмати нақадар бе-қиёс эканини ўзимизга яхши тасаввур қиламиз.
Бу ёруғ оламда ҳар бир одам ўзининг меҳрибон ота-онасига, устоз ва муаллимларга нисбатан ҳамиша миннатдорлик туйғуси билан яшайди. Инсон ўз умри давомида қандай ютуқ ва натижаларга эришмасин, қаерда, қандай лавозимда ишламасин, мактаб даргохида олган таълим-тарбияси унинг етук шахс ва малакали мутахассис бўлиб шаклланишида улкан аҳамиятга эга экани шубхасиз. Мухтасар айтганда, мактаб деган улуғ даргоқ-нинг инсон ва жамият тараққиётидаги ҳиссаси ва таъсирини, нафақат ёшларимиз, балки бутун халқимиз келажагини ҳал қиладиган ўқитувчи ва мураббийлар меҳнатини ҳеч нарса билан ўлчаб, қиёслаб бўлмайди.
Шу нуқтаи назардан қараганда, маърифатпар-вар боболаримизнинг фикрини давом эттириб, агарки дунё иморатлари ичида энг улуғи мактаб бўлса, касбларнинг ичида энг шарафлиси ўқитув-чилик ва мураббийликдир, десак, ўйлайманки, айни ҳақиқатни айтган бўламиз. Чиндан ҳам, ўқитувчи наинки синф хонасига файз ва зиё олиб кирадиган, балки минг-минглаб мурғак қалбларга эзгулик ёғдусини бахш этадиган, ўз ўқувчилари-га ҳақиқатан ҳам ҳаёт мактабини берадиган мўътабар зотдир. Она тилимизда «мактаб кўрган», «мактаб яратган» деган чуқур маъноли иборалар-нинг мавжудлиги ҳам бу муқаддас даргоҳнинг, заҳматкаш ўқитувчи меҳнатининг давлат ва жа-мият ҳаетида қанчалик муҳим ўрин тутишидан далолат беради.
Биз юртимизда 1 октябрь санасини Ўқитув-чилар ва мураббийлар куни сифатида умумхалқ байрами деб эълон қилганимизнинг чуқур маъ-носи бор, албатга.
Бу байрам аввало ўзининг билим ва тажрибаси, истеъдод ва маҳорати, инсоний фазилатларини, кўз нури ва қалб қўри, бутун борлиғини аямасдан, маърифат йўлида беминнат хизмат қиладиган устоз ва мураббийларимизга нисба-тан халқимизнинг азалий ҳурмат-эҳтиромининг яққол намунасидир.
Янги жамият бунёдкори бўлмиш янги инсон-ни тарбиялашда ҳозирги пайтда маҳаллаларимиз-да самарали фаолият олиб бораётган, бу ноёб тузилмани том маънода ўзини ўзи бошқариш идо-расига айлантиришга катта ҳисса қўшиб келаёт-ган маҳалла оқсоқоллари ва фаоллари, фуқаролар йиғинларининг диний маърифат ва маънавий-ахлоқий масалалар бўйича маслаҳатчиларининг ижобий таъсири тобора ортиб бормоқда. Айнан ана шу инсонларнинг одамлар кўнглига йўл топиб, уларнинг дарду ташвишига шерик бўлиб, ўз вақтида бераётган амалий ёрдамлари, тўғри ва ўринли маслаҳатлари туфайли оила ва маҳал-ла муҳитида, бутун диёримизда тинчлик ва осо-йишталик, ўзаро меҳр-оқибат туйғулари кучайиб бораётганини эл-юртимиз юксак қадрлайди. Айниқса, ёш йигит ва қизларимизнинг мустақил ҳаётга кириб бориши, ёш оилаларнинг жамиятдан ўзига муносиб ўрин топишида бу фидойи ва меҳрибон, жонкуяр одамларнинг қанчалик муҳим роль ўйнаётганини ҳурмат билан эътироф этишимиз лозим.
Жамиятимиз маънавиятини юксалтириш билан боғлиқжараёнларнинг мураккаб томони шундаки, бугунги кунда бошимиздан кечираётган ижтимоий-сиёсий тараққиёт йўлида учрайдиган жуда кўп муаммоларни ҳам назарий, ҳам амалий жиҳатдан фақат ўз кучимиз ва салоҳияти-мизга таяниб ҳал этишга тўғри келмоқда.
Шу мақсадда мустақилликнинг дастлабки кун-ларидан бошлаб юртимизда амалга оширилаёт-ган кенг кўламли ишларнинг амалий натижаси ўлароқ, адабиёт ва санъат, маданият, матбуот со-ҳаси мафкуравий тазйиқдан бутунлай халос бўлга-нини қайд этиш жоиз. Ҳар қандай ижод намуна-си, бадиий асар синфий бўлиши ва қандайдир ғояга, коммунистик мафкура манфаатларига хизмат қилиши керак, деган қарашлар бугун ўтмишга айланди. Эркин ижод учун, миллий қад-риятларимиз ва бой маънавиятимизни, халқи-миз тарихини, унинг бугунги сермазмун ҳаёти-ни тўлақонли ва ҳаққоний акс эттириш учун за-рур шароитлар яратилди.
Бугунги кунда ўз ҳаётини ана шундай масъу-лиятли соҳага бағишлаган кўплаб истеъдод со-ҳиблари юртимизда янги ҳаёт, янги жамиятнинг маънавий асосларини мустаҳкамлаш, комил ин-сонни тарбиялаш йўлида муносиб ҳисса қушиб келмокда. Айниқса, ҳозирги вақтда дунёда ку-чайиб бораётган турли маънавий таҳдидларнинг олдини олиш, «оммавий маданият»нинг зарар-ли таъсиридан фарзандларимизнинг онгу тафак-курини ҳимоя қилишда илму фан ва маданият жамоатчилиги, ижод аҳлининг ўрни ва роли то-бора ортиб бормоқца.
Нега деганда, бизнинг миллий руҳимиз ва та-биатимизга ёт ва бегона бўлган ана шундай «ма-даният» намуналарини фақат танқид ва инкор қилиш ёки уларни тақиқлаш билан бирон нати-жага эришиб бўлмайди. Бундай хатарлардан ҳаёти-мизни асраш, маънавий бўшлиққа йўл қўймас-лик учун авваламбор эзгу инсоний ғоялар ва юксак маҳорат билан яратилган асарлар орқали халқимизнинг маданий савиясини юксалтириш, бошқача айтганда, бугун жаҳон майдонида юз бераётган кескин ақи-заковат ва истеъдод мусо-бақасида беллашувга қодир бўлишимиз шарт.
Шу нуқтаи назардан қараганда, ҳозирги пайт-да ҳаётимизни электрон ахборот воситалари, ху-сусан, телевидение ва радиосиз умуман тасаввур этиб бўлмайди. Бугунги кунда улар бир вақшинг ўзида қам ахборот майдони, ҳам ижтимоий-сиё-сий, маънавий-маърифий минбар, шу билан бирга, инсонга маданий, бадиий-эстетик озиқ берадиган ва ҳордиқ чиқарадиган макон вазифа-сини бажармоқда, десак, хато бўлмайди.
Шу сабабли ўткир таъсир кучига эга бўлган телевидение ва радио соҳасини изчил тараққий эттириш жамиятнинг доимий эътибор маркази-да бўлиши табиий. Ҳозирги кунда мамлакатимиз-даги асосий миллий теле-радиоканаллар аҳоли-нинг холис ва ҳаққоний ахборотга эга бўлиш ҳуқуқини таъминлаш, юртдошларимизнинг ма-даний савияси, билим ва дунёқарашини ошириш, қадимий анъаналаримиз, тарихий меросимизни асраб-авайлаш ва ривожлантириш, шу билан бир-га, фуқароларимиз онгида демократик қадрият-лар, гражданлик позициясини шакллантириш, ёш авлодни ватанпарварлик ва умуминсоний қадри ятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш йўлида муно-сиб хизмат қилаётганини таъкидлаш керак.
Айни вақтда ҳали бу соҳада олдимизда амалга оширишимиз зарур бўлган кўпгина мақсадлар турганини ҳам айтиш лозим. Аввало, телевиде-ниени давлат ва жамиятимизни бамисоли бир кўприкдек боғлаб турадиган жонли мулоқот во-ситасига айлантириш, эфир орқали бугунги кун-нинг долзарб муаммоларини кўпроқ акс эттириш, жамоатчилик фикрини шакллантириш, фуқаро-ларимизнинг ижтимоий фаоллигини кучайти-риш, ҳар қайси инсоннинг ўз мустақил фикри-ни ифода этишига имкон бериш, турли ижти-моий тоифа ва гуруҳларнинг қизиқиш ва инти-лишлари, ҳаётий манфаатларини ёритиб бориш масалаларига алоҳида эътибор қаратиш зарур.
Ҳозирги даврда матбуот, оммавий ахборот во-ситалари шундай қудратли кучга айланмоқдаки, ўз келажагини ўйлайдиган ҳар қайси халқ ва мил-лат буни сезмаслиги, қис этмаслиги мумкин эмас.
Шу сабабли ҳам оммавий ахборот воситала-рини замон талаблари асосида ривожлантириш, матбуот ва сўз эркинлиги принципларини амалда таъминлашга эришиш, матбуотда танқид руҳини кучайтириш биз учун энг муҳим мақсадлардан бири бўлиб қолмоқда.
Жаҳон миқёсида воқеалар шиддат билан кеча-ётган бир пайтда замонавий ахборот-коммуни-кация технологияларидан, Интернетнинг беқиёс имкониятларидан кенг фойдаланишга тайёр бўлиш матбуот, ахборот ва медиа тармоқлари, жум-ладан, телевидение ва радио соҳасида хизмат қилишга ўзини бағишлаган, етук мутахассис бўлишга ахд қилган ва бу соҳада ўз келажагини кўрмоқчи бўлган оммавий ахборот воситалари ходимларининг фаолият мезонига айланиши за-рурлигини барчамиз яхши англаймиз.
Бугунги кунда ҳар қайси матбуот ходими касб маҳоратини эгаллаш билан бирга, ўз ҳаётий принципларига ҳам эга бўлиши, ҳақиқат учун курашишга интилиши, шу йўлда қатъият ва ши-жоат кўрсатиши, лўнда қилиб айтганда, виждон амри билан яшашини замоннинг ўзи талаб қил-моқда.
Инсонни, унинг маънавий оламини кашф этадиган яна бир қудратли восита борки, у ҳам бўлса, сўз санъати, бадиий адабиётдир. Адабиёт-нинг инсоншунослик деб, шоир ва ёзувчилар-нинг эса инсон руҳининг муҳандислари, деб таъ-рифланиши бежиз эмас, албатта.
Халқимиз орасидан мана шу ғоят машаққат-ли соҳага бутун ҳаёти ва ноёб истеъдодини ба-ғишлаб, адабиётимиз хазинасидан муносиб ўрин эгаллаган ўлмас асарлар яратган буюк сўз санъат-корлари уларни барчасининг номларини зикр этиш, албатта, кўп вақтни талаб қилган бўлур эди — етишиб чиққани билан барчамиз ҳақли ра-вишда фахрланамиз.
Адабиёт, сўз санъати азалдан халқ қалбининг ифодачиси, ҳақиқат ва адолат жарчиси бўлиб келади. Хусусан, мустақиллик йилларида юрти-мизда маънавиятимизнинг ғоят муҳим ва узвий қисми бўлган адабиётни ривожлантириш, шоир ва ёзувчиларимизнинг эзгу меҳнатини қадрлаш ва муносиб рағбатлантириш бўйича амалга оши-рилаётган ишлар ўз ҳосилини бераётгани, бади-ий адабиётимиз мавзулар кўлами жиҳатидан қам, жанрлар нуқтаи назаридан ҳам ранг-баранг бў-либ бораётгани, адабиёт майдонида янги-янги номлар пайдо бўлаётгани китобхон халқимизни албатта қувонтиради. Буларнинг барчаси миллий тикланиш жараёнлари қалам ахлининг ижодий изланишлари учун қандай катта уфқлар очиб бер-ганини яна бир бор кўрсатади. Дейлик, ҳозирги пайтда тарихий мавзуни ёритишда — бу Имом Бу-хорий ёки Имом Термизий бўладими, Жалолид-дин Мангуберди ёки Амир Темур сиймосини яра-тиш бўладими, олис ва яқин ўтмишимизнинг ҳали очилмаган саҳифаларини акс эттириш бўладими — буюк аждодларимизнинг ибратли ҳаёт йўли тас-вирланган кўплаб асарлар дунёга келмоқца.
Совет мафкураси ҳукмрон бўлган замонларда бу ҳақда сўз очиш, кўҳна ва бой тарихимизга бун-дай муносабатда бўлиш «тарихни идеаллашти-риш» деб танқид қилиниб, тазйиқ ўтказиб кел-ганини ўша даврларни бошидан кечирган, ком-мунистик мафкура жабрини тортган ёши улуғ адибларимиз албатта яхши эслайдилар.
Ҳаммамиз яхши тушунамиз — адабиётда та-рихий ҳақиқатни тиклаш билан бирга, халқимиз адибларимиздан бугунги кунимиз ҳақида, замо-намиз қаҳрамонлари ҳақида янги-янги асарлар кутаётгани табиийдир. Кейинги йилларда ана шундай руҳ билан йўғрилган бир қанча шеърий асарлар пайдо бўлаётганини мамуният билан таъ-кидлаш жоиз.
Ишонамизки, ёзувчи ва драматургларимиз ҳам бугунги авлодларнинг фидокорона меҳнати, бун-ёдкорлик салохияти, замондошларимизнинг маъ-навий-руҳий дунёси, ҳаётга кириб келаётган ва ҳал қилувчи кучга айланаётган ёшларимизнинг пок орзу-интилишлари ўзининг теран бадиий ифодасини топган янги асарлар билан халқи-мизни хушнуд этадилар.
Бугунги кунда халқаро ҳамжамият сафидан муносиб ва мустаҳкам ўрин эгаллаб бораётган Ўзбекистонимизга, унинг тарихан қисқа даврда қўлга киритган улкан марраларига, эл-юртимиз-нинг маънавий илдизлари, урф-одат ва анъана-ларига, бир сўз билан айтганда, ўзбек харак-тери, ўзбек табиатига бутун дунёда қизиқиш ва ҳурмат тобора ортиб бормоқда. Табиийки, узоқ-яқиндаги хорижий дўсту биродарларимиз, жаҳон жамоатчилиги энг аввало бизнинг замонавий адабиетимиз ва санъатимиз орқали ўзларини қизиқтирадиган ана шундай саволларга жавоб топишни истайди.
Кейинги йилларда миллий адабиётимизнинг энг яхши намуналарини чет тилларга таржима қилиш ва шу асосда халқимизнинг ҳаёт тарзи ва инсоний фазилатларини кенг намойиш этиш борасида ҳам катта имкониятлар пайдо бўлмоқда. Лекин, афсуски, бу масалада биз ҳали-бери кўзга кўринадиган амалий натижаларга эриша олгани-миз йўқ.
Илгари ўзбек адабиётининг намуналарини бошқа тилларга таржима қилиш асосан учинчи тил, яъни рус тили орқали амалга оширилар эди. Бу борада қилинган катта ишларни муносиб ба-ҳолаган ҳолда, эндиликда адабиётимизнинг энг етук асарларини бевосита она тилимиздан ғарб ва шарқ тилларига таржима қилишга қаратилган ишларни кучайтиришимиз зарур. Бунингучун хо~ рижий тилларни, адабиет ва бадиий таржима санъатининг назарий ва амалий жиҳатларини ҳар томонлама пухта эгаллаган мутахассисларни тай-ёрлаш имкониятлари бизда мавжуд.
Узоқ йиллар давомида ўзбек адабиётини тўғри-дан-тўғри она тилимиздан таржима қилиб кел-ган чет эллик таржимонлар билан бирга, мамла-катимиз олий ўқув юртларида таълим олаётган истеъдодли ўғил-қизларимизни мана глу машақ-қатли, айни пайтда олижаноб ишга жалб этиш, бу масаланинг ечими билан бевосита боғлиқ бўлган ташкилий-амалий вазифаларни ҳал қили-шимиз мақсадга мувофиқ бўлур эди.
Агар биз Ўзбекистонимизни дунёга тараннум этмоқчи, унинг қадимий тарихи ва ёруғ кела-жагини улуғламоқчи, уни авлодлар хотирасида боқий сақламоқчи бўлсак, авваламбор буюк ёзув-чиларни, буюк шоирларни, буюк ижодкорларнитарбиялашимиз керак. Нега деганда, улуғ адиб Чўлпон айтганидек, адабиёт яшаса — миллат яшайди.
Инсоннинг руҳий камолоти ҳақида гапирар эканмиз, албатта бу мақсадга мусиқа санъатисиз эришиб бўлмайди. Халқимиз ҳаётида мусиқа азал-дан беқиёс ўрин тутиб келади. Самарқанд яқини-даги Мўминобод қишлоғидан 3 минг 300 йил муқаддам суякдан ясалган най чолғуси топилгани ҳам шундан далолат беради.
Мусиқа садолари қайси халқ ёки миллат ваки-ли томонидан ижро этилмасин, энг эзгу, юксак ва нозик инсоний кечинмаларни ифода этади. Машҳур тарихчи Шарафиддин Али Яздий ўзи-нинг «Зафарнома» китобида Амир Темур даврида ўтказилган мусиқий анжуманлар ҳақнда тўхталиб, «Яхши овозли хонандалар куйлашни бошлаб, ға-залу нақш айтур эрдилар. Ва турку мўғул, хитойу араб ва ажамдин ҳар ким ўз расми билан нағма айтур эрди», деган маълумотларни келтиради.
Мустақиллик йилларида, улуғ боболаримизнинг ана шундай анъаналарини давом эттирган қолда, мамлакатимизда мусиқа санъатини кенг ривожлантиришга қаратилган дастур ва режалар амалга оширилмоқда. Жумладан, мумтоз мусиқий меросимизни асраб-авайлаш ва ўрганиш, уни ёш авлодларга безавол етказиш мақсадида кўплаб кўрик-танловлар, нуфузли халқаро мусиқа анжуманлари мунтазам равишда ўтказиб келинмоқда. Барчамизга аёнки, куй-қўшиққа, санъатга му-хаббат, мусиқа маданияти халқимизда болалик-дан бошлаб, оила шароитида шаклланади. Уйида дутор, доира ёки бошқа чолғу асбоби бўлмаган, мусиқанинг ҳаётбахш таъсирини ўз ҳаётида сез-масдан яшайдиган одамни бизнинг юртимизда топиш қийин, десак, муболаға бўлмайди.
Энг муҳими, бугунги кунда мусиқа санъати нав-қирон авлодимизнинг юксак маънавият руҳида ка-мол топишида бошқа санъат турларига қараганда кўпроқ ва кучлироқ таъсир кўрсатмоқда.
Бу масалада айниқса ёшлар қалбини ўзига ҳар томонлама жалб этадиган эстрада санъатининг аҳа-мияти беқиёс эканини барчамиз яхши тушунамиз.
Айтиш мумкинки, ўтган асрнинг бошларида илк намуналари пайдо бўлган ўзбек эстрадаси ис-тиқлол йилларида сифат жиҳатидан янги бос-қичга кўтарилди. Бундай натижаларга эришишда миллий ва умумбашарий мусиқа санъати ютуқ-ларини, жаҳон эстрадасининг энг яхши намуна-ларини ўрганшц бўйича катта имкониятлар очил-гани, бу соҳа ривожига кўрсатилаётган доимий эътибор, ёш истеъдодларнинг ўзини намоён эти-ши учун яратилаётган қулай шарт-шароитлар муҳим роль ўйнамоқда.
Биз эстрада санъатининг бугунги ва эртанги ривожи ҳақида сўз юритар эканмиз, аввалам-бор «миллий эстрада» деган иборанинг маъно-мазмунига алоҳида эътибор беришимиз, уни ҳар қандай бегона таъсирдан, айниқса, «оммавий ма даният» руҳидаги оқимлар таъсиридан ҳимоя қилишимиз табиий, албатта. Бу ҳақда гапирганда, бир ҳолатни афсус билан айтишга тўғри ке-лади. Айрим ёш ижрочи ва ижодий гуруҳларнинг жамоатчилик эътиборига тақдим этаётган «асар»-лари санъатнинг ҳеч қандай талаб ва мезонлари-га жавоб бермайди. Нафақат мавзу ва мусиқа, ижро усуллари, балки саҳна ҳаракатларида ҳам очиқдан-очиқ ажнабий «оммавий маданият» кўринишларига тақяид қилиш, «юлдузлик» ка-салига чалиниш ҳолатлари тез-тез учраб тураёт-гани чинакам санъат мухлисларини ранжитмас-дан қолмайди, албатта.
Айниқса, бизнинг миллий анъаналаримизга, ахлоқ-одоб қоидаларига мутлақо тўғри келмай-диган клиплар, турли тиллардаги сўзларни қо-риштириб ёки талаффузни атайлаб бузиб айтиш каби номуносиб ҳаракатларни айрим ёш ижро-чилар ўзи учун қандайдир янгича услуб деб би-лаётгани, менимча, санъатни, унинг моҳияти ва аҳамиятини тушунмасликдан бошқа нарса эмас. Маданий жамоатчилигимиз, авваламбор муси-қашунос олимлар, устоз санъаткорлар, композиторлар, ёзувчи ва журналистлар, кўп сонли санъат ихлосмандлари бундай масалалар юзаси-дан ўз фикрини очиқ билдириб бориши, шу та-риқа ёшларимизга тўғри тарбия беришимиз ҳам қарз, ҳам фарз, деб ўйлайман.
Биз учун ахлоқий жиҳатдан номаъқул, мил-лий қадрият ва қарашларимизга ёт бўлган, лекин ҳозирги вақтда ҳаётимизга кириб бораётган мана шундай кўринишларни бамисоли юқумли касаллик деб қабул қилишимиз лозим. Ва айни шу асосда бундай хуружларнинг ўта хавфли ҳолат эканини англашимиз зарур.
Нега деганда, агар инсоннинг қулоғи енгил-елпи, тумтароқ оҳангларга ўрганиб қолса, бора-бора унинг бадиий диди, мусиқа маданияти па-сайиб кетиши, унинг маънавий оламини сохта тушунчалар эгаллаб олиши ҳам ҳеч гап эмас. Охир-оқибатда бундай одам «Шашмақом» син-гари миллий меросимизнинг ноёб дурдоналари-ни ҳам, Моцарт, Бетховен, Бах ва Чайковский каби дунё тан олган буюк композиторларнинг асарларини ҳам қабул қилиши қийин бўлади.
Бундай ҳолатларнинг олдини олиш учун санъаткорлар орасида соғлом ижодий муҳит таш-кил қилиш, ўсиб келаётган ёш авлоднинг маъна-вий олами ва маданий савиясини юксалтириш, ёшларимизнинг миллий ва жаҳон мусиқа мада-ниятининг мумтоз асарлари билан бирга, улар-нинг кайфияти ва интилишларига мос келади-ган замонавий эстрада санъати намуналаридан кенг баҳраманд бўлиши учун зарур шарт-ша-роитлар яратиш, мусиқий таълимни янада ри-вожлантириш масалалари ўта муҳим аҳамият касб этади.
Қачонки миллий маданиятимизнинг узвий қисми бўлган театр санъати хусусида сўз борар экан, буюк маърифатпарвар Маҳмудхўжа Беҳбудийнинг «Театр — бу ибратхонадур», деб айтган фикрини эслаш ўринлидир.
Бизнинг миллий театр санъатимиз тарихан жу-да катта йўлни босиб ўтган бўлиб, унинг қади-мий илдизлари халқ ўйин ва томошаларига бо-риб боғланади. Лекин XX асрга келиб ўзбек театр санъати янгитдан — юртимиз ва жаҳон миқёсида шаклланган, даврлар синовидан ўтиб келаётган анъана ва тажрибалар асосида вужудга келгани ва камол топганини эътироф этиш зарур. Хусусан, пойтахтимиз ва вилоят театрларида намойиш этилган дунё саҳна санъатининг мумтоз намуна-лари ўз вақтида нафақат юртимиз, балки чет эл томошабинларини ҳам ҳайратда қолдиргани бу фикрни исботлайди. Шу билан бирга, театр ижод-корларимиз томонидан яратилган кўплаб миллий рухдаги саҳна асарлари хорижий мамлакатларда ҳам муваффақият билан ижро этиб келинади.
Таъкидлаш жоизки, ҳозирги вақтда респуб-ликамиз театрларида турли мавзу ва жанрларда кўплаб спектакллар яратилмоқда, ўзига хос ижо-дий изланишлар давом этмоқда.
Айни пайтда театр санъатимизда ҳам бугунги ҳаётимизни, замонамиз қахрамонлари қиёфасини ҳар томонлама чуқур очиб берадиган, томошабинни ўзига тортадиган, ҳам драматургия, ҳам режиссура нуқтаи назаридан бадиий юксак асарлар, афсуски, кам эканини тан олишимиз лозим. Аксинча, реал ҳақиқатдан йироқ, одамга катта маънавий озиқ бермайдиган асарлар билан театрлар кассасини тўлдириш ҳолатлари кўпроқ кўзга ташланмоқда.
Албатта, ҳозирги даврда бозор иқтисодиёти талабларини ҳам инобатга олиш керак. Лекин кж-сак бадиият ва ҳаққонийлик, эзгу мақсадларга хизмат қилиш руҳи билан суғорилган асарлар яра-тиш — барча санъат турлари каби бу соҳа учун ҳам асосий мезон бўлиши табиий. Бу мақсадга эришиш учун ёш ва истеъдодли драматург ва ре-жиссёрлар, театр актёрларини тарбиялаб вояга етказиш айниқса долзарб аҳамият касб этади.
Энг оммавий санъат тури бўлмиш кино соҳа-сини оладиган бўлсак, ўз вақтида бу борада биз-да ўзига хос ижодий мактаб яратилганини мам-нуният билан қайд этиш лозим.
Шахсан мен ҳар сафар «Тоҳир ва Зуҳра», «Ўтган кунлар», «Сен етим эмассан», «Маҳаллада дув-дув гап» каби мумтоз фильмларимизни кўрганда бу ҳақиқатга ишонч ҳосил қиламан. Мана шун-дай том маънодаги миллий асарлар нафақат хал-қимиз маънавиятини юксалтиришга, балки унинг гўзал қадриятларини бутун дунёга танитишга ҳам катта ҳисса қўшиб келмоқпа.
Кино санъатининг инсон онги ва тафаккури, жамият ҳаётига таъсири беқиёс эканини ҳисобга олган ҳолда, истиқлол йилларида миллий кинематографияни ҳам ҳар томонлама ри-вожлантириш, бу борада зарур моддий ва маъ-навий шарт-шароитларни яратиш бўйича амал-га оширилган кенг кўламли чора-тадбирлар туфайли янги-янги фильмлар суратга олинмоқда, улар орқали тарихимиз ва бугунги ҳаётимиз би-лан боғлиқ турли мавзулар ёритилмокда. Ўзбек кинолари нуфузли халқаро фестивалларда сов-ринли ўринларга сазовор бўлаётгани, албатта, қувонарлидир.
Лекин шуни ҳам холисона айтиш керакки, ёш-ларнинг тарбиясига чуқур таъсир кўрсатадиган замонавий қаҳрамон образи кино экранларимиз-да ҳали яратилганича йўқ. Суратга олинаётган ак-сарият фильмларда киночиларимизнинг бугунги куннинг ҳақиқий манзараси, унинг ўткир муам-моларини чуқур ҳис эта олмаслиги, оддий одамлар ҳаётидан узоқлашиб қолгани сезилиб туради.
Бунинг сабаблари ҳақида кўп гапириш мум-кин. Лекин асосий сабаблардан бири шундаки, киносанъати соҳасида кадрлар тайёрлайдиган олий ўқув юртлари илгари Ўзбекистонда умуман мавжуд эмас эди. Собиқ Марказдаги кино инсти-тутларида таълим олган оз сонли ўзбек режиссёр-лари ва кинодраматурглари эса, афсуски, мил-лий руҳ, миллий заминдан бегона бўлган мута-хассислар бўлиб етишар эди ва ана шундай ҳолат-нинг салбий асорати ва таъсири аксарият кино-ижодкорларимиз фаолиятида ҳозирга қадар сақ-ланиб келмоқда.
Шунинг учун кейинги йилларда миллий ки-нодраматург ва режиссёрлар тайёрлаш долзарб масала бўлиб турибди. Чунки, буни очиқтан оли-шимиз керак — профессионал кино мутахассислари, хусусан, режиссерлар, сценаристлар тай-ёрлайдиган том маънодаги миллий мактаб ўзи-мизда ҳанузгача шакллангани йўқ.
Бу аҳволни тубдан ўзгартириш учун юксак бадиий маҳорат билан бир қаторда, миллий та-факкур салоҳиятига эга бўлган истеъдодли ёшлар-ни тарбиялаш ва уларни қўллаб-қувватлаш ма-саласига алоҳида эътибор қаратишимиз лозим.
Албатта, бу йўлда дастлабки қадамлар қўйи-лаётганини айтиш лозим. Масалан, Мустақиллик ва Наврўз байрамлари, «Шарқтароналари» муси-қа фестивалига бағишланган асосий томоша ва тантаналарни тайёрлаш бўйича театр ва телеви-дение режиссёрлиги, бадиий-публицистик сцена-ристлик борасида улкан тажриба тўпланди. Ана шу бой тажрибаларни ҳар томонлама чуқур ўрга-ниш, умумлаштириш ва шу асосда ёш ижодкор-ларни тарбиялаш бўйича зарур назарий ва ўқув-услубий базани шакллантириш, бугунги талаб-ларга жавоб берадиган мутахассисларни тайёрлаш юзасидан амалий ишларни кенг йўлга қўйиш бу муаммоларни ечиш имконини бериши шубҳасиз.
Ҳозирги кунда миллий маънавиятимиз ривожини тасвирий санъат намуналарисиз тасаввур этиб бўлмайди. Узбек рассомларининг кейинги йилларда самарали ижод қилиб, янги-янги ютуқларни қўлга киритаётгани, бу соҳага кўплаб ёш истеъдод эгалари кириб келаётгани унинг равнақи ва истиқболидан далолат беради. Бундай ижобий ўзгаришларни монументал санъат соҳа сида ҳам кузатиш мумкин. Маълумки, монумен-тал санъат деганда, аввало катта таъсир кучига эга бўлган маҳобатли ҳайкаллар ва ёдгорлик маж-муаларини тушунамиз.
Ўрни келганда айтиш лозимки, собиқ совет тузуми даврида бу соҳа санъатнинг энг мафкура-лашган турига айланиб қолган эди.
Яхши эслайман, мафкуравий руҳцаги ана шун-дай санъатнинг «ёрқин намунаси» бўлган ҳайкал-лардан бири ҳозирги Ўзбекистон миллий боғи ҳудудида жойлашган эски «Комсомол кўли»нинг кираверишида турар эди. Бу ҳайкал жуда баҳайбат бўлиб, унга қанча-қанча материал ишлатилган эди. Одамни ҳайрон қолдирадиган томони пгундаки, бу ҳайкал нима учун, қандай мақсадда қўйилгани ва қанақа маънони англатишини кўпчилик бмл-мас, очиғи, билишга қизиқмас ҳам эди. Минг афсуски, бундай ҳайкалларни мамлакатимизнинг олис туман ва қишлокдарида ҳам кўриш мумкин эди. Уларда кўпинча юртимизга, халқимизнинг ҳаёти ва қадриятларига мутлақо дахли бўлмаган, умри бино бўлиб Ўзбекистонга қадам босмаган зотларнинг қиёфаси акс эттирилар эди.
Нафақат пойтахтда, ҳатто энг чекка ҳудуд-ларда ҳам шўро доҳийларининг, минг-минглаб юртдошларимизнинг умрига зомин бўлган, ке-йинчалик ёвуз қилмишлари бутун дунёга ошкор этилган шахсларнинг ҳайкаллари савлат тўкиб турар эди. Турли байрамлар муносабати билан ана шу ҳайкаллар пойига гуллар қўйилар эди. Лекин бу маросимлар ўта сохта ва юзаки бўлиб, одамлар бу тадбирларни чин юракдан эмас, шунчаки расмият учун адо этарди.
Юртимизда маънавий тикланиш ва янгила-ниш жараёнлари бошланиши билан бошқа санъат турлари каби монументал санъатда ҳам янги давр бошланди. Ушбу соҳа шу қадар нозик ва мурак-кабки, унда ҳар бир деталъ, ҳатто энг майда бўлиб куринган масалага ҳам жиддий эътибор қаратиш талаб этилади.
Бу ҳақда узоқ гапириш мумкин, лекин мен фақатгина бир мисол келтириш билан кифоя-ланмоқчиман. Истиқлолга эришганимиздан сўнг биз тарихий адолатни қарор топтириш, халқи-мизнинг топталиб келган миллий ғурурини юк-салтириш мақсадида Соҳибқирон Амир Темур бо-бомизнинг нафақат муборак номи, бой мероси ва хотирасини, айни пайтда тарихий сиймосини ҳам тиклашга қарор қилдик.
Совет даврида бу масалада ғаразли сиёсат олиб борилгани, асоссиз равишда бобомиз жаҳолат ва ёвузлик тимсоли сифатида кўрсатиб келингани бугун ҳеч кимга сир эмас. Нега деганда, муста-бид тузум тарихий ҳақиқатни намоён этишдан, бизнинг миллий ўзлигимизни англашимиздан мутлақо манфаатдор эмасди.
Баъзи бир миниатгора асарларини ҳисобга олмаганда, ўз вақтида Амир Темурнинг портрет-сурати чизилмаган. Лекин ушбу миниатюралар буюк Амур Темурнинг бетакрор шахсиятини ҳар томонлама тўлиқ ва ҳаққоний акс эттира олмаслигини тушуниш қийин эмас. Чунки бу расмлар-нинг бирида Соҳибқирон мўғулга, яна бирида ҳиндга, учинчисида бошқа бир миллат вакилига ўхшатиб тасвирланади. Шу туфайли биз унинг асл қиёфаси қандай бўлгани ҳақида аниқ тасаввурга эга эмас эдик. Кўпчилигимиз уни шўролар даврида антрополог-ҳайкалтарош М.Герасимов «ярат-ган» қўрқинчли бюст орқали билардик, холос.
Афсуски, тарих илмида ҳам Амир Темур ҳа-қида бир-бирига зид ва қарама-қарши фикрлар, чалкаш талқинлар кўп учрайди. Шунинг учун ҳам буюк аждодимизнинг портретини қадимий ман-баларни ҳар томонлама синчиклаб ўрганиб, тарихий-илмий ҳақиқат асосида яратиш талаб қи-линар эди. Изланишлар шуни кўрсатдики, Амир Темур даврига оид баъзи ёзма ёдгорликларда у зот ҳақида етарли маълумотлар мавжуд экан.
Жумладан, Амир Темур саройида етти йил яшаган машҳур тарихчи Ибн Арабшоҳ бобомиз-нинг сурати ва сийратини шундай тасвирлайди:
«Темур баланд бўйли, тик қоматли, кенг пе-шонали, калласи катта, бағоят кучли ва сало-батли, оқ-қизил юзли, кенг елкали, қадди-қома-ти келишган, серсоқол, ўнг қўли билан ўнг оёғи заҳмдор, икки кўзи бамисоли икки шамдай пор-лаб турадиган, йўғон овозли, улуғлиги ўзига ярашган, қатъий азму қарор билан сўзлайдиган, ҳақгўй киши эди. У зимдан қараш ва кўз ишорат-ларини сезадиган, идрокли, синчков, хар қандай ишоратдан огоҳ киши бўлиб, юз бериши мумкин бўлган ҳамма ишни олдиндан кўриб-би-либ турар эди».
Ўзингиз айтинг, буюк аждодимизнинг аниқ ва ҳаққоний портретини яратмоқчи бўлган му-саввир учун бундай маълумотлар бебаҳо мате-риал бўлиб хизмат қилмайдими? Биз бу ишнинг тарих ва келажак олдидаги масъулиятини ҳар томонлама чуқур ҳис этиб, турли манбаларда қайд этилган ишончли тарихий далилларга та-янган ҳолда иш тутдик.
Ана шу талабдан келиб чиқиб, аввало Амир Темур портретининг бир неча хомаки вариант-лари тайёрланди. Улар дастлаб тарихчи олимлар, адиб ва рассомлар, жамоатчилик вакиллари муҳокамасидан ўтказилиб, умумий хулосага келинди.
Мен иштирок этган навбатдаги йиғилишда ана шундай муҳокамалардан ўтган вариант устида фикр алмашдик. Унда Амир Темур тахтда шоҳо-на либосларда қўлларини қилич устига қўйиб, ўйчан бир қиёфада ўтарар эди. Мен умрининг кўп қисми ҳарбий юриш ва сафарларда, эл-юрт ташвишида ўтган инсоннинг қўллари, бармоқ-лари, гавдаси қандай бўлиши, юз-кўзлари қан-дай маъно англатиши зарурлиги ҳақида ўз муло-ҳаза ва таклифларимни айтдим.
Шундан сўнг Ўзбекистон халқ рассоми Ма-лик Набиев ана шу фикрлар асосида портретни қайта ишлади ва бутунлай бошқа сиймо бугунги кунда бутун халқимизга яхши маълум бўл-ган Соҳибқироннинг мумтоз қиёфаси пайдо бўл-ди. Айнан ана шу сиймо кейинчалик юртимизда Амир Темур бобомизга атаб барпо этилган барча ҳайкаллар учун асос бўлиб хизмат қилди.
1993 йили Тошкент шаҳридаги Амир Темур хиёбонига ўрнатиладиган ҳайкални илк бор му-ҳокама қилганимиз эсимда. Ҳайкалтарошлар тақ-дим этган вариантда Соҳибқирон қўлига найза тутган ҳрлда тасвирланган эди. Мен бунга эъти-роз билдириб, «Соҳибқирон бобомиз қўлида найза эмас, отнинг жиловини тутиб тургани маъқул, — деган фикрни билдирдим. — Бунинг рамзий маъноси бор. Чунки, салтанатда найза кутарган одамлар кўп бўлган, аммо жилов Амир Темурнинг қўлида бўлган. Бу мустаҳкам давлат тизимини қўлда маҳкам тутиб туришни англатади.
Шу билан бирга, буюк аждодимизнинг иккин-чи қўлини баланд кўтариб, дунёдаги барча инсон-ларга тинчлик-омонлик, бахту саодат тилаётган аснода акс эттириш мақсадга мувофиқ бўлар эди.
Қолаверса, халқимизда ҳар бир иш бисмил-лоҳ айтиб, ўнг қўл, ўнг оёқдан бошланади. Бу ҳайкалда эса от нима учундир чап оёқдан одим ташлаяпти».
Муҳокама иштирокчилари бу фикрга қуши-лишди ва ҳайкалтарошлар билдирилган фикрлар асосида янги вариантни яратишди.
1996 йили Амир Темур таваллудининг 660 йил-лиги муносабати билан Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарларида улуғ бобомизга атаб ҳайкал ўрна-тиш бўйича амалий ишлар бажарилди.
Дастлабки лойиҳа ва таклифларга кўра, Са-марқанддаги ҳайкал тимсолида Соҳибқироннинг авжи куч-қувватга тўлган навқиронлик палласи, яъни йигитлик даврини, Шаҳрисабздаги ҳайкал орқали эса унинг беғубор болалик ҳолатини ифо-далаш мўлжалланган эди. Мен муҳокама пайтида Соҳибқирон сиймосини хронологик тарзда эмас, балки ягона, фундаментал образ сифатида тас-вирлаш мақсадга мувофиқ экани ҳақида ўз фик-римни билдирдим: «Амир Темур образини турли даврларга бўлмасдан, унинг фавқулодда буюк акл-заковати, жасорати ва азму шижоатини ях-лит ҳолатда мужассам ифода этиш ҳар жиҳатдан тўғри бўларди. Токи Амир Темур сиймосини ким қаерда кўрмасин, унинг мардона, улуғвор ва до-нишманд қиёфасини бехато таний оладиган бўлсин».
Шу ўринда айтиш жоизки, Самарқанд шаҳрида ўрнатиладиган ҳайкалнинг дастлабки варианти ҳам ҳозиргидан бироз бошқача эди. Унда Соҳибқирон қўлида қилич ушлаган қиёфада тасвирланган эди. Мен бу масалага бағишланган сўнгга муҳокамаларнинг бирида бундай бадиий ечимга эътироз биддириб, «Тўғри, Амир Темур давлат бошқарувида ҳарбий кучга ҳам таянган, аммо унинг ўнта ишдан тўққизтасини кенгашу машварат билан, қолган биттасини қилич билан битирдим, деган сўзларини унутмаслик керак», деб, қилични Соҳибқироннинг ёнида, қинига солинган ҳолатда акс эттириш лозимлигини таъкидладим. Чунки шунда унинг сиймосида, мен халқимнинг ҳимояси, юртимнинг мудофааси учун ҳар лаҳзада курашга тайёрман, лекин дунёда тинчлик-барқа-рорлик ҳукмрон бўлишини истайман, деган ғоя ўз ифодасини топган бўлар эди.
Биз кўп тортишув ва фикр алмашувлардан сўнг Соҳибқироннинг қўлларини бир-бирига қўйиб турган ҳолатини ҳам ўзгартирдик, бармоғидаги «Куч - адолатда» деган машҳур сўзлар битилган узугини бўрттириб кўрсатишга қарор қилдик. Маълумки, бу узук ва унинг кўзидаги ҳикматли ибора Амир Темурни бутун дунёга машҳур қил-ган. Бу шиорда бобокалонимизнинг ҳаётий эъти-қоди теран акс этган. Шунинг учун узукни тас-вирлашга албатта эътибор қаратиш керак, деган хулосага келдик.
Ушбу муҳташам ҳайкалларни минг-минглаб юртдошларимиз, чет эллик меҳмонлар кўриши, улардан завқланиши, фахрланиши, бизнинг ким-лигимиз, қандай буюк зотларнинг авлоди экани-мизни айнан шундай асарлар орқали ҳис этиши-ни ҳисобга олиб, мен, Сохибқироннинг юзидан нур ёғилиб туриши керак, деган мазмундаги фикрни биддирдим.
Бугунги кунда пойтахтимизнинг Амир Темур хиёбонига, Самарқанддаги Кўксарой, Шаҳрисабздаги Оқсарой майдонига хоҳ эрта тонгда, хоҳ кечқурун — қачонки бориб қараманг, чиндан ҳам Соҳибқирон сиймосида доимо нур жилваланиб турганини кўришингиз мумкин.
Биз ана шундай изланиш ва тажрибалар асо-сида кейинчалик Фарғона шаҳрида — Аҳмад Фарғоний, Урганчда- Муқаммад Мусо Хораз-мий ва Жалолиддин Мангуберди, Навоий шаҳ-рида — Алишер Навоий, пойтахтимизда — Ға-фур Ғулом, Абдулла Қаҳҳор ва Зулфия сингари алломаларимиз, ёзувчи ва шоирларимиз ҳай-калларини, Термиз шаҳрида Алпомиш, Қарши шаҳрида эса «Эл-юрт таянчи» ва бошқа ўнлаб монументал санъат асарларини барпо этишга муяссар бўлдик.
Айниқса, кейинги йилларда таниб бўлмас да-ражада ўзгариб, янгича қиёфа касб этиб бораёт-ган азим Тошкент шаҳрининг қоқ марказида — Мустақиллик ва Хотира майдонларида замона-вий монументал санъатимизнинг ноёб намунаси сифатида тан олинган Мустақиллик ва эзгулик монументини, Мотамсаро она ҳайкалини бунёд этганимиз барчамизга ғурур-ифтихор бағишлай-ди. Мен ишонаман, орадан йиллар, асрлар ўтади, замонлар ўзгаради, лекин ўзининг маъноси ва қиёфаси билан бир-бирини тўлдирадиган бу икки ёдгорлик мажмуаси нодир ва ўлмас бадиий оби-да сифатида халқимиз маънавиятининг ажрал-мас қисми бўлиб қолади.
Бизнинг монументал санъат соҳасида амалга оширган яна бир улкан ишимиз табаррук заминимизда туғилиб вояга етган ва мангу ором топ ган буюк азиз-авлиёларимиз хотирасига ёдгорлик мажмуалари барпо этганимизда намоён бўлди. Жумладан, Бухорода Абдулхолиқ Ғиждувоний ва Баҳоуддин Нақшбанд, Самарқандда Имом Бухо-рий ва Имом Мотуридий, Марғилонда Бурҳо-ниддин Марғиноний, Тошкент шаҳрида Ҳазрати Имом сингари ёдгорлик мажмуаларини яратдик. Халқимиз ҳаётида чуқур из қолдирган, бугунги кунда том маънода муқаддас зиёратгохларга ай-ланган бундай мажмуалар маънавий оламимизни юксалтиришга улкан ҳисса бўлиб қўшилди, десак, ҳар томонлама тўғри бўлади.
Айни пайтда юртимизда монументал санъат соҳасини ривожлантириш бўйича олдимизда кўп-гина вазифалар турганини таъкидлаш лозим. Хусусан, бу соҳада ҳам замонавий ижодий мактаб яратиш, шу мақсадда кенг миқёсда фикрлайдиган, қадимий тарихимиз, миллий табиатимизни чуқур биладиган, ўзи яратаётган образнинг бар-ча хусусиятларини авваламбор юрагидан, қалбидан ўтказиб ижод қилишга қодир бўлган етук ҳай-калтарош ва меъморларни тарбиялаш долзарб масала бўлиб турибди.
Ёшларнинг маънавий оламини болаликдан бошлаб эзгу ғоялар асосида шакллантириш ва ка-мол топтириш ҳақида гап борар экан, яна бир муҳим масала хусусида тўхталиб ўтиш ўринли, деб ўйлайман. У ҳам бўлса, дунёга ҳайрат кўзи билан боқиб, ундан ўзича маъно топишга инти-ладиган мурғак фарзанддаримизнинг қизиқиши ва ҳиссиётларига мос қўғирчоқ ва ўйинчоқпар ишлаб чиқариш масаласидир.
Бир қараганда, бу муаммо арзимас нарса бўлиб туюлиши мумкин. Лекин ҳар қайси гўдак илк бор оламни ўз атрофидаги ашё ва буюмлар, жумладан, ўйинчоқлар орқали англаши-ни инобатга оладиган бўлсак, уларнинг инсон тарбиясидаги ўрни беқиёс экани аён бўлади. Ўйинчоқлар образи боланинг мурғак тасавву-рига бамисоли тошга ўйилган нақшдек муҳрланиб, унинг онгида бир умр сақланиб қолади. Гўдакнинг улғайиб, касб танлаши, келажакда қандай йўлдан бориши, ўзининг ҳаёт тарзини қандай ахлоқий-маънавий асосларга қуриши ҳам, ҳеч шубҳасиз, унинг болаликда қандай ўйинчоқлар билан ошно бўлиб ўсгани билан белгиланади.
Афсуски, ҳозирги вақтда фарзандларимиз кўпинча хорижда ишлаб чиқарилган, бизнинг мил-лий табиатимиздан узоқ бўлган ўйинчоқ ва қўғир-чокларни ўйнаб улғаймоқда.
Марғилон шаҳрининг 2000 йиллик тўйи муносабати билан бу ерда халқ амалий санъати ва-киллари билан учрашганимда, улар орасида мил-лий қўғирчокдар тайёрлаш билан шуғулланади-ган бир аёлнинг ажойиб ишлари эътиборимни ўзига тортган эди. Мана шундай фидойи инсон-лар юртимизда кўплаб топилади, уларни ҳар то-монлама қўллаб-қувватлаш маънавий тарбия масаласига, айни вақтда миллий ҳунармандчиликнинг бу ноёб турини ривожлантиришга ҳам ижобий таъсир кўрсатган бўлур эди.
Бу масалада иш олиб борадиган инсонлар на-фақат педагог, психолог ёки дизайнер бўлиши, шу билан бирга, тарихимиз ва маданиятимизни ҳар томонлама чуқур билиши керак. Шу маъно-да, ўйинчоқ ва қўғирчоқларга тарихимиздаги ибратли қаҳрамонлар, халқимизнинг бой ва бетакрор эстетик дунесини акс эттирадиган персонажлар, миллий қадриятларимиз асос қи-либ олинса, мақсадга мувофиқ бўлур эди, деб ўйлайман.
Санъат ва маданиятдек қудратли куч орқали инсон қалбига йўл топиш ҳақида сўз юритар экан-миз, ҳаммамиз яхши тушунамизки, ҳар қайси ис-теъдод эгаси ўзига хос бир олам, шу сабабли ижод ахлига қандайдир ақя ўргатиш, энг асосийси, уларни бошқаришга уриниш мумкин эмас. Ле-кин бу ҳаётда уларни бирлаштирадиган, янги ижодий марралар сари илҳомлантирадиган му-қадцас тушунчалар борки, улар Ватан ва халқ ман-фаати, эзгулик ва инсонийлик тамойиллари би-лан узвий боғлиқдир. Агарки ҳар қайси ижодкор ўз асарларида ана шу ўлмас ғояларни бош мақсад қилиб қўйса, уларни бадиий маҳорат билан ифода эта олса, ҳеч шубҳасиз, адабиёт ҳам, маданият ва санъат ҳам том маънода маънавий юксалишга хизмат қилиб, ўзининг ижтимоий вазифасини тўлиқ адо этишга эришган бўлади.
Энг буюк жасорат
Буюк цивилизация ва маданият бешиги бўл-ган, кўҳна ва ҳайратомуз тарихни ўзида мужас-сам этган Ватанимиздаги бебаҳо ёдгорликлар, осори атиқалар ҳақида сўз юритар эканмиз, шу заминда яшаётган барча инсонлар уларни авва-ло халқимиз даҳосининг ёрқин намунаси, таъбир жоиз бўлса, унинг юксак маънавиятига қўйил-ган муаззам ҳайкаллар деб қабул қилади.
Ер юзидаги барча ўлмас обидалар, инсоният ҳаётини тубдан ўзгартириб юборган жамики улуғ кашфиёт ва ихтиролар, мумтоз санъат ва адабиёт дурдоналари, мардлик ва қаҳрамонлик намуна-лари одамзотнинг акд-тафаккури, салоҳияти ва маънавий жасорати маҳсулидир. Шунинг учун ҳам бу ёруғ оламда энг буюк жасорат нима, деган саволга, ҳеч иккиланмасдан, энг буюк жасорат — бу маънавий жасорат, деб жавоб берсак, ўйлай-манки, янглишмаган бўламиз.
Жаҳон тарихига назар ташлайдиган бўлсак, қалбида, юрагида ана шундай жасорат ҳисси ниҳоятда кучли бўлган инсонлар ҳар қандай мураккаб вазиятда ҳам адолат ва ҳақиқат йўлида ўзини аямай, эл-юрт учун, Ватан учун қандай ибратли ишларни амалга оширганини кўриш мумкин. Айнан ана шундай одамларнинг маънавий фазилатлари туфайли эзгу ҳис-туйғулар, муқаддас ва улуғ тушунчалар дунёда ҳануз барқарор бўлиб келмоқда. Бундай беназир зотларнинг барча халқлар ва миллатлар орасида кўплаб топилиши — маънавий жасорат туйғуси бутун башариятга хос хусу-сият эканидан далолат беради.
Масалан, неча асрлардан буён юксак тафак-кур ва акл-заковат тимсоли бўлиб келаётган ан-тик даврга мансуб юнон файласуфи Платоннинг ҳаёт йўлини ўзимизга бир тасаввур қилиб кўрай-лик. Маълумки, Платон бутун умрини илму маъ-рифатга бағишлаган улуғ донишманд — Сократ-нинг муносиб шогирди эди. Тарихий манбалар-нинг гувоҳлик беришича, Сократнинг ўлимидан кейин юнон фалсафасининг тақпири хавф ости-да қолади.
Фақатгина Платоннинг фидоийлиги ва бе-қиёс хизматлари эвазига бу фан янги босқичга кўтарилади. Унинг қанчадан-қанча қийинчилик, сарсон-саргардонликдан сўнг бор мол-мулкини сарфлаб, Афина шаҳри яқинидан махсус ер со-тиб олиб, олимлар тўпланиб, баҳс-мунозара олиб борадиган жой — академия ташкил этиши чина-кам маънавий жасорат намунаси эди. Платон асос солган бу илмий маскан минг йил давомида на-фақат юнон, балки бутун Шарқу Ғарб олами-нинг ривожига кучли таъсир ўтказади, инсони-ят тафаккур тараққиётининг истиқболини бел-гилаб беради. Шу боис ҳам Платон Шарқ илм-фанида «устоди аввал», яъни биринчи муаллим деган шарафли ном билан шуҳрат қозонади.
Бундай мисолларни юртимиз заминидан етишиб чиққан, Бағдоддаги «Байтул-хикма» ва Хо-разм Маъмун академиясида фаолият олиб бор ган, илм-фан соҳасидаги тенгсиз кашфиётлари, маънавий жасорати билан тарихда ўчмас из қол-дирган буюк мутафаккир аждодларимиз ҳақида ҳам кўплаб келтириш мумкин.
Хусусан, Хоразм Маъмун академияси фаолия-тини оладиган бўлсак, бу мўътабар илмий мас-канда Шарқ ва Ғарб ўлкаларидан келган, турли миллат ва динга мансуб бўлган олимлар фаолият кўрсатган бўлсада, унинг негизини Абу Наср ибн Ироқ, Абу Райҳон Беруний ва Ибн Сино, Маҳ-муд Хўжандий, Аҳмад ибн Муҳаммад Хоразмий ва Аҳмад ибн Ҳамид Найсабурий каби мана шу бизнинг минтақамизда туғилиб, камол топган етук алломалар ташкил этгани барчамизга ғурур ва ифтихор бағишлайди.
Улкан маънавий жасорат соҳиблари бўлган бундай аллома зотлар дунёнинг қаерида яшама-син, эзгулик ва маърифат йўлида доимо одам-ларга ибрат бўлиб келган. Чунончи, ўрта асрлар-да астрономия соҳасидаги илмий кашфиётлари учун тазйиқ ва таъқибларга учраган Николай Коперник ҳамда кейинчалик унинг изидан бориб, жоҳил ва ақидапараст руҳонийлар томонидан ўтга ташланган Жордано Бруно, қанчадан-қанча таъ-на ва маломатларга гирифтор этилган Галилео Галилей каби алломаларнинг жасоратида ҳам ҳақиқатга садоқат, эътиқод учун курашнинг ёр-қин намунаси яққол намоён бўлганини кўрамиз.
XX аср тарихида ҳам бундай улуғ сиймоларни кўплаб учратиш мумкин. Масалан, Ҳиндистон миллий озодлик курашининг етакчиси бўлиб майдонга чиққан, халқ орасида «Маҳатма», яъни буюк қалб эгаси деб шуҳрат қозонган улкан му-тафаккир ва давлат арбоби Маҳатма Ганди ана шундай шахслардан бири эди. У асос солган ган-дизм таълимотида ҳинд халқининг дилига беҳад яқин бўлган ғоя ва тушунчалар мужассам топ-ган. Айниқса, ўз юртини мустамлакачилардан озод қилиш, ягона Ҳиндистон бирлиги, муста-қил давлат барпо этиш масаласи Маҳатма Ган-ди ҳаёти ва фаолиятининг маъно-мазмунини ташкил этади.
Бутун умр оддий ва камтарона, лекин эзгу ғоялар йўлида тинимсиз курашиб яшаган бу зот-нинг фалсафий-сиёсий қарашларида инсоният учун ибратли жиҳатлар кўп. Жумладан, унинг турли муаммо ва зиддиятларни куч ишлатмас-дан, тинч йўл билан ҳал қилишга оид фикрлари дунё давлатлари ўртасидаги муносабатларда, ижтимоий ҳамкорлик масаласида бугун ҳам ўз аҳамияти ва долзарблигини йўқотмасдан кел-моқда.
Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, халқимиз тарихнинг ҳар қандай тўфон ва суронларига қарамасдан, миллий ўзлиги ва азалий қадриятларини сақлаб қолиб, бугунги дориломон замонларга безавол етиб келишида унинг қонқони, суяк-суягида бўлган маънавий жасорат туйғуси, ҳеч шубҳасиз, ҳал қилувчи таъсир ўтка- зиб келмокда.
Чунки, ўзбек халқи дунё майдонида куни кеча тасодифан пайдо бўлиб қолгани йўқ. Биз — бой тарих, юксак маданият, буюк маънавият ворис-ларимиз. Қадимий тарихимизни ҳар томонлама ўрганиб, шундай хулосага келиш мумкинки, энг қалтис ва тахликали даврларда миллатимизга умид ва ишонч берган, уни ёвларга қарши ку-рашга ундаган, аждодларимизни илмий кашфи-ётлар, ҳарбий зафарларга, маърифат машъали-ни баланд кўтариб жаҳолатга қарши чиқишга чорлаган беқиёс куч ҳам айнан маънавий жасо-рат туйғусидир.
Шу нуқтаи назардан қараганда, Урганчни бос-қинчилардан ҳимоя қилишда байроқ тутиб жон берган Нажмиддин Кубронинг қаҳрамонлигида, дунёни тўфондек босган Чингизхон қўшинига қарши ўн бир йил муттасил мардона кураш олиб борган Жалолиддин Мангубердининг жанговар руҳида, юртимизни истилочилардан озод қилиб, буюк давлат барпо этган Амир Темур бобомизнинг бунёдкорлик салоҳиятида ҳам маънавий жа-сорат туйғуси буюк ва устувор аҳамият касб этгани шубҳасиз, албатта.
Утган аср бошларида, тарихимизнинг оғир ва мураккаб даврида майдонга чиққан жадид бобо-ларимизнинг фидоийлиги замирида ҳам ана шун-дай жасорат намунаси мужассам эди, десак, ҳеч қандай муболаға бўлмайди.
Менинг назаримда, авваламбор Яратганимиз-нинг ўзи ҳар бир мавжудотга жасорат кўрсатиш имконини беради ва онг-тафаккур соҳиби бўлган инсонлар бундан ибрат олиб яшайди. Мисол учун, эрта баҳорда табиатнинг қандай уйғонишига эътибор беринг — тош қотиб ухлаб ётган дарахт новдаларига бир кечада жон кириб, куртак чиқара бошлайди, ерга ташланган уруғ тупроқни ёриб чиқади. Ҳатто бир қарашда ҳаёт аломати йўқдек туюладиган тоғу тошларда ҳам ям-яшил майсалар кўкаради, қирмизи лолалар алвон ги-ламдек очила бошлайди. Буларнинг барчаси та-биат бағридаги кўзга кўринмас мислсиз қудрат -энергиянинг ажиб бир тарзда намоён бўлиши билан боғлиқдир.
Еру кўкдаги бундай буюк ўзгаришларни сезиш, ҳис қилиш ва улардан сабоқ чиқариш, ўрнак олиш учун одамзот ўзининг ён-атрофига уйғоқ нигоҳ, қалб кўзи билан қараши лозим, деб ўйлайман. Шундагина ҳаётнинг маъноси тинимсиз кураш, қийинчиликларни енгиб ўтиш, бир сўз билан айтганда, доимий жасорат, азму шижоат билан яшашдан иборат экани аён бўлади.
Ҳақиқатан ҳам, табиат ва тарих қонунларини, унинг тараққиёт жараёнларини чуқур тушунадиган одамгина ўз ҳаётини маънавий жасорат асосига қуришга қодир бўлади. Шу маънода, шахсан мен заҳматкаш ва бунёдкор халқимизнинг ҳаётини, айниқса қиш қаҳратони ва ёз жазирамасида ҳам, баҳор ва кузнинг ёғин-сочинли кунларида ҳам ердан ризқ ундириш мақсадида кунни кунга, тунни тунга улаб меҳнат қиладиган деққонларимиз ҳаётини том маънода жасорат на-мунаси, деб биламан.
Кўпчилик қаторида, фақат вазият тақозо эт-ган тақдирда майдонга отилиб чиқиш, қаҳрамон-лик кўрсатиш — албатта, бу ҳам осон эмас. Бу-нинг учун ҳам инсонда катта юрак, ғайрат-ши-жоат, энг муҳими, ўзига, ўзининг куч-қудратига мустаҳкам ишонч бўлиши керак.
Лекин менга буюрса, ҳар куни, ҳар соатда фидоий бўлиш, ўзини томчи ва томчи, заррама-зарра буюк мақсадлар сари чарчамай, толиқмай тинимсиз сафарбар этиб бориш, бу фазилатни дои-мий, кундалик фаолият мезонига айлантириш — ҳақиқий қаҳрамонлик аслида мана шу, деб айтган бўлар эдим.
Нега деганда, кундалик ҳаётда жонкуяр бў-лиш, ҳар куни фидоийлик кўрсатиш, руҳан ҳеч қачон букилмай, бу фазилатни ҳаёт қоидаси дара-жасига кўтариш, очиқ айтиш лозимки, бу ҳам-манинг ҳам қўлидан келавермайди. Бунинг учун инсонга буюк қалб ва метин ирода керак, десам, ўйлайманки, янглишмаган бўламан.
Мен ўз ҳаётим, иш фаолиятим давомида маъ-навий жасорат соҳиби бўлган, ҳар томонлама етук шахслар билан мулоқотда бўлганим, за-мондош бўлиб яшаганимдан доимо фахрланиб юраман.
Ана шундай ватандошларимиздан бири маш-ҳур археологик олим, академик Яҳё Ғуломов эди. Ўз даврининг фидойи алломаси бўлган бу ин-сонни мен яхши билардим. У ўзининг мустақил фикрига эга, керак бўлса, юқори лавозим эгала-рига ёқмайдиган тўғри гапларни ҳам дадил айта оладиган улкан олим эди.
Тарихчилар яхши билади, одатда тепаликлар қаърида тарихий обидалар, бутун бир шаҳар қол-дикдари ястанган бўлади. Шўро даврида, фақат томлардагина пахта экилмай қолган бир пайтда ана шундай қадимий тепаликларни ҳам текис-лаб, пахта даласига айлантиришдек бемаъни сиёсат авж олган эди. Бундай номаъқул ишга жасур олим Яҳё Ғуломов қарши чиққанини мен яхши эслайман. Унинг ана шу фазилати туфай-ли тазйиқ кўрганини ҳам эшитганман. Лекин бу инсон ўзининг қалбидаги маънавий жасорат ҳисси туфайли ҳаётий ва илмий қарашларида собит турганини маданий жамоатчилигимиз ях-ши билади.
Мен ўйлайманки, адолатни хамма нарсадан устун деб биладиган, тарих ва келажак олдидаги масъулиятни ҳис этадиган, ҳақиқий ватанпарвар одамгина шундай мардликка қодир бўлади.
Нафақат ўз шеърлари, балки бутун ҳаёти билан ўзбек аёлининг маънавий қиёфасини намо-ён этган атокли шоирамиз Зулфияхонимни ҳам мен ана шундай фидойи инсонлар қаторига қўшган бўлардим. Унинг жаҳон минбарларидан янграган шеърлари Шарқ аёлининг ақяу закоси, фазлу камолининг ёрқин ифодаси сифатида мил лионлаб шеърият мухлисларига одамийлик, муҳаббат ва садоқатдан сабоқ берган, десак, муболаға бўлмайди.Лекин бу мураккаб ҳаёт қалби ўз халқи ва Ватанига меҳр-муҳаббат билан тўлиб-тошган, дунёдан эзгулик ва гўзаллик излаб яшаган бу аёл-ни ҳамма вақт ҳам аягани йўқ. Аслида, бу дунёда айрилиқ ва қижрон азоби барчанинг ҳам бошида бор. Аммо ғам-андуҳ ва ҳасратларни матонат билан енгиб, тоғдек бардоши билан вафо ва садоқат рамзига айланган Зулфия опа сингари аёллар ҳар қандай юксак ҳурмат ва эҳтиромга муносибдир.
Мен билган ва ҳурмат қиладиган маънавий жа-сорат соҳибларидан яна бири атоқли олим ва жа-моат арбоби Озод Шарафиддинов эди.
Бу ажойиб инсоннинг номини кўпдан буён эшитиб юрган бўлсам-да, мен у киши билан ис-тиклол йилларида яқиндан танишдим. Унинг фа-қатгина илмий-педагогик фаолият билан чек-ланиб қолмасдан, ижтимоий-маънавий соҳада ҳам беқиёс фаоллик кўрсатгани олимга бўлган ҳурматимни янада зиёда қилди.
Кўплаб юртдошларимиз қаторида мен ҳам айниқса Озод аканинг иродаси қандай бақувват эканига, унинг қалб жасоратига қойил қол-ганман.
1997 йилнинг ёз ойларида қанд касаллиги зўрайиб, домла оғир операцияни бошидан ўтказади, врачлар унинг ҳаётини сақлаб қолиш учун бир оёғини кесишга мажбур бўлади. Аммо бу одам шунчалик матонатли эканки, шунда ҳам тушкун-ликка тушмади, илмий ва ижодий фаолиятдан бир зум бўлсин тўхтамади.
Кейинчалик касаллик янада кучайиб, Озод ака иккинчи оёғидан ҳам жудо бўлди. Бу ҳам етма-гандек, кўриш қуввати ҳам ниҳоятда заифлашиб қолади. Домланинг ҳаётини сакдаб қолиш, соғ-лиғини тиклаш учун барчамиз кўп саъй-ҳаракат қилдик, ҳатто хориждан ҳам шифокорлар так-лиф этдик.
Ана шундай оғир шароитда ҳам бу инсон «Жаҳон адабиёти» журналининг бош муҳаррири сифатида ўз бурчига, эътиқодига содиқ қолиб, лупа ёрдамида журнал материалларини таҳрир қилиб бориш билан бирга, қирқдан ортиқ йирик роман ва қиссаларни ўзбек тилига тар-жима қилгани, албатта, ҳар қандай одамни ҳам ҳайратга солиши табиий. Озод ака бу билан ҳам кифояланмасдан, республикамиздаги матбуот нашрларида, радио-телевидениеда, турли тадбир ва анжуманларда миллий маънавиятимиз-нинг ўзига хос жиҳатлари, буюк аждодларимиз-нинг бебаҳо мероси, мустақилликнинг маъна-вий асосларини мустаҳкамлаш ҳақида кўплаб чи-қишлар қилди. Ўнга яқин салмоқли китоблар ёзди.
Ҳаётининг аксарият қисми шифокорлар назоратида, оғир, тинкани қуритадиган муола-жалар остида ўтадиган одамнинг шундай улкан жасорат кўрсатиб яшагани, эҳтимол, кимгадир афсона бўлиб туюлиши мумкин. Лекин бу ки-шининг соғлиғи ва кайфиятидан доимо хабар-дор бўлиб, бу йўлда қўлидан келган ёрдамни аямаган барча инсонлар бунинг афсона эмас, ҳақиқат эканини, бизнинг орамизда бутун бор-лиғини маънавият ва маърифатга бағишлаган ана шундай мард ва жасур бир шахс яшаб ўтганини яхши билади.
Озод Шарафидпинов мамлакатимизнинг маъ-навий юксалиши йўлидаги буюк хизматлари учун ҳакли равишда давлатимизнинг олий мукофоти — «Ўзбекистон Қаҳрамони» унвонига сазовор бўлганини халқимиз, жамоатчилигимиз яхши била-ди, албатта.
Ўйлайманки, ўзини ўзбек халқининг фарзан-ди деган ҳар қайси инсон ана шундай фидойи юртдошларимиз билан чексиз фахрланади, униб-ўсиб келаётган болалари, шогирдларига маъна-вий жасорат тимсоли сифатида айнан мана шун-дай одамларни намуна қилиб кўрсатади. Ва ҳеч шубҳасиз, умр бўйи эл-юрт манфаати, Ватан ис-тиқболи учун курашиб яшайдиган шундай қаҳрамон фарзандлари бор халқ ҳеч қачон кам бўлмайди.
Мухтасар қилиб айтганда, олис ва яқин тари-химиз шуни кўрсатадики, халқимиз доимо маънавий жасорат ҳисси билан яшаган ва бу улуғ туйғу унинг ҳаётида йиллар, асрлар ўтгани сайин тобора кучайиб, юксалиб бормоқда. Чунки халқ маънавияти шундай бир буюк уммонки, ҳар қайси авлод ундан куч-қудрат, ғайрат ва илҳом олиб, ўзининг нақадар улкан ишларга қодир эканини намоён этади.
Шу маънода, 1991 йил 31 август санасида қўлга киритилган миллий мустақиллик — XX аср-да халқимиз томонидан амалга оширилган буюк маънавий жасорат намунасидир, десак, айни ҳақиқатни айтган бўламиз.
ХОТИМА
Маьнавиятнинг ҳаётимиздаги ўрни ва аҳамия-ти ҳақидаги фикр-мулоҳазаларимизга якун ясар эканмиз, авваламбор, шуни чуқур англаб оли-шимиз даркорки, маънавий юксалишга эри-шиш — бу бир йиллик ёки беш-ўн йиллик иш эмас. Халқ, миллат ўз миллий маънавиятини йил-лар, асрлар давомида кжсалтириб, бойитиб бо-ради. Чунки маънавият қотиб қолган ақидалар йи-ғиндиси эмас, аксинча, доимий ҳаракатдаги уз-луксиз жараён бўлиб, тараққиёт давом этар экан, унинг шиддатли юриши туфайли маънавий ҳаёт олдига қўйиладиган талаблар ҳам муттасил пайдо бўлаверади.
Яъни, мамлакатимиз тараққиёт пиллапоясидан янги-янги чўққилар сари қадам қўяр экан, биз яшаётган замон суръатлари шилдат билан тезлашиб, олдимизда яна қанча муаммо ва машақ-қатлар пайдо бўлар экан, табиийки, маънавий ҳаётимиз ҳам ана шу синовларда тобланиб, юксалиб, жамиятимиз, миллатимизнинг ёруғ ва соғлом келажагини ҳар қандай тахдид ва тўфонлардан — давр ўзгариши билан уларнинг кўриниши ва шакли ўзгаришига қарамасдан — безавол сақ-лаш ва асраб қолишга қодир бўлиши даркор. Ана шу фикр ва хулосалардан келиб чиққан ҳолда, «Биз киммиз?» деган саволга жавоб бер-масдан туриб, энг муҳими, маънавий бойликни, маънавиятни юксалтиришга доимий интилмасдан туриб биз ўз олдимизга қўйган эзгу мақсадларга эришиш мумкин эмас, десам, қалбимдан чуқур жой олган фикрни айтган бўламан.
Бугунги кунда маънавият дунёсига нисбатан мавжуд бўлган хавф-хатарлардан албатта кўз юмиб бўлмайди, лекин бизнинг ишончимиз ко-милки, халқимиз тарихнинг мураккаб жараён-ларида иродаси чиниқиб, ҳар қандай ҳужум ва тазйиқларга қарамасдан, маънавий олами кучайиб ва юксалиб бораётгани, бизни кўролмайдиган куч-лар ҳам бу ҳақиқатни тан олаётганини мамну-ният билан қақд этамиз.
Чунки халқ — бамисоли улуғ ва шарафли йўл-дан илгарилаб бораётган улкан карвон. Уни йўлдан чалғитишга уринувчилар, пайт пойлаб орқасидан ҳамла қилувчилар ҳамиша бўлган, бундан кейин ҳам бўлиши мумкин. Карвон бехатар бўлмас, де-ган гап бежиз айтилмаган. Аммо халқ карвонини ҳеч қандай куч ортга қайтаролмайди. Нега деган-да, халқнинг қалбида не-не авлодлардан мерос енгилмас куч — маънавият бор.
Барчамизга ғурур ва ифтихор бағишлайдиган томони шундаки, бизнинг эзгу интилишларимиз замирида ҳам ана шундай пок ният, буюк ишонч мужассам. Аниқ мақсад йўлидаги бунёдкорлик ишларимиз амалий натижалар бера бошлаган, кўзлаган режаларимиз босқичма-босқич рўёбга чиқиб, дунё ҳамжамиятидан ўзимизга муносиб ўрин эгаллаб бораётган ҳозирги кунда халқимиз, миллатимиз қалбидаги ана шу ишонч янада мус-таҳкамланмоқца.
Шу боис мен шонли тарихига садоқат билан қараб, бугунги озод ҳаётини қадрлаб, ўз келажа-гига катта умид билан интилаётган халқимизнинг донишмандлиги ва матонати, унинг иймон-эътиқоди, мустаҳкам иродаси ва юксак маънавий руҳи доимо барқарор яшайди, деб ишонаман.
ARM tarmoqlari
Asosiy ko`rsatkichlar
Axborot-resurs Markazi ish rejasi
Elektron kutubxona va afzalliklari
Maqsad va vazifalari
Қонунчилик палатаси томонидан 2011 йил 4 мартда қабул қилинган
Сенат томонидан 2011 йил 25 мартда маъқулланган
1-боб. Умумий қоидалар
1-модда. Ушбу Қонуннинг мақсади
Ушбу Қонуннинг мақсади ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги му- носабатларни тартибга солишдан иборат.
2-модда. Ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатлари
Ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ушбу Қо- нун ва бошқа қонун ҳужжатларидан иборатдир.
Агар Узбекистон Республикасининг халқаро шартномасида Узбекистон Республикасининг ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжат- ларида назарда тутилганидан бошқача қоидалар белгиланган бўлса, халқаро шартнома қоидалари қўлланилади.
3-модда. Асосий тушунчалар
Ушбу Қонунда қуйидаги асосий тушунчалар қўлланилади:
ахборот-кутубхона ресурси — моддий объектда матн, овозли ёзув ёки тасвир тарзида қайд этилган ҳамда идентификациялаш, сақлаш ва фойдаланишни таъминлаш учун реквизитларга эга бўлган ахборот;
ахборот-кутубхона фаолияти — ахборот-кутубхона муассасаларининг ахборот-коммуникация технологиялари асосида ахборот-кутубхона фондларини шакллантириш ва ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни ташкил этиш бўйича фаолияти;
ахборот-кутубхона фонди — тизимлаштирилган ахборот-кутубхона ресурсларининг мажмуи;
ахборот-кутубхона хизмати кўрсатиш — фойдаланувчиларнинг ах- борот-кутубхона ресурсларидан фойдаланишини таъминлаш;
йиғма электрон каталог — ахборот-кутубхона муассасаларининг электрон каталоглари мажмуи;
фойдаланувчи — ахборот-кутубхона хизмати кўрсатилиши учун ахборот-кутубхона муассасасида рўйхатга олинган шахс;
электрон каталог — тизимлаштирилган ахборот-кутубхона ресурслари рўйхатининг электрон шакли;
электрон кутубхона — ахборот-кутубхона фондининг электрон шакли.
4-модда. Ахборот-кутубхона фаолиятининг асосий вазифалари
Ахборот-кутубхона фаолиятининг асосий вазифалари қуйидагилардан иборат:
фойдаланувчиларнинг ахборот-кутубхона ресурсларидан фойдаланиши- ни таъминлаш;
фойдаланувчиларнинг интеллектуал, маънавий-ахлоқий, маданий ва таълим олиш эҳтиёжларини қаноатлантириш учун шарт-шароитлар яратиш;
миллий маданиятни тиклашга ва янада ривожлантиришга кўмаклашиш, Ўзбекистан халқининг тарихий, маънавий ва маданий меросини сақлаш;
ахборот-коммуникация технологиялари асосида ахборот-кутубхона ресурс- ларидан ўзаро фойдаланишни таъминлаш.
2-боб. Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасининг давлат томонидан тартибга солиниши
5-модда. Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат бошқаруви
Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат бошқаруви Узбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ва у ахборот-кутубхона фаолияти соҳа- сида махсус ваколат берган давлат органи (бундан буён матнда махсус ва- колатли давлат органи деб юритилади) томонидан амалга оширилади.
6-модда. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги ваколатлари
Узбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси:
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат сиёсатининг амалга оширилишини таъминлайди;
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат дастурларини тасдиқ- лайди;
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар- ни қабул қилади;
ахборот-кутубхона муассасаларини ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш тартибини белгилайди.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа ваколатларни ҳам амалга ошириши мумкин.
7-модда. Махсус ваколатли давлат органи
Махсус ваколатли давлат органи:
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат сиёсатининг амалга оширилишида иштирок этади;
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат дастурларини ишлаб чиқади ва амалга оширади;
ахборот-кутубхона муассасалари фаолиятини мувофиқлаштиради; ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва норматив ҳужжатларни ишлаб чиқади ҳамда қабул қилади;
ахборот-кутубхона ресурсларини ноёб ва алоҳида қимматли ахборот-кутубхона ресурслари сирасига киритиш тартибини, шунингдек уларни сақлаш ва улардан фойдаланиш тартибини белгилайди;
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасида кадрларни тайёрлаш, қайта тай- ёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни ташкил этади; ахборот-кутубхона муассасаларининг ҳисобини юритади; йиғма электрон каталогни шакллантириш ва юритиш тартибини тас- диқлайди.
Махсус ваколатли давлат органи қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа ваколатларни ҳам амалга ошириши мумкин.
8-модда. Ахборот-кутубхона муассасаларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш
Ахборот-кутубхона муассасаларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш: уларнинг молиявий ва моддий-техника базасини мустаҳкамлаш; ахборот-кутубхона фаолиятини ривожлантиришга инвестициялар жалб этиш;
ахборот-кутубхона фаолиятини амалга оширишда солиқ имтиёзлари ва бошқа имтиёзларни белгилаш орқали амалга оширилади.
3-боб. Ахборот-кутубхона тизими
9-модда. Ахборот-кутубхона тизими ҳамда ахборот-кутубхона муассасаларининг турлари
Ахборот-кутубхона тизими ягона ташкилий ва услубий таъминот асосида фаолият кўрсатувчи ахборот-кутубхона муассасалари мажмуидир.
Ахборот-кутубхона муассасаси мустақил муассаса бўлиши ёхуд корхона, муассаса ёки ташкилотнинг таркибий бўлинмаси бўлиши мумкин. Ахборот-кутубхона муассасаларига қуйидагилар киради: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси; ахборот-кутубхона марказлари; ахборот-ресурс марказлари;
давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг кутубхоналари; бошқа кутубхоналар (фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг, нодавлат нотижорат ташкилотларининг, тижорат ташкилотларининг кутуб- хоналари).
Ахборот-кутубхона муассасалари ахборот-кутубхона фондларининг маз- муни ва белгиланган мақсадига кўра универсал ҳамда махсус ахборот-кутуб- хона муассасаларига бўлинади.
Универсал ахборот-кутубхона муассасалари ахборот-кутубхона фондла- рини билимнинг турли соҳалари бўйича шакллантиради ва турли тоифадаги фойдаланувчиларнинг ахборотга бўлган эҳтиёжларини қаноатлантиради.
Махсус ахборот-кутубхона муассасалари ахборот-кутубхона фондлари- ни билимнинг бир ёки бир неча турдош соҳалари бўйича шакллантиради ва айрим тоифадаги фойдаланувчиларнинг ахборотга бўлган эҳтиёжларини қаноатлантиради.
10-модда. Узбекистон Миллий кутубхонаси
Узбекистон Миллий кутубхонаси миллий ва жаҳон маданиятини, фани ва таълимини ривожлантириш манфаатларини кўзлаган ҳолда Узбекистон Республикасида ахборот-кутубхона фаолиятини ташкил этувчи ҳамда амал- га оширувчи умумдавлат универсал ахборот-кутубхона муассасасидир. Узбекистон Миллий кутубхонаси:
ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат дастурларини ишлаб чиқиш ва амалга оширишда иштирок этади;
ахборот-кутубхона фондини шакллантиради, унинг бут сақланишини таъминлайди ҳамда фойдаланувчиларга миллий ва хорижий нашрларнинг энг тўлиқ тўпламини тақдим этади;
Узбекистон Республикасида чиқариладиган нашрларнинг мажбурий нусхасини, шунингдек диссертацияларнинг кўчирма нусхасини олади;
Узбекистон Республикасида чиқариладиган нашрларнинг давлат библио- график ҳисобини юритади;
электрон кутубхона ва электрон каталогни шакллантиради; кутубхонашунослик, библиографияшунослик ва китобшунослик соҳасида илмий-тадқиқот ҳамда илмий-услубий фаолиятни амалга оширади ва мувофиқлаштиради;
ноёб ва алоҳида қимматли ахборот-кутубхона ресурсларини бут сақлаш, консервациялаш ва реставрация қилиш бўйича ишларни амалга оширади; йиғма электрон каталогни шакллантиради ва юритади; ахборот-кутубхона ресурсларидан ўзаро фойдаланиш учун шарт-шароит- лар яратади;
бошқа ахборот-кутубхона муассасалари билан ҳамкорликни амалга оши ради.
Узбекистон Миллий кутубхонаси қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа ваколатларни ҳам амалга ошириши мумкин.
Узбекистон Миллий кутубхонасининг ахборот-кутубхона фонди давлат мулкидир.
Узбекистон Миллий кутубхонаси тўғрисидаги низом Узбекистон Респуб- ликаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланади.
11-модда. Ахборот-кутубхона марказлари
Ахборот-кутубхона марказлари Қорақалпоғистон Республикаси, вилоят- лар ва Тошкент шаҳрида ахборот-кутубхона фаолиятини ташкил этувчи ҳамда амалга оширувчи универсал ахборот-кутубхона муассасаларидир.
Ахборот-кутубхона марказлари:
ахборот-кутубхона фондини шакллантиради ва унинг бут сақланишини таъминлайди;
электрон кутубхона ва электрон каталогни шакллантиради;
тегишли ҳудудда чиқариладиган нашрларнинг мажбурий нусхасини олади;
библиографик, илмий-услубий ва маданий-маърифий ишларни бажа- ради;
тегишли ҳудудда ахборот-кутубхона муассасалари фаолиятини муво- фиқлаштиради ва уларни ташкилий-услубий жиҳатдан таъминлашни амалга оширади;
йиғма электрон каталогни шакллантиришда иштирок этади;
ахборот-кутубхона ресурсларидан ўзаро фойдаланиш учун шарт-шароит- лар яратади;
бошқа ахборот-кутубхона муассасалари билан ҳамкорликни амалга оши- ради;
тегишли ҳудудда ахборот-кутубхона муассасаларининг депозитар сақла- надиган ахборот-кутубхона ресурсларини тўплашни амалга оширади ва улар- нинг ҳисобини юритади.
Ахборот-кутубхона марказлари қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа ваколатларни ҳам амалга ошириши мумкин.
Ахборот-кутубхона марказларининг ахборот-кутубхона фонди давлат мулкидир.
Ахборот-кутубхона маркази тўғрисидаги намунавий низом Узбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланади.
12-модда. Ахборот-ресурс марказлари
Ахборот-ресурс марказлари давлат таълим муассасалари ҳузурида таш- кил этилган, ўқувчи ёшларнинг, шунингдек аҳолининг ахборотга бўлган эҳтиёжларини қаноатлантиришга қаратилган ахборот-кутубхона фаолияти- ни амалга оширувчи универсал ахборот-кутубхона муассасаларидир.
Ахборот-ресурс марказлари:
таълим муассасасининг ихтисослашувига мувофиқ асосан илмий-таълимга оид мазмундаги ахборот-кутубхона фондини шакллантиради ва унинг бут сақланишини таъминлайди;
шахснинг маънавий бой ва баркамол ижодий ўсиши учун имкониятлар яратган ҳолда ўзидаги ва ўзидан узоқдаги ахборот-кутубхона ресурсларидан фойдаланиш асосида Узбекистон халқининг тарихий, маънавий ва маданий меросидан фойдаланувчиларни баҳраманд этади;
ахборот-кутубхона ресурсларидан ўзаро фойдаланишни таъминлайди; бошқа ахборот-кутубхона муассасалари билан ҳамкорликни амалга оши- ради;
йиғма электрон каталогни шакллантиришда иштирок этади; маданий, таълим, ахборот дастурлари ва лойиҳаларини ҳамда бошқа дастурлар ва лойиҳаларни биргаликда амалга ошириш учун таълим, илмий муассасалар ва архивлар, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, миллий маданият марказлари ва бошқа ташкилотлар билан ҳамкорликни ривожлантиради.
Ахборот-ресурс марказлари қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа вако- латларни ҳам амалга ошириши мумкин.
Ахборот-ресурс марказларининг ахборот-кутубхона фонди давлат мул- кидир.
Ахборот-ресурс маркази тўғрисидаги намунавий низом Узбекистон Рес- публикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланади.
13-модда. Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг кутубхоналари
Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг кутубхоналари қонун ҳужжатларида белгиланадиган тартибда ахборот-кутубхона фаолиятини амалга оширувчи махсус ахборот-кутубхона муассасаларидир.
Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг кутубхоналари: ахборот-кутубхона фондини шакллантиради ва унинг бут сақланишини таъминлайди;
электрон кутубхона ва электрон каталогни шакллантиради; ахборот-кутубхона ресурсларидан ўзаро фойдаланишни таъминлайди; бошқа ахборот-кутубхона муассасалари билан ҳамкорликни амалга оши- ради;
йиғма электрон каталогни шакллантиришда иштирок этади. Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари кутубхоналарининг ахборот- кутубхона фонди давлат мулкидир.
Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг кутубхоналари тўғри- сидаги низомлар ушбу органларнинг раҳбарлари томонидан тасдиқла- нади.
14-модда. Бошқа кутубхоналар
Бошқа кутубхоналар ўз муассислари томонидан белгиланадиган тартибда ахборот-кутубхона фаолиятини амалга оширувчи универсал ёки махсус ах- борот-кутубхона муассасаларидир. Бошқа кутубхоналар:
ахборот-кутубхона ресурсларидан ўзаро фойдаланишни таъминлайди;
йиғма электрон каталогни шакллантиришда иштирок этади.
Бошқа кутубхоналарнинг ахборот-кутубхона фонди уларнинг муассис- лари мулкидир.
Бошқа кутубхоналар тўғрисидаги низомлар уларнинг муассислари то- монидан тасдиқланади.
15-модда. Ахборот-кутубхона муассасаларини ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш
Ахборот-кутубхона муассасаларини ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда амалга ошири- лади.
4-боб. Ахборот-кутубхона фонди
16-модда. Ахборот-кутубхона фондини шакллантириш
Ахборот-кутубхона фондини шакллантириш ахборот-кутубхона муас- сасасининг мақсадлари ва вазифаларига мувофиқ уни жамлаш, ҳисобга олиш, ишловдан ўтказиш, жойлаштириш ва сақлаш орқали амалга оши- рилади.
17-модда. Ахборот-кутубхона фондини жамлаш
Ахборот-кутубхона фонди нашрларни ва бошқа ахборот-кутубхона ресурс- ларини сотиб олиш, уларга обуна бўлиш, уларни айирбошлаш, текинга олиш, шу жумладан ҳадяга олиш ҳисобига жамланади.
18-модда. Ахборот-кутубхона фондини ҳисобга олиш, ишловдан ўтказиш, жойлаштириш, сақлаш ва ундан фойдаланиш
Ахборот-кутубхона фондини ҳисобга олиш, ишловдан ўтказиш, жойлаштириш, сақлаш ва ундан фойдаланиш қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда амалга оширилади.
Ахборот-кутубхона фондининг нашрлар мажбурий нусхасини олиш ҳисо- бига жамланадиган, шунингдек ноёб ва алоҳида қимматли ахборот-кутубхона ресурсларини ўз ичига олган қисми миллий маданий бойлик бўлиб, мод- дий маданий мерос объекти сифатида сақланади.
Ахборот-кутубхона муассасаларининг моддий-техника таъминоти ёмон- лашувига, уларни меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига, ахборот-кутубхо- на фондларини сақлаш нормалари ва шарт-шароитларига мос келмайдиган биноларга кўчиришга йўл қўйилмайди.
5-боб. Фойдаланувчиларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари
19-модда. Фойдаланувчиларнинг ҳуқуқлари
Фойдаланувчилар қуйидаги ҳуқуқларга эга:
ахборот-кутубхона муассасаларига кириш ва ахборот-кутубхона ресурс- ларидан фойдаланиш;
ўз эҳтиёжларига мос тарзда ахборотни эркин танлаб олиш;
кўрсатиладиган хизматларнинг, шу жумладан пулли хизматларнинг рўйхати ҳамда уларни кўрсатиш шартлари ҳақида ахборот олиш;
сўралаётган ахборот-кутубхона ресурсларининг мавжудлиги ҳақида ах- борот олиш.
Фойдаланувчилар қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа ҳуқуқларга ҳам эга бўлиши мумкин.
20-модда. Фойдаланувчиларнинг мажбуриятлари
Фойдаланувчилар:
ахборот-кутубхона муассасаларида фойдаланиш қоидаларига риоя этиши;
ахборот-кутубхона ресурсларига эҳтиёткорлик билан муносабатда бўли- ши, уларнинг йўқолишига ёки бузилишига йўл қўймаслиги, зарар етказил- ган тақдирда эса белгиланган тартибда унинг ўрнини қоплаши;
ахборот-кутубхона муассасалари ишининг сифатини пасайтиришга қаратилган хатти-ҳаракатлар қилмаслиги шарт.
Фойдаланувчилар зиммасида қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа маж- буриятлар ҳам бўлиши мумкин.
21-модда. Жисмоний имкониятлари чекланган фойдаланувчиларга ахборот-кутубхона хизмати кўрсатиш
Жисмоний имкониятлари чекланган фойдаланувчиларга ахборот-ку- тубхона хизмати кўрсатиш ахборот-кутубхона муассасаларида махсус техника воситаларидан фойдаланган ҳолда ахборот ёзилган махсус жисм- ларда ахборот-кутубхона ресурсларини тақдим этиш орқали амалга оши- рилади.
6-боб. Ахборот-кутубхона муассасаларини молиялаштириш.
Ахборот-кутубхона муассасаларининг бирлашмалари.
Халқаро ҳамкорлик
22-модда. Ахборот-кутубхона муассасаларини молиялаштириш
Ахборот-кутубхона муассасаларини молиялаштириш қуйидагилар ҳисо- бидан амалга оширилади:
Узбекистон Республикасининг Давлат бюджети маблағлари;
муассисларнинг маблағлари;
пулли хизматлар кўрсатишдан олинадиган маблағлар; қонун ҳужжатларида тақиқланмаган бошқа манбалар.
23-модда. Ахборот-кутубхона муассасаларининг бирлашмалари
Ахборот-кутубхона муассасалари ахборот-кутубхона фаолиятини мувофиқлаштириш, шунингдек умумий манфаатларини ифодалаш ва ҳимоя қилиш мақсадида қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда бирлашмалар тузиши мумкин.
Ахборот-кутубхона муассасаларининг бирлашмалари: ахборот-кутубхона фаолиятини ривожлантиришга кўмаклашади; ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги давлат дастурларини ишлаб чиқиш ва амалга оширишда иштирок этади;
ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларини такомил- лаштириш юзасидан таклифлар тайёрлайди;
ахборот-кутубхона муассасалари кадрларини қайта тайёрлаш ва мала- касини оширишни ташкил этишда иштирок этади.
Ахборот-кутубхона муассасаларининг бирлашмалари қонун ҳужжатла- рига мувофиқ бошқа ваколатларни ҳам амалга ошириши мумкин.
24-модда. Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги халқаро ҳамкорлик
Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасидаги халқаро ҳамкорлик Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари ва халқаро шартномаларига мувофиқ амалга оширилади.
7-боб. Якунловчи қоидалар
25-модда. Низоларни ҳал этиш
Ахборот-кутубхона фаолияти соҳасида юзага келадиган низолар қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳал этилади.
26-модда. Ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик
Ахборот-кутубхона фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганликда айбдор шахслар белгиланган тартибда жавобгар бўлади.
27-модда. Қонун ҳужжатларини ушбу Қонунга мувофиқлашти- риш
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси: ҳукумат қарорларини ушбу Қонунга мувофиқлаштирсин; давлат бошқаруви органлари ушбу Қонунга зид бўлган ўз норматив- ҳуқуқий ҳужжатларини қайта кўриб чиқишлари ва бекор қилишларини таъ- минласин.
28-модда. Ушбу Қонуннинг кучга кириши
Ушбу Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон
Республикасининг
Президенти И.КАРИМОВ